"ma’muriy rayonlar
darajasidagi
majmualar" deb yuritishni taklif etamiz. N.N.Kolosovskiy aytgan
ma’noda, ya’ni ma’lum bir joyda ishlab chiqarish korxonalarining o’zaro bog’liq
holda joylaniShi va rivojlantirish asosida vujudga kelgan majmualar esa tom ma’noda
yoki
"an’anaviy
hududiy
ishlab chiqarish majmualari",
deb atalishi to’g’riroq.
N.N.Kolosovskiy shogirdlaridan biri M.K.Bandman bunday hududiy ishlab chiqarish
majmualarni mamlakat ahamiyatiga molik, muhim bir muammoni hal etishga, bir
maqsadga qaratilgan
dasturli yoki muammoli majmualar,
deb yozadi.
Sof, haqiqiy hududiy ishlab chiqarish majmualari asosan yangi
o’zlashtirilayotgan rayonlarda, ulkan tabiiy boylik va, ayniqsa, yoqilg’i-energetika
zahiralari negizida vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Tabiiyki, tarixiy rivojlanish
davomida avval o’zlashtirilgan yerlarda vujudga kelgan xo’jalikning hududiy
tarkibini majmuaga aylantirishga qaraganda, yangi, "sof" yoki "bo’sh" joyda bu
maqsadga erishish osonroqdir. Majmua yaratuvchi tarmoq sifatida esa ko’proq
yoqilg’i-energetika sanoati asos bo’lib xizmat qilishi ham, shubhasiz, bir holdir,
Masalan, Rossiya Federatsiyasidagi Bratsk xududiy ishlab chiqarish majmuasini
olaylik (uning dastlabki loyihasini N.N.Kolosovkiy rahbarligidagi olimlar guruhi
yaratgan). Bu yerda yirik 4 mln, kVt. dan ortiq quvvatga ega bo’lgan suv elektr
stantsiyasi qurildi va bo’lajak suv ombori maydonini o’rmondan tozalash maqsadida
yog’och-tsellyuloza sanoati vujudga keldi. Arzon elektroenergiyaning mavjudligi
energiyani ko’p istemol qiluvchy tarmoqlarni o’ziga "tortdi" va, natijada, bu yerda
uchinchi yirik korxona-alyuminiy zavodi barpo etildi. Rangli metallurgiya va o’rmon
17
sanoati yana "zanjirsimon" tarzda boshqa korxonalar qurilishini (jumladan,
mashinasozlik, kimyo) taqozo etadi.
Bunday majmualar O’rta Osiyo mamlakatlarida qulay tabiiy sharoitda, aholi va
mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlangan mintaqada va faqatgina energetika emas,
balki agroiqlimiy resurslar asosida ham vujudga keladi. Demak, respublikamiz
xududiy ishlab chiqarish majmualari sug’oriladigan dehqonchilik, agrosanoat
tarmoqlari va mehnatni ko’p talab qiluvchi korxonalarini o’z ichiga olar ekan. Bunga
Mirzacho’l yoki Qarshi cho’li asosida shakllanayotgai xududiy ishlab chiqarish
majmualari misol bo’la oladi.
Ilmiy va amaliy jihatdan respublikamizda hududiy ishlab chiqarish
majmualarini yaratishdagi erishilgan yutuqlar to’g’risida ham aytib o’tish o’rinli.
Jumladan, O’zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli sobiq Ishlab chiqarish
kuchlarini o’rganish kengashida (SOPS) o’tgan asrning 50-yillarida olib borilgan
ilmiy izlanishlar natijasida
Do'stlaringiz bilan baham: |