Birinchi bosqich
— o’tgan asrning 50 — yillarigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga
oladi. Bu davrga xos xususiyatlardan biri ijtimoiy xodisa va jarayonlarning ayrimlari
iqtisodiy va etnogeografik tadqiqotlar doirasida o’rganildi. SHularga karamay
aholining turmush sharoitlari, madaniy, maishiy xususiyatlarini o’rganishning
zarurligi sobiq sovet geografiya fanining dastlabki yillaridayoq ta’kidlangan edi.
Ijtimoiy geografiya aholi geografiyasi asosida shakllandi. Barcha aholi yoki
muayyan bir ijtimoiy guruxning sotsial rivojlanishidagi hududiy tafovutlarni tadqiq
etish faqatgana ijtimoiy geografiyaning predmeti bo’lmay, balki mintaqaviy
sotsiologiyaga ham xosdir. Ammo, sotsioligik tadqiqotlarning xududiy qamrovini
yetarli darajada deb bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |