Xar qanday modda qaerda va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar o‘zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo‘ladi.
Bertolening o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini XX asrning boshlarida akademik N.S.Kurnakov rivojlantirdi. U kotishma va eritmalarda haqiqatdan ham o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar bo‘lishini isbot qildi va ularni bertolidlar deb atadi. O‘zgarmas tarkibli birikmalarni esa Daltonidlar deb atadi.
Fransuz olimi Djozef Prust xam barcha kimyoviy birikmalarda uni tashqil etuvchi elementlar miqdori o‘zgarmas ekanligini takidlagan.
Ko‘pgina elementlar o‘zaro ta’sirlashish jarayonida bir necha xil birikma hosil qiladi. Masalan, uglerod kislorod bilan ta’sirlashib ikki xil birikma hosil qiladi. Birinchisi tarkibi 42, 88% (mass.) uglerod va 57,12% (mass.) kisloroddan iborat bo‘lgan uglerod (II) - oksidi, ikkinchisi tarkibi 27,29 % (mass.) uglerod va 72,71% % (mass.) kisloroddan iborat bo‘lgan uglerod (IV) oksidi. 1803 yilda Dalьton mazkur holatni o‘rganib Karrali nisbatlar qonunini kashf etdi3:
Agar ikki element o‘zaro birikib bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil og‘irlik miqdoriga to‘g‘ri keladigan og‘irlik miqdorlari o‘zaro kichik butun sonlar nisbati kabi bo‘ladi.
birikma
|
tarkibi, % (mass.)
|
Uglerodning bir og‘irlik miqdoriga mos keluvchi kislorodning og‘irlik miqdor soni
|
uglerod
|
kislorod
|
Uglerod (II) oksidi
|
42,88
|
57,12
|
1
|
Uglerod (IV) oksidi
|
27,29
|
72,71
|
2
|
Fransuz olimi Gey-Lyussak (1778-1850y) ta’riflagan hajmiy nisbatlar qonuni atom og‘irliklar haqidagi chigal masalani echishga yordam berdi, bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: Kimyoviy reaksiyalarga kirishuvchi gazlarning hajmlari o‘zaro reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbatida bo‘ladi. Masalan: 2 hajm H 1hajm O bilan yuqori temperaturada reaksiyaga kirishganida 2 hajm suv bug‘i hosil bo‘ladi.
Bu qonun italyan olimi A. Avogadroga oddiy gazlarning (vodorod, kislorod, azot, xlor kabi) molekulalarri ikkita bir xil atomlardan tarkib topgan deb taxmin qilishga imkon berdi. Gazlarning xossalarini o‘rganish Avogadroga gipoteza aytishga imkon berdi, keyinchalik bu gipoteza tajriba ma’lumotlari bilan tasdiqlandi va shu sababli ham Avogadro qonuni deb ataldi:
Bir xil sharoitda (temperatura va bosimda) turli gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni bir hil bo‘ladi.
Avogadro qonunidan uchta xulosa kelib chiqadi:
1) Oddiy gazlarning (O2, H2, N2, Cl2) molekulalari 2ta atomdan iborat.
2) Normal sharoitda bir gramm molekula gaz 22.4 l hajmni egallaydi
3) Bir xil sharoitda barobar hajmda olingan ikki gaz og‘irliklari orasidagi nisbat shu gazlarning molekulyar og‘irliklari orasidagi nisbatga teng4.
Ekvivalentlar qonuni. Moddalar o‘zaro ma’lum og‘irlik miqdorlarida birikadi. Masalan, 49 g H2SO4 32,5 g Zn bilan reaksiyaga kirishganda 1 g H2 ajralib chiqadi. H2SO4 ning o‘rniga 36.5 g HCl olinsa ham o‘shancha H2 ajralib chiqadi. Zn o‘rniga Alyuminiy olsak, 1g vodorod ajralib chiqishi uchun 9 g Al kerak bo‘ladi. Demak, kimyoviy jihatdan qaraganda 49g H2SO4 ning qiymati 36.5 g HCl ning qiymatiga, 32.5 g Zn ning qiymati esa 9 g Al qiymatiga tengdir. Bu xolni tasvirlash uchun Vollaston 1814 yilda kimyoga ekvivalent(teng qiymatli) degan tushuncha kiritdi. 1 og‘irlik qism H 8 og‘irlik qism O bilan birikkanda 9 og‘irlik qism suv hosil bo‘ladi, shuning uchun O ni ekvivalenti 8 ga teng.
Elementning bir og‘irlik qism H, 8 og‘irlik qism O bilan birika oladigan yoki bo‘larga o‘rin almashina oladigan og‘irlik qismi uning ekvivalenti deb ataladi.
Murakkab moddaning bir ekvivalent (bir og‘irlik qism) H yoki bir ekvivalent (8 og‘irlik qism) O bilan yohud umuman, boshqa har qanday elementning bir ekvivalenti bilan reaksiyaga kirishadigan og‘irlik miqdori shu murakkab moddaning ekvivalenti deb ataladi.
Elementlar bir-biri bilan o‘zlarining ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda birikadi. M: 8g 0 bilan 20g Ca, 16 0 bilan 40 Ca birikadi.
NAZORAT SAVOLLARI
Kimyo fani rivojlanishining qisqacha tarixi
M.V.Lomonosovning atom-molekulyar nazariyasi
Massa saqlanish qonuni
Avogadro qonuni
Karrali nisbatlar qonuni
Hajmiy nisbatlar qonuni
Ekvivalentlar qonuni
Tarkibning doimiylik qonuni
ADABIYOT
1. Bruce A.Averill Patricia Eldredge., Principles of general chemistry v1.0., Flat World Education, inc 2011, USA english. 3033 pp. (11-12, 26, 34 -35, 49, 53-54 betlar).
2. Парпиев Н.А., Рахимов Х.Р., Муфтахов А.Г. “Анорганик кимё назарий асослари”, Т., “Ўзбекистон”, 2000 й.
3. Muxitdinov Х.Х. “Kimyo”, T., “TDTU”, 2005 y.
4. Ahmerov Q., Jalilov A., Sayfutdinov R. “Umumiy va anorganik kimyo” Toshkent., O’zbekiston 2006 y.
5.Ахметов Н.С. “Общая и неорганическая химия” М., “Высшая школа”., 2001 г.
INTERNET SAYTLARI
www. Ziyo.Net
www.uch1.tashiit.uz
www.XiMiK.ru
Fanga oid zamonaviy kimyoga aloqador saytlar va jurnallar
Do'stlaringiz bilan baham: |