IV. Oksidlanish reaksiyalari
Neytral sharoitda kaliy permanganat eritmasining rangsizlanishi uch bog’ uchun ham sifat reaksiyasi hisoblanadi.
1. Atsetilen qatori uglevodorodlar kuchli oksidlovchilar (KMnO4, K2Cr2O7, H2SO4 kons) kaliy permanganat va kaliy dixromatning kislotali eritmasi ta’sirida oson oksidlanadi va uch bog’ uzilib turli kislorodli birikmalar aralashmasi hosil bo’ladi.
2. Atsetilenning yonish jarayoni texnikada katta ahamiyatga ega. Reaksiya natijasida katta miqdorda energiya ajralib chiqadi.
3. Atsetilenid ioni Cu+ tuzlari katalizatorligida havo kislorodi bilan oksidlanib dimerlanadi. Bunda diinlar hosil bo’ladi.
4. Atsetilenning gomologlari KOH ning spirtdagi eritmasida izomerlanadi (Favorskiy reaksiyasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |