Qo‘shimcha adabiyotlar:
Energy Audits for buildings. Fuel efficiency booklet, Best practice programme, 1993
Spravochnik po avtomatizirovannomu elektroprivodu /Pod red. Elisseva i dr. – M.: Energoatomizdat, 1983.
Internet saytlari:
http://www. e-audit.ru
http://www.karexim.msk.ru
http://www.com tex.ru
MA’RUZA 6
METALL YO‘NUVCHI DASTGOHLARDA ENERGIYA AUDITI.
MOBIL ELEKTR YURITMALARI ENERGIYA AUDITI. SANOAT KORXONASIDA ENERGIYA TEJASHNING ASOSIY TAMOYILLARI ENERGETIK AUDIT O‘TKAZISHNING AHAMIYATI
Sanoatning deyarli barcha sohalarida har xil metall yo‘nuvchi dastgohlar keng qo‘llaniladi. Masalan, armaturalarni kesuvchi va eguvchi, quvurlarni kesuvchi va boshka juda ko‘p vazifalarni bajaruvchi dastgohlarsiz qurilishni tasavvur qilish mumkin emas. Ularning yuritmalaridagi motorlarning quvvati bir
necha o‘n kilovattgachadir.
Dastgohlarning ishlash jarayonida elektr energiyadan samarali
foydalanish uchun quyidagi amaliy ishlarni bajarish kerak bo‘ladi:
1. Elektr motorlarning ishlashi vaqtida doimo nazoratda bo‘lishi va muntazam profilaktik kuzatuv va ta’mirlashni yo‘lga qo‘yish kerak.
Muxofaza sxemalarining benuqson ishlashini ta’minlab turish lozim. Bir fazaning uzilishi yoki yuklanishning oshib ketishi elektr energiyaning befoyda sarf bo‘lishiga hamda motorning ishdan chiqishiga olib keladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, avariyalarning 70% asosan motorlarning yuklanishi oshib ketishi va uch faza o‘rniga ikki fazada ishlashi natijasida yuzaga kelar ekan.
2. Smena almashinuvi va tushlik vaqtlarida motorlarni o‘chirib qo‘yish elektr energiya isrofini kamaytiradi.
3. Dastgohda qayta ishlanayotgan yarim tayyor detalning iloji
boricha tayyor detal ko‘rinishiga yaqinlashtirishga intilish kerak,
Masalan, tokarlik dastgohida o‘rtacha kattiklikdagi po‘latdan yasalgan
detaldan 1kg qirindi chiqarib qayta ishlash uchun 0,1 kVt.soat. elektr
energiya sarf bo‘ladi, yo‘nuvchi dastgohda xuddi shuncha qirindi chiqarib qayta ishlash uchun 0,15 kVt.soat. elektr energiya, frezer dastgohida esa
shuncha qirindi chiqarib ishlov berish uchun 0,3 kVt.soat. elektr energiya
va silliqlovchi dastgohda xuddi shuncha qirindi chiqarib ishlov
berish uchun 2,5 kVt.soat. elektr energiya sarf bo‘ladi. SHuning uchun mexanik qayta ishlash texnologiyasini aniqlashda elektr energiya
bilan ta’minlanganlik darajasini hisobga olish zarurdir.
4. Kesish tezligini oshirish kerak. Kesish tezligini 50
m/min dan 200m/min ga o‘zgartirish elektr energiyaning mahsulot
birligiga to‘g‘ri keladigan qismini tahminan 17% kamaytiradi.
Yo‘nish, silliqlash va teshish operatsiyalarini tezlikni oshirgan
holda bajarganimizda ishlab chiqarish unumdorligi 25 – 30% ga
oshadi va shuningdek elektr energiya sarfi deyarli shu qiymatlarga
kamayadi.
5. Ratsional geometrik o‘lchamdagi keskichlarda kesish operatsiyalarini bajarish kerak. Har bir kg qirindiga mos keluvchi elektr energiya sarfi oddiy kesgichlarda ishlov berilganga nisbatan tahminan 0,052 kVt.soat iqtisod qilishga olib keladi.
6. Dastgoh elektryuritmalarida oddiy elektr motorlar o‘rniga yangi energiya tejamkor motorlarni qo‘llash, motorlarning yuklanganlik darajasi nominal qiymatidan past bo‘lganda ham ularni energetik ko‘rsatkichlari nominal qiymatlarga yaqin bo‘lgan ish rejimida ishlashiga olib keladi.
7. Metall yo‘nuvchi dastgohlarda bir necha operatsiyalarni bir
yo‘la bajaradigan moslamalarni qo‘llash umumiy elektr energiya isrofini kamaytiradi.
8. Dastgoh elektr yuritmalarini boshqarishda dasturiy va adaptiv avtomatik boshqarish tizimlarini joriy qilish detallarning ishlov berish sifatini oshiradi va tezlashtiradi, elektr energiya isrofini sezilarli kamaytiradi va dastgohlar ishlashining ishonchlilik darajasini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |