F
0
, F
1
– mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi foyda, mos ravishda qo’shimcha
investisiyalar kiritilguncha va undan so’ng.
ye) investisiyalarning qoplanish muddati.
Investisiyalar samaradorligini keltirilgan formulalar asosida (boshqaruv
darajasini inobatga olgan holda) aniqlash ishlab chiqarishni rivojlantirishga qancha
miqdorda investisiya kiritilgan va uning natijasi qanday degan savolga javob beradi,
ya’ni u investisiyalarning mutlaq (absolyut) samaradorligini tavsiflaydi.
Amaliyotda ko’pincha investision qarorlarning turli xil variantlari ko’rib
chiqilib, ulardan eng maqbulini tanlab olishga harakat qilinadi. Bu maqsadda kapital
qo’yilmalarning solishtirma iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari qo’llanib, ular
quyidagi formula asosida aniqlanadi:
E
n
= TN Q Ye
n
×K min
Bu yerda:
TN - mahsulot tannarxi;
K - kapital qo’yilmalar;
Ye
n
- kapital qo’yilmalarning samaradorlik normasi.
Agar investision qarorlarning bir nechta variantlari ko’rib chiqila-digan bo’lsa,
keltirilgan xarajatlar eng minimal bo’lgan variant tanlab olinadi.
Iqtisodiy samardorlikni baholash jarayonida kiritiluvchi investi-siyalarning
qoplanish muddatini aniqlashning o’ziga xos o’rni bo’lib, u quyidagi formula
asosida aniqlanadi:
T
ok
=K / (F
r1
– F
r0
)
Bu yerda:
K- asosiy ishlab chiqarish fondlariga kiritiluvchi kapital qo’yilmalar hajmi;
F
r1
- rejalashtirilayotgan davrning so’nggi yilidagi foyda;
F
r0
- bazis yildagi foyda (rejadan oldingi davrning so’nggi yili).
Kapital qo’yilmalarning samaradorlik koeffisiyenti qoplanish mudatiga teskari
bo’lgan kattalikdir. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Ye = (F
r1
– F
r0
) / K
Vaqt omili, ayniqsa, investor (buyurtmachi) nuqtai nazaridan kiritilayotgan
resurslarning haqiqiy samaradorligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Shu
sababli qurilish, qayta tiklash va kengaytirish, shuningdek, mavjud ishlab
chiqarishni zamonaviylashtirish ishlari qanchalik tez bajarilsa, investor va pudratchi
uchun shunchalik foydali bo’ladi. Qurilgan obyektni muddatidan avval
foydalanishga topshirishdan olinuvchi qo’shimcha foyda (E
kf
) orqali iqtisodiy
samara quyidagi formula asosida aniqlanadi:
E
kf
= Ye
n
F (T
sh
– T
a
)
Bu yerda:
Ye
n
- samaradorlikning normativ koeffisiyenti;
F-muddatidan avval foydalanishga topshiriluvchi asosiy fondlar qiymati;
T
sh
- obyektni foydalanishga topshirishning shartnomadagi muddati;
T
a
- obyektni foydalanishga topshirishning amaldagi muddati.
Obyektlarni foydalanishga topshirishning shartnomadagi va amaldagi
muddatlari o’rtasidagi farq mazkur formulada (T
sh
– T
a
) yil ulushida aks ettirilishi
lozim (vaqt ko’rsatkichi). Agar T
sh
< T
a
bo’lsa, ya’ni obyektni foydalanishga
topshirish muddati o’tib ketadigan bo’lsa, investor kutilayotgan foydani olishdan
mahrum bo’ladi va boshqa chiqimlarga duch kelib, bu narsa hisobiy samaraning
salbiy bo’lishiga olib keladi. Shu sababli qurilish yoki korxonani qayta tiklash va
kengaytirish ishlari, obyektlarning sifat ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatmagan holda
qanchalik tez amalga oshirilsa, investisiyalar samaradorligi mos ravishda shunchalik
yuqori bo’ladi.
Misol. Mini-zavod qurilishining smetaga ko’ra qiymati 14,5 mln so’mni tashkil
etadi. Qurilishning normativ muddati - 2,5 yil. Amalda zavodni 2 yilda qurib
bitkazish mo’ljallanmoqda. Zavodning asosiy fondlari qiymati oshishiga olib
kelmaydigan xarajatlar qiymati 450 ming so’mga teng. Samaradorlikning normativ
koeffisiyenti - 0,2.
Zavodni muddatidan oldin qurib bitkazishning iqtisodiy samarasi quyidagicha:
E
dp
q 0,2 (14,5 - 0,45) * (2,5 - 2) = 1,4 mln. sum.