chetga chiqarib, bu yerda ishlab chiqarish harajatlari ko’p va qimmat mahsulotlarmi
yotadi. Xuddi shunga o’xshash g’oya ishlab chiqarish
omillari nuqtai nazaridan shved iqtisodchilari E.Xeksher va B.Olinlar tomonidan ham
yaratilgan. Buning ma’nosi-har bir mamlakat o’zida arzon omil mahsulotini chiqarib,
arzon bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini anglatadi. Ixtisoslashuv
esa yaratilgan mahsulotning miqdor va sifat jihatidan yaxshi, uni mahalliy bozorlarni
imkoniyatini nazarda tutadi yoki raqobatbardoshligini bildiradi. Aynan shu ma’noda
xududiy mehnat taqsimoti tashqi savdo yuritishning asosi bo’lib xizmat qiladi, savdo
9
ilmiy goyalar bo’yicha bunday hududiy mehnat taqsimoti, mintaqalararo va xalqaro
savdoda har ikki tomon ham yutadi.
Hududiy mehnat taqsimoti mamlakat va rayonlar ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining muhim ko’rsatkichi, belgisi bo’lib xizmat qiladi.
Avvallari, hududiy mehnat taqsimotining shakllanishida asosan ichki
omillarga, "Butunittifoq yoki umumittifoq" imtiyozlarga urg’u berilardi. Hozir esa bu
jarayonni, eng avvalo, bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda tashqi qilish talab
etiladi. Demak, hududda faqat nima yetishtirish qulayligi emas, balki yaratilgan
mahsulotling bozor talabiga mosligi, sifati, haridorgirligi, raqobatbardoshligi
muhimdir.
Albatta,"bozorbop"mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ichki imkoniyatlar,
shart-sharoitlar, qulay investitsiya muhiti ham mavjud bo’lishi kerak. Aks holda
hudud-mamlakat yoki mintaqaning iqtisodiy faolligi yuzaga kelmaydi. Bu xususda,
avvalambor, tabiiy sharoit va tabiiy boyliklarning ahamiyati katta. Biroq, ta’kidlash
joizki, tabiiy boyliklarning miqdori emas, ularning turli-tumanligi hududiy mehnat
taqsimotini keng rivojlantirishga imkon beradi. Binobarin, tabiiy boyliklarning
hududiy birikmalari, majmualari mamlakatda xo’jalikni har tomonlama tashqi
qilishga sababchi bo’ladi.
Hududiy mehnat taqsimoti rivojlantirishning yana boshqa bir omili
transportdir. Transport iqtisodiy muhitning «qon tomiri», harakatlantiruvchi kuchi,
tashqi miqyosda esa mahsulot ayirboshlash, savdo-sotiq yurgizishning asosiy
shartidir. Shuningdek, hududiy mehnat taqsimotida ishchi kuchi, mamlakatning
geosiyosiy va geoiqtisodiy o’rni, ekologik holati, siyosiy barqarorligi, investitsiya va
infratuzilma, fan-texnika taraqqiyoti kabi omillar ham ahamiyatlidir.
Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, hududiy mehnat taqsimotini amalga
oshirishda ham tashqi, ham ichki sharoitlar muhim rol o’ynaydi va faqat bu ikki
tomonning o’zaro muvofiqlashgan holatidagiia u yaxshi iqtisodiy samara beradi. Shu
bilan birga, hududiy mehnat taqsimoti mahalliy-ichki ijtimoiy va iqtisodiy
muammolarni hal qilish, mamlakatning jahon hamjamiyati, xalqaro mehnat
taqsimotida faol qatnashish maqsadlari ham bir-biri bilan uzviy bog’liq holda amalga
oshirishi kerak.
Yuzaki qaraganda, hududiy mehnat taqsimoti o’z mohiyatiga ko’ra mamlakat
yoki jahon xo’jaligini hududiy bo’laklarga ajratadi, regionlashtiradi, chunki hududlar
rivojlantirish, ixtisoslashuvi individuallashadi, "qo’shnisida" yoki ko’pgina boshqa
joylarda rivojlanmagan sohalarga ustuvor ahamiyat beriladi. Ammo bunday tor
darajada qarash masalaning faqat bir tomonini ifodalaydi, xolos. Sababi-hududiy
mehnat taqsimoti mamlakat va rayonlar xo’jaligini ajratish asosida ularning o’zaro
iqtisodiy aloqalariga, integratsiya jarayonlariga erishiladi. Bu har qanday
taraqqyyotning qonuniyatidir, qolaversa, hudud xo’jaliklari tarqoq, qovushmagan
(amorf) mamlakatda milliy tashqiot bir butun, yagona tizim shaklida bo’lmaydi.
Xalqaro miqyosda esa jahon xo’jaligi ham vujudga kelmaydi, globallashuv jarayoni
kechmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: