Yurak-tomir faoliyatidagi o’zgarishlar
.Velosiped sporti bilan sistemali
shug’ullanish, buning oqibatida yuqori jismoniy chiniqish yurak-tomir faoliyatida
o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bu o’zgarishlarni velosipedchi qanday masofani
o’tishi bilan shug’ullanishiga qarab o’ziga xos bo’ladi. Yaxshi jismoniy chiniqqan,
ayniqsa haddan tashqari uzoq masofalarni o’tish bilan shug’ullanuvchi
sportchilarda sinusli bradikarsiya kuzatiladi. Yurak qisqarishlarining soni
ko’pincha minutiga 35-50 marta bo’ladi (M.A. Ortiqov, 1968, V.V. Vasilyeva va
boshqalar, 1974). Poygachi-sprinterchilarning tinch holatida puls soni stayerlarga
va o’rta masofa poygachilariga nisbatan birmuncha tez bo’ladi.
Sezilarli bradikardiya bo’lganda yurakning har bir qisqarishida arteriyaga
chiqarilayotgan qon miqdori tinch holatda 80-100
ml
gacha boradi (N.G.
Dmitriyeva, 1975).
Velosipedchilarning jismoniy chiniqqanligi rivojlanishi bilan tinch holatda
qonning minutlik hajmini kamayishi kuzatiladi. Mellerovichning fikri bo’yicha
(1956), sportchilarning tinch holatidagi qonning minutlik hajmini kamayishi,
ayniqsa chidamlilikka mashq qilayotgan sportchilarda “sport yuragi”ning yuqori
funksional rezervini ta’minlaydigan muhim faktorlardan biridir.
Shiddatli muskul faoliyatida velosipedchilarning yuragini sistolik hajmi 170-
204
ml
gacha yetadi. Shu bilan birga yurakning sistolik va minutlik hajmining eng
ko’p ortishi yurakning minutiga 130 dan 180 martagacha qisqarishida bo’ladi.
Yurakning 1 minutda 180 dan ortiq qisqarishi uning sistolik va minutlik hajmini
kamayishiga olib keladi.
Mashq qilish va musobaqalarda qatnashish vaqtida yurakning qisqarish soni
ortadi. Uning qanday darajada ortishi velosipedchining harakatlanish tezligi va yo’l
relyefiga bogliq. Tekis yo’lda soatiga 30-32
km
tezlik bilan harakatlanishda (bu
maksimal tezlikni 60-70% ni tashkil qiladi) puls minutiga 140-156 marta, soatiga
40-42
km
tezlikda 165-175 marta, soatiga 50
km
yurishda esa puls minutiga 200-
220 martaga boradi (G.V. Mellenberg, A.V. Sedov, 1973). O’rta tog’lik
sharoitlardagi velosiped poygalarida sumbaksimal quvvatdagi ish bajarish yurak
qisqarish sonining kamayishi bilan kuzatiladi. Masalan, dengiz sathidan 2800
m
balandlikda oxirgi imkoniyat bilan ish bajarish pulsning minutiga 175 marta urishi
bilan xarakterlanadi va dengiz sathidagiga nisbatan 20-30% kamdir.
Poygachilarda yurak qisqarishlarining ishga kirishib ketish davrini
o’rganishganda yurakning “ishchi” ritmi yurishdan keyin 40-50
sek
o’tishi bilan
belgilanishini ko’rsatadi, biroq bu davr ko’p jihatdan razminkaga va ishning
tezligiga bog’liq bo’ladi. Ko’pchilik velosipedchilarda yurakning ishchi
gipertrofiyasi kuzatiladi. Yurak muskullarining gipertrofiyasi asosan muskul
tolalarining yo’gonlashishi hisobiga bo’ladi. Yurakning ishchi gipertrofiyasi
birinchi navbatdagi qo’llar va tana muskullarining uzoq vaqt statik kuchlanishi,
shuningdek, oyoq muskullarining kuchli dinamik ish bajarishi va pedallarni
aylantirishda ularning to’liq bo’shashmasligi bilan shartlangan, chunki bunday
sharoit qon oqimiga qo’shimcha qarshilikni yuzaga keltirish bilan yurakning ancha
kuchli ishlashga majbur qiladi.Yuqori malakali velosipedchilarda 1
mm
3
qonda
eritrotsitlar soni 6,5
mln
gacha ortishi, gemoglobin esa 17-18% gacha ko’payishi
bo’ladi. Buning natijasida qonning kislorod sig’imi 25% gacha (sport bilan
shug’ullanmay-diganlarda kislorod sig’imi 17-18%) ko’payadi. Qonning kislota-
ishqor tezligini buzilish darajasi sportchining chiniqqanlik darajasi va ish tezligiga
bog’liq. Masalan, eng og’ir ishdan keyin CO
2
ning bosimi (HCO
2
) yuqori malakali
velosipedchilarda 35
mm.s.u
. gacha (tinch holatda 43,3
mm.s.u
.) pasaygan, pH esa
kam o’zgargan. Past malakalilarda CO
2
juda kam pasaygan, lekin qonning pH esa
ancha ortiq bo’lgan. Bu dalillar yuqori malakali sportchilarda moddalar
almashinuvining chala oksidlangan mahsulotlarini qonga tushishiga javoban
kislota-ishqor muvozanatini saqlovchi turg’un kompensator mexanizm bo’lishini
tasdiqlaydi. Qonda sut kislotasining konsentratsiyasi (5 dan 25
km
gacha bo’lgan
masofadan keyin 1500-200
mg%
gacha ortishi mumkin. O’rtacha tezlikdagi
ishlarni uzoq davom etishi bilan organizmda qondagi qand miqdori ancha
pasayishi mumkin. Distansiyaning oxirida qondagi qand konsentratsiyasi 60-70,
hatto 40-50
mg%
gacha kamayishi mumkin. Bu uglevodlarni depodan safarbar
qilinishining buzilishi va organizm zapasining kamayishini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |