Shahar aloqa tizimi – transport, pochta, telegraf aloqasi, radio va televidenie.
Shahar – bu moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari yaratilib kelingan taraqqiyot beshigidir. Shu bilan bir qatorda hozirgi zamon shaharlarining biror – bir voq’eligi o’z – o’zicha mavjud bo’lmasdan, balki butun boshqa narsalar bilan ajralmaydigan bir butunlikni tashkil etadi. Shahar o’zining ko’p qirrali bo’lishiga qaramay oldimizda butun bir hayotiy organizm sifatida namoyon bo’ladi. Shahar organizm qanday tuzilganligini va unda shaharsozlik va arxitekturaga nima tegishli ekanligini tushunishni talab qiladi.
Daniyada shahar deb, aholisi 250 kishidan ortiq bo’lgan aholi yashash joyiga aytiladi. Yaponiyada - 30 ming, sobiq Ittifoq Respublikalarida pastki chegarasida 5 -12 ming kishini tashkil etadi. Mesopatamiyada bir necha minglab odamlar yashagan, 1-2 asrlarda buyuk Rim shahrida 1,5-2 mln. aholi yashagan.
Shaharga ta’rif berishda turli mamlakatlarda turlicha mezonlardan foydalaniladi, aholi soni, aholi yoki qurilish zichligi, aholining ko’pchiligi band bo’lgan mehnat turi, shaharning tarixan shakllangan mavq’ei, ma’muriy funktsiyalar va boshqa mezonlar yoki ularning qo’shilmalari. Sobiq Ittifoq Respublikalarida shahar tushunchasi mezonlari qonunlarida ko’zda tutilgan edi. Masalan: Rossiyada u yoki bu aholi yashash joyini shahar toifasiga kiritish uchun aholisi eng kamida 12 ming kishini tashkil etishi kerak, shu bilan bir qatorda aholisining 75% dan ko’prog’i qishloq xo’jaligidan boshqa ish bilan mashg’ul bo’lishi shart.
Aholi yashash joyi – doimiy aholisining to’planishi moddiy fondlar (binolar, inshootlar, yo’llar, muhandislik tarmoqlari va boshqalar) bilan mustahkamlangan hududning bir qismidir.
Shaharsozlik – bu ijtimoiy–iqtisodiy, sanitariya – gigienik, texnik – qurilish, transport va arxitektura – badiiy masalalarni birgalikda hal etuvchi shahar va aholi yashash joylarini rejalashtirish va qurilish nazariyasi va amaliyoti to’g’risidagi tushuncha.
Ijtimoiy – iqtisodiy masalalar shahar va qishloq rivojlanishining kelajagini, tabiiy va hududiy resurslarni iqtisodiy samarali foydalanishni, aholining o’sishini, aholiga optimal madaniy – maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil qilishni hisobga olgan holda aholi joylashuvi tizimini tanlashda hal qilinadi.
Texnikaviy – qurilish masalalari aholi yashash joylari qurilishi uchun tanlangan hududlarning muhandisona-geologik va geografik sharoitlarini (shamol, temperatura, namlik, shamol yo’nalishi xalk xo’jaligi uchun hamda dengiz, ko’l yoki daryo kabi suv zahiralari bo’lishi shart) o’rganish, qurilish texnikasining darajasi va zamonaviy vositalarni aniqlash, transport va piyodalar aloqalarining ratsional tizimini hal etish, hududlarni muhandisona tayyorlash va muhandisona obodonlashtirish (ichimlik suvi etkazish, oqava suvlar o’tkazgich, issiq suv, sovuq, gaz va elektr ta’minoti va boshqalar) va hokazolarni hal qilish bilan bog’liqdir.
Bizning mamalakatimizda amal qilinadigan me’yoriy hujjatlarda shaharlar, qishloqlar aholisining soniga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
eng yirik shahar – aholisi 500-1000 ming va undan ortiq;
yirik shahar – 250-500 ming kishi;
katta shahar – 100-250 ming kishi;
o’rta shahar – 50-100 ming kishi;
kichik shahar – 50 minggacha.
Kattaligi turlicha bo’lgan shaharlarda ularning xalq xo’jaligi tuzilishi, ularni ijtimoiy mehnat bo’linishidagi bajaradigan roliga asosan mos keladi. Kon sanoati, hamda qayta ishlash sanoatining boshlang’ich tarmoqlari kichik va o’rta shaharlarga, hamda shahar toifasidagi qishloqlar tomon tortiladi (Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Krasnogorsk va boshqalar).
1926 yilda sobiq Sovet Ittifoqida 31 ta yirik va eng yirik shaharlar bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda ularning soni 200 tani tashkil etadi. Ularning jadal o’sishi dastavval ijtimoiy – iqtisodiy omillarga bog’liq (sanoat bilan fanning qo’shilishi, ta’lim va boshqalar).
Bugun biz XXI asr shaharsozligi haqida o’ylashimiz lozim. Bu faqat kelajak uchungina emas, balki bizning hozirgi kun amaliyotimiz uchun ham muhimdir. Shaharlarimiz bosh tarxlari 25 yil muddatga tuziladi. Hozirgi zamon shaharsozligi bu faqatgina san’at emas, balki fan va texnika birligi hamdir. Bilimning ko’p sohalari yutuqlarini shaharsozlikchalik yuqori darajada birlashtiradigan ilm yo’qdir. Bu erda hozirgi zamon shaharsozligi muammolari majmualarini hal etishda kuchli kompyuterlardan foydalanish talab etiladi.
Tarixiy manbalar transport, shovqin, atrof – muhit ifloslanishi kabi muammolar o’tmishda ham mavjud bo’lgandigidan guvohlik beradi.
Masalan: Qirolicha Elizaveta davrida Londonda toshko’mir yoqish ta’qiqlangan, buning uchun jazolashgan. Bundan shu narsa ko’rinadiki, transport va ekologiya muammolari faqatgina shahar kattalashuvigagina bog’liq bo’lmasdan, balki ularni hal qilish uchun jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, texnik va texnologik vositalarga ham bog’liq ekan.
Urbanizatsiya - bu ishlab chiqarish asosida ko’chalarning rivojlanishi va to’planishi, ijtimoiy aloqalar shakllari, shahar turmush tarixining aholi yashash joylarining barcha tarmoqlariga yoyilishi bilan bog’liq bo’lgan ko’pqirrali, keng (ya’ni butun dunyoni qamrab olgan) ijtimoiy – iqtisodiy jarayon. Bu so’zning birorta tor tushunchalari, ya’ni shaharlarning ham shahar aholisining o’sishi, umum aholi sonida shahar aholisi salomatligining ortishi va hokazo, uni tavsiflash uchun etarli emasdir. Shahar sonining va shahar aholisining ortishi shahar aholisi salmog’ining kamayishida ham yuz berishi mumkin. Mamlakat yoki region ularning urbanizatsiyalashish darajasiga qarama – qarshi qo’yilishi mumkin, ya’ni butun aholi yashash tizimida shahar aholisining salmog’i oshganligi, lekin urbanizatsiyalashishi darajasi yuqori bo’lishi, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa, aksincha shahar aholisining darajasi past bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |