Ma’ruza №10. Beton aralashmalari va qurilish qorishmalarini tayyorlash, ularni tashish va beton aralashmalarini yotqizish hamda shibbalash mashinalari



Download 4,62 Mb.
bet2/7
Sana23.06.2022
Hajmi4,62 Mb.
#697702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза №10 (2)

Beton aralashtirgichlar. Beton aralashmalari beton aralashtirgichlarda aralashtiriladi.
Beton aralashtirgichlar: ishlash tarziga ko‘ra - davriy va uzluksiz ishlaydigan; aralashtirish usuliga ko‘ra - tashkil etuvchilar erkin tushgan holda aralashtiriladigan va majburan aralashtiriladigan turlarga bo‘linadi.
Aralashtirgichlar davriy ishlaganda material bilan yuklash, aralashmani qorish va uni bo‘shatish porsiyalar bilan, uzluksiz ishlaganda esa yuklash, qorish va aralashmani bo‘shatish uzluksiz ravishda amalga oshiriladi. Davriy ishlaydigan beton aralashtirgichlarning tuzilishi sodda, xohlagan marka va bikirlikdagi beton chiqarishga tez moslashtirish mumkin. Uzluksiz ishlaydigan beton aralashtirgichlar ixcham, metall sarfi kam bo‘lib, ular ko‘proq avtomatlashgan texnologik liniyalarda ishlashga moslashgan bo‘ladi. Aralashmani tayyorlash ketma-ket bajariladigan texnologik jarayonlardan iborat: aralashtirgichni tashkil etuvchilar bilan yuklash, (bog‘lovchi, to‘ldiruvchi, suv); ularni aralashtirish; tayyor aralashmani transport vositasiga ag‘darib berish. Korxonalarning asosiy jihozlari: beton aralashtirgich, dozalash qurilmalari tashkil etuvchilar bunkeri va tashish vositalaridan iborat bo‘ladi.
Davriy ishlaydigan beton korgichlarning tuzilishi sodda, xohlagan markada beton tayyorlashga tezda moslashtirish mumkin.
Uzluksiz ishlaydigan beton aralashtirgichlar ixcham, ular ko‘prok, avtomatlashgan, texnologik liniyalarda ishlashga moslashgan bo‘ladi.
Gravitatsion beton aralashtirgichlar (6.1-rasm, a) qo‘zg‘aluvchan (plastik) beton aralashmalari tayyorlash uchun qo‘llanadi va to‘qqiz tur o‘lchamda chiqariladi: hajmi 65, 165, 330, 500, 800, 1000, 1600, 2000, 3000 litr (dm3) hajmdagi tayyor beton aralashmasiga teng bo‘ladi.

6.1- rasm. Aralashmani qo‘zg‘atish usullarining prinsnpial sxemalari: a − gravitatsion beton aralashtirgichlar; б, д − parraklarga ega bo‘lgan gorizontal valli; в, г – parraklarga ega bo‘lgan rotorli.
Majburiy aralashtiradigan beton aralashtirgichlardan to‘ldiruvchilarning kattaligi 80 mm gacha bo‘lgan kam qo‘zg‘aluvchan bikir beton aralashmalari tayyorlashda foydalaniladi.
Ular sakkizta tur-o‘lchamda chiqariladi, hajmi 65, 105, 330, , 500, 800, 1000,2000, 3000 litr tayyor aralashmasiga teng bo‘ladi.
Aralashtirgichlarning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri barabanlarning aylanish takrorligi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich tayyorlanadigan beton aralashmasi sifati va ish unumiga katta ta’sir ko‘rsatadi, ammo belgilanganidan ko‘p bo‘lsa zararlidir, chunki markazdan qochma kuch ta’sirida material barabanning ichki yuzalariga qopishishi oqibatida aralashtirish sifati pasayadi.
Shuning uchun xam aylanishlar takrorligi aralashtiruvchi baraban hajmiga qarab belgilanadi va 2400 l hajm uchun 12 ayl/min va 100 l hajm uchun esa 24 ayl/min teng bo‘ladi. Uzluksiz ishlaydigan beton aralashtirgichlarda aylanma tezlikni to‘g‘ri tanlash xam katta ahamiyatga ega (ayniqsa material uz og‘irligi hisobiga tushganda). Aylanish takrorligi katta bo‘lganda material baraban orqali aralashmasdan o‘tib ketadi.
Betonaralashtirgichlar kanday va qancha beton tayyorlash kerakligiga qarab tanlanadi. Bikir beton aralashmalari majburiy aralashtiradigan aralashtirgichlarda tayyorlanishi kerak. Bunday materiallarni aralashtirish uchun hozir titratib aralashtirgichlar qo‘llana boshlandi.
Aralashtirish mashinalariga ashyo bunkerlardan cho‘michli ko‘targichlar yordamida, hajmi 80-100 l bo‘lgan modellarga esa qo‘lda solinadi.

6.2-rasm. Gravitatsion aralashtiruvchi siklik-davriy betonaralashtirgich: a – umumiy kurinish; б – gidrokinematik sxema.
Yuklovchi ko‘targichga ega gravitatsion ko‘chma betonaralashtirgich rama 7 ga aralashtiruvchi baraban 3, elektr yuritgich 5, cho‘mich 7 va uni ko‘tarish mexanizmi 2, suv bilan ta’minlash tizimi 6va boshqarish pulti 4, o‘rnatilgan. Aralashtiruvchi baraban payvandlangan po‘lat listdan bo‘lib ichkarisiga parraklar mahkamlangan. Baraban sapfalar orqali to‘g‘ri burchakli kesimga ega payvandlangan traversaga tayanadi.
Tayyor aralashmani bo‘shatish shturval, reduktor va fiksatordan iborat bo‘lgan qo‘l mexanizmi yordamida, barabanni kiyalatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

6.3-rasm. Qo‘zg‘aluvchan gravitatsion betonaralashtirgichlar ko‘rinishi.
Majburiy aralashtiradigan davriy aralashtirgichlar. Aralashmani majburiy aralashtiradigan davriy betonaralashtirgichlar vertikal joylashgan valga ega bo‘lgan rotorli va rotor-planetarli bo‘lishi mumkin. Ular xohlagan darajadagi qo‘zg‘aluvchanlikka va bikirlikka ega bo‘lgan beton qorishmasi tayyorlash uchun xizmat qiladi. Rotorli betonaralashtirgichlarda (6.4- rasm) aralashmani tashkil etuvchilar qo‘zg‘almas qism 1 ning xalqasimon ish bo‘shlig‘ida rotor 3 ning kuraklari 2 yordamida aralashtiriladi. Aralashtirishdagi kuraklar rotorga prujinali (ressorli) amortizator 4 lar yordamida, uning aylanish o‘qiga nisbatan har xil masofada, ish yuzalari esa o‘zining harakat traektoriyasiga nisbatan turli burchak ostida joylashtirilgan. Kuraklarning shu xilda o‘rnatilishi tashkil etuvchilarning jadal va sifatli aralashishiga imkon beradi.

6.4-rasm. Sikl bilan ishlaydigan rotorli betonaralashtirgichning prinsipial sxemasi.
Majburiy aralashtiruvchi beton aralashtirgichlar, barabanlari va aralashtirish kuraklari teskari tomonga aylanadigan teskari oqimli kamda baraban qo‘zg‘almas qilib ishlangan turbinali xillarga bo‘linadi. Bunday aralashtirgichlar 100, 165, 330 va 660 l. hajmli tayyor qorishma berishni ta’minlaydigan barabanli qilib ishlab chiqariladi (6.5-rasm).

6.5-rasm. Majburiy aralashtiruvchi beton aralashtirgich ko‘rinishi.
Majburiy aralashtiradigan mashinalarda tayyorlanadigan bikir beton qorishmalarning qo‘llanishi, aralashtirish vaqtini 1,5...2 marta qisqartiradi, 1,5 dan 30 % gacha sementni tejaydi, qotish jarayonini tezlashtiradi va mustahkamligini oshiradi.
Uzluksiz ishlaydigan majburiy aralashtiradigan beton aralashtirgichlar to‘ldiruvchilarining eng katta o‘lchami 40 mm bo‘lgan bikir va qo‘zg‘aluvchan aralashmalar hamda qurilish qorishmalari tayyorlashda qo‘llanadi. Ular tuzilishi jihatidan bir xil bo‘lib, bir-biridan ish unumi, o‘lchamlari, ish jihozlarining shakllari bilan farq qiladi va ikki valli qilib tayyorlanadi.
Kurakli ikkita gorizontal val 6 (6.6-rasm) tog‘arasimon kesimli korpus 8 ning ichiga joylashtirilgan va elektr dvigateli 1 dan ponasimon tasmali uzatma 2, ikki pog‘onali silindrik reduktor 3 va ochiq tishli uzatma 4 orqali xar xil yo‘nalishda aylanma harakat oladi. Vallarning quyma po‘lat kuraklari 7 vint bo‘ylab joylashgan, bu esa aralashtirilishi kerak bo‘lgan tashkil etuvchilarning aralashtirgich o‘qi bo‘ylab harakatlanishiga va o‘zaro teng taqsimlanishiga imkon beradi. Dozalangan quruq va suyuq birlamchi tashkil etuvchi aralashtirgichga yuklash novi 5 orqali uzluksiz oqim bilan kelib turadi. Tayyor aralashma bo‘shatish zatvori 9 orqali bo‘shatiladi.
Ish unumi soatiga 5 m3 bo‘lgan beton aralashtirgichlar ko‘chma beton aralashtirgich qurilmalari komplektiga kiradi va ular past markali betonlar, o‘zaro uzoq joylashgan, ish hajmi ko‘p bo‘lmagan qurilish ob’yektlarida qurilish qorishmalari tayyorlab berish uchun qo‘llanadi (6.7-rasm).

6.6-rasm. Uzluksnz harakatga ega bo‘lgan ikki valli betonaralashtirgich: a − umumiy ko‘rinishi; б − kinematik sxemasi.

6.7-rasm. Uzluksnz harakatga ega bo‘lgan zamonaviy ikki valli betonaralashtirgichlar.
Uzluksiz ishlaydigan beton aralashtirgichlarning ish unumdorligi 5, 15, 30, 60 va 120 m3/soat bo‘lganlari ishlab chiqariladi. 120 m3/soat unumdorlikka ega beton aralashtirgich gravitatsion aralashtirgichli, qolganlari esa ikki valli kurakli aralashtirgichli hisoblanadi. Ikki valli kurakli aralashtirgichli beton aralashtirgichlar, yagona sxema bo‘yicha ishlab chiqariladi. Tog‘orasimon aralashtirish barabanida ponasimon tasmali uzatma, reduktor va ochiq, tishli juftlar orqali elektr yuritkichdan qarama-qarshi aylanma harakat oluvchi ikkita kurakli val o‘rnatilgan.
Qorishma aralashtirgichlar qurilish qorishmalarini (sementli, oxakli, loyli, gipsli, shlakli va murakkab) g‘isht-tosh, izolyatsiyalash, suvash, o‘rnatish va tom yopish ishlarida foydalanish uchun tayyorlab beradi. Bu mashinalarda qorishmaning tashkil etuvchilarini qo‘zg‘almas idishda gorizontal yoki vertikal kurakli vallar (kurakli qorishma aralashtirgichlar) yoki tez aylanadigan kurakli rotorlar (turbulentli aralashtirgichlar) yordamida majburan aralashtirib qorishma aralashmasi tayyorlanadi. Ko‘chma qorishma aralashtirgichlar 30, 65, 125 va 250 l, muximlari esa 400, 800 va 1200 l hajmli bo‘ladi.
Kichik gabaritli qorishma aralashtirgichlar bevosita pardoz ishlarida quruq aralashma qo‘llaniladigan xonalarda ishlatilishi mumkin (6.8, 6.9 -rasmlar).

6.8-rasm. Qorishma aralashtirgich SO-46B (80 l):
1 – arava; 2 – elektrdvigatel; 3 – elektrshkaf; 4 – parrak; 5 – aralashtiruvchi baraban; 6 – yuklaydigan teshik to‘sig‘i; 7 – dasta ushlagich.

6.8-rasm. Qorishma aralashtirgich SO-23V (100 l):
1 – zambilg‘altak; 2 – bunker; 3, 4 –aylanuvchi va qo‘zg‘almas parraklar; 5 – uch pog‘onali reduktor; 6 – elektrdvigatel; 7 – arava ramasining g‘ildiraklari.

Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish