2. Mexatron tizimlarning tarkibi va maqsadi.
Mexatron tizimlar tarkibiga quyidagi asosiy komponentlar kiradi:
Oxirgi zvenosi ishchi organ bo'lgan mexanik qurilma;
Kuchli o'zgartgichlar va bajaruvchi dvigatellar kirgan yuritmalar bloki;
Yuqori darajasi inson-operator yoki kompyuter tarmog'idagi boshqa EHM bo'lgan kompyuter boshqarish qurilmasi;
MT harakati va mashinaning haqiqiy holati haqidagi axborotni boshqarish qurilmasiga yetkazuvchi sensorlar.
Shunday qilib, tarkibida uchta zaruriy qismi bo'lgan va energetik hamda axborot oqimlar bilan bog'langan - mexanika (aniqrog'i elektromexanika), elektron va komp'yuterli qismlar MTlarning boshqa tizimlardan farq qiluvchi birlamchi xususiyati hisoblanadi.
1.3-rasm. Mexatron tizimlarning komponentlari
Interfeys (ing. Interface - ajratish yuzasi, to'sin) - ikkita tizim, qurilma va dasturlarni bir-biri bilan hamkorlik qilish usul va uslublari hamda imkoniyatlaridir. Masalan, USB, CAN, Ethernet va h.k.
USB (Yu.-Es.-Bi, ing. Universal Serial Bus - universal ketma-ket shina) hisoblash texnikasi atrofidagi qurilmalardan o'rta va kichik tezlikda axborotlarni uzatish uchun ketma-ket interfeys.
Ethernet ([`i:θә nεt] inglizchadan ether [`i:θәr] «efir») - komp'yuter tarmoqlari uchun axborotni paket shaklida uzatish texnologiyasi.
O'tgan asrning 80-yillarida BOSCH kompaniyasi tomonidan tarmoq interfeysining yangi kontseptsiyasi CAN - (Controller Area Network) taklif qilindi.
CAN - shina bir vaqtning o'zida raqamli axborotlarni qabul qiluvchi va etkazib beruvchi har qanday qurilmalarni ulashni ta'minlab beradi. Bunday shinalar yuqori tezlikda axborotni etkazib bera oladi.
Elektromexanik qismi mexanik zvenolarni va uzatmalarni, ishchi organlarni, elektrodvigatellarni, sensorlarni va qo'shimcha elektromexanik elementlarni (masalan, tormoz, muftani) o'z ichiga oladi. Mexanik qurilma zvenolari harakatini ishchi organning zarur harakatlariga aylantirishga mo'ljallangan.
Elektron qism mikroelektron uskunalardan, kuchli o'zgartgichlardan va o'lchash zanjirlari elektronikasidan tashkil topgan. Sensorlar tashqi muhit va ishlar ob'ekti hamda menxanik qurilmalar va yuritmalar haqidagi haqiqiy ma'lumotlarni yig'ish va ularni komp'yuter boshqarish tizimiga yuborish uchun xizmat qiladi.
MTlarning komp'yuter boshqarish tizimi odatga boshqarish tizimining yuqori bosqichiga kiradi.
Komp'yuter boshqarish tizimi quyidagi asosiy funktsiyalarni bajarishga mo'ljallangan:
Sensorlardan olingan ma'lumotlarni qayta ishlagan holda mexatronik modullarning yoki ko'p o'lchamli tizimlarning mexanik harakatini boshqarish;
MTlarning funktsional harakatlarini boshqarishni tashkil qilish. Funktsional harakat, oldin aytib o'tilgandek, MT mexanik harakatlarining atrof-muhit bilan muvofiqlashtirishdir. Odatda tashqi muhit jarayonlari bilan boshqarishni amalga oshirish uchun diskret kirish/chiqish moslamalari ishlatiladi (sxemalarda ular I/O deb belgilanadi).
Inson-operator bilan inson-mashina interfeysi (HMI) orqali dasturlash rejimlarida va MTlarning harakatlanish jarayonida o'zaro aloqada bo'lish;
Sensorli va tashqi (periferiyadagi) qurilmalar bilan ma'lumotlarni almashinish.
Do'stlaringiz bilan baham: |