Ma’ruza – To‘plami (I-II kurslar uchun) Bilim sohasi


Nazariyaning mohiyati strukturasi, funksiyalari va turlari



Download 3,74 Mb.
bet42/123
Sana03.05.2023
Hajmi3,74 Mb.
#934781
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-Falsafa Majmua

Nazariyaning mohiyati strukturasi, funksiyalari va turlari
«Nazariya» atamasi keng ma’noda “aqliy bilish”, “tafakkur”ni anglatadi, uni amaliyotdan farq qiluvchi faoliyat turi sifatida ifodalaydi. Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, predmetni yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklini bildiradi.
Nazariyaning bunday talqini ilmiy bilishda empirik va nazariy bosqichlarning farq qilinishi bilan bog‘liq.
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, tizimga solinib, turli xil jadvallar, shakllar, grafiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar, empirik qonunlar shakllanadi.
Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin bir-biri bilan aloqadorligi hali aniqlanmagan bilimlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq.
Nazariyaning barcha turlari nazariy bilishning muhim vositalari sifatida fanda nihoyatda qadrlanadi. Ular tafakkurning strukturasi va qonuniyatlarini yaxshi bilib olishga imkon beradi.
Mantiq ilmini o‘rganishning ahamiyati
Mantiq ilmini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Mantiqni bilish, ayniqsa, ilm-fan bilan shug‘ullanish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ko‘payib borayotgan ilmiy axborotlarni tartibli ravishda o‘zlashtirish, ilmiy masalalarning tuzilishini tez bilib olish uchun ham muhim rol o‘ynaydi.
Mantiq inson tafakkuri madaniyatini ko‘tarish va insoniyatning uzoq tajribasi natijasida takomillashgan tafakkur shakllari, qonun va qoidalarini bilish uchun xizmat qiladi. U inson fikrining ketma-ket, ziddiyatsiz va asosli bo‘lishini ta’minlaydi. Mantiq fani mazmunini chuqurroq o‘rganish kishilarning o‘z tafakkuri va o‘zgalar tafakkuri natijalariga tanqidiy qarash xislatlarini rivojlantiradi. Tafakkurning bu sifatlari esa insonning turli ilmiy va amaliy faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to‘g‘ri foydalana olish, ta’lim-tarbiya jarayonida isbot va raddiyaning mantiqiy tomonlarini bilish inson nutqining asosli bo‘lishini ta’minlab, fikrdagi ziddiyatlarni ochishga yordam beradi.
Mantiq ishonch-e’tiqodning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.Faktlar va boshqa dalillarga tayanuvchi fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni mustahkamlaydi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Ana shuning uchun ham yoshlarda ilmiy asosga ega ishonch-e’tiqodni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mantiqan asoslangan to‘g‘ri fikr ishonch-etiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-e’tiqod esa, insonning komillik mezonlaridan biri hisoblanadi.Chuqur tahlilga, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni chalg‘itadi. Faqat bahs-munozara, tahlilga asoslangan to‘g‘ri xulosalargina haqiqatni bilishga yo‘l ochadi.
Mantiq insonlar o‘rtasidagi turli daraja va mazmundagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishda, o‘zaro muloqotning samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.



Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish