MA’RUZA-1
«Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fainiga kirish, uning maqsadi va vazifasi.
Reja:
1. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fanining pridmet va vazifalari.
2. Tarmoqning dasturiy ta’minoti.
4.Kompyuter tarmog’ining umumlashgan tuzilmasi.
«Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fanining pridmet va vazifalari.
Fanni o’qitishdan maqsad - kompyuterlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining qanday tuzilganliklari, qanday ishlashi va ishlatilishi, xamda kompyuter tizimlari va tarmoqlarida ishlash jarayonida yuz beradigan nosozliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - zamonaviy kompyuterlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining funksional va strukturaviy tuzilishlari, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining qurilish asoslari, zamonaviy tarmoq texnologiyalari va ularning ko’rsatgichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.
Xozirda kompyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi xisoblanmish Internet misolida yakkol ko’rish mumkin. Uzatish kanallari orqali uzaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaxo asbob-uskunalar katta xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay o’zgartirib yubordi, xizmat ko’rsatishning eng keng tarqalgan tarmog’i - elektron pochta orkali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida ma’lumotlar uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Katta xajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlar saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchi ishlashi uchun ma’lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi.
Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda:
Ma’lumotlarni taqsimlab qayta ishlash borasida ko’pgina vazifalar mavjud. Bularga bir qancha misollar keltirish mumkin:
bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar bozorning axvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi («talab-taklif»);
ijtimoiy ta’minot tizimi;
soliq;
har-xil turdagi xizmalar;
masofadan turib kompyuter ta’limi;
avia chiptalarni zaxira qilib qo’yish tizimi;
uzoqdan turib tibbiy tashxislar saylov tizimi.
Ko’rsatilgan ushbu barcha qo’shimcha ma’lumotlar to’planishi, saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) noto’g’ri ma’lumotlar bo’lishida va ruxsat berilmagan kirishdan ximoyalangan bo’lish kerak. Ilmiy, xizmat, ta’lim, ijtimoiy va madaniy xayot soxasidan ko’plab kishilarga qulayliklar yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |