Ma’ruza № Resurslarga qo‘yiladigan talablar Reja



Download 216,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.02.2022
Hajmi216,9 Kb.
#441617
  1   2
Bog'liq
3-Maruza 22a8fc4b22cc4aaf29073c895de3169e



Ma’ruza № 3. Resurslarga qo‘yiladigan talablar 
 
Reja 
1.
Xodimlarga talablar.
2.
Xonalar va ishlab chiqarish sharoitlari. 
3. asbob-uskunalarga talablar.
Laboratoriya laboratoriya faoliyatini amalga oshirish va boshqarish uchun 
zarur xodimlar, xonalar, anjomlar, tizimlar va yordamchi xizma-tlarga ega bo‘lishi 
zarur.
Laboratoriyaning laboratoriya ishlari bajarilishiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan 
barcha, ya'ni o‘z shtatidagi va jalb qilingan xodimlari ishni xolisona bajarishi, 
malakaga ega bo‘lishi, ishlarni laboratoriyaning menejment tizimi talablariga 
muvofiq bajarishi shart. 
Laboratoriya laboratoriya ishlari natijasiga ta'sir qiladigan har bir funksiya 
uchun kerakli kompetensiyalarga, shu jumladan xodimlarning ma'lumoti, malakasi, 
tayyorgarligi, texnik bilimlari, ko‘nikmalari va tajribasiga qo‘yiladigan talablarni
hujjatlashtirishi shart. 
Laboratoriyaning: 
a) 
kompetentlikka qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
b) 
xodimlarni tanlab olish; 
c) 
xodimlarni tayyorlash; 
d) 
xodimlarni nazorat qilish; 
e) 
xodimlarga vakolat berish; 
f) 
xodimlarning kompetentligini monitoring qilish uchun taomillari 
bo‘lishi va yozuvlarni saqlashi shart. 
SL laboratoriya ishlarining muayyan turlarini, shu jumladan: 
a) 
usullarni ishlab chiqish, o‘zgartirish, muvofiqligini tasdiqlash 
(verifikasiya) va yaroqliligini tasdiqlash (validasiya); 
b) 
natijalarni, shu jumladan muvofiqlik to‘g‘risidagi e'tiroflarni yoki 
fikrlar va talqinlarni tahlil qilish; 


c) 
natijalar haqida hisobot tuzish, ularni tahlil qilish va tasdiqlash uchun 
xodimlarga vakolatlar berishi, ammo ular bilan cheklanmasligi kerak.
Xonalar va ishlab chiqarish sharoiti. Xonalar va ishlab chiqarish sharoiti
laboratoriya ishlarini amalga oshirish uchun yaroqli bo‘lishi va natijalarning 
to‘g‘riligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligi kerak.
Xonalar va ishlab chiqarish sharoitiga qo‘yiladigan va laboratoriya ishlarini 
bajarish uchun zarur bo‘lgan talablar hujjatlashtirilgan bo‘lishi shart. 
Laboratoriya atrof muhitdagi sharoitni monitoring qilishi, tegishli 
spesifikasiyalar, usullar yoki taomillarga muvofiq ravishda yoki sharoitlar 
natijalarning haqqoniyligiga ta'sir qiladigan holatlarda ularning parametrlarini 
nazorat qilishi va qayd qilishi shart. Laboratoriya ishlari doimiy nazorat zonalaridan 
tashqaridagi uchastkalar yoki xonalarda amalga oshirilgan holatlarda laboratoriya 
ushbu xonalar va ishlab chiqarish sharoitlari bilan bog‘liq talablar mazkur hujjat 
talablariga javob berishini kafolatlashi shart. 
Asbob-uskuna. Laboratoriya laboratoriya ishlarini amalga oshirish uchun talab 
etiladigan va natijalarga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan, quyidagilarni o‘z ichiga 
oladigan, ammo ular bilan cheklanmaydigan asbob-uskunalardan, o‘lchash 
asboblaridan, dasturiy ta'minotdan, etalonlardan, standart namunalardan, ma'lumot 
beruvchi axborotdan, reagentlardan, sarflash materiallaridan yoki yordamchi 
uskunalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Laboratoriya o‘zining doimiy nazoratidan tashqari zonadagi asbob-
uskunalardan foydalangan taqdirda, mazkur hujjatning asbob-uskunalarga 
qo‘yiladigan talablari bajarilishini kafolatlashi shart. 
Lozim tarzda faoliyat yuritilayotganini kafolatlash, ifloslanish yoki zarar 
yetishining oldini olish uchun, laboratoriya asbob-uskunani tushirish va ortish, 
transportda tashish, saqlash, foydalanish va reja bo‘yicha xizmat ko‘rsatish 
taomillariga ega bo‘lishi shart. 
Asbob-uskunani foydalanishga topshirishdan oldin va texnik xizmat 
ko‘rsatilganidan keyin, u belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlashi kerak. 


O‘lchash uchun foydalaniladigan uskunalar haqqoniy natija olish uchun talab 
etiladigan aniqlik yoki noaniqlikni ta'minlab berishi kerak. 
O‘lchash asboblari quyidagi holatlarda kalibrlangan bo‘lishi kerak: 
- o‘lchash aniqligi yoki o‘lchashlarning noaniqligi olingan natijalarning 
to‘g‘riligiga ta'sir qilganda yoki; 
- olingan natijalarning metrologik kelib chiqishi uchun asbobni kalibrlash talab 
etilganda.
Asbob-uskuna to‘g‘ri ishlashiga doimo amin bo‘lish uchun oraliq tekshi-ruvlar 
o‘tkazish talab etilsa, bunday tekshiruvlar taomillarga muvofiq o‘tkazilishi shart.
Asbob-uskunalar bo‘yicha laboratoriya ishlariga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan 
yozuvlar saqlanishi shart. Vaziyatga qarab, yozuvlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi 
kerak: 
a) 
asbob-uskunaning belgilari, shu jumladan dasturiy ta'minoti va 
proshivka versiyasi (agar bor bo‘lsa); 
b) 
ishlab chiqaruvchining nomi, tip belgisi va seriya raqami, yoki biror 
boshqa identifikasiya belgisi; 
c) 
asbob-uskuna belgilangan talablarga muvofiqligi tasdig‘i; 
d) 
ayni paytdagi manzili; 
e) 
kalibrlash o‘tkazilgan sanalar, barcha kalibrlash natijalari, qabul qilib 
olish mezonlari va keyingi kalibrlash sanasi yoki kalibr-lash davri; 
f) 
standart namunalar, natijalar, qabul qilib olish mezonlari, tegishli 
sanalar va yaroqlilik davri bo‘yicha hujjatlar; 
g) 
xizmat ko‘rsatish rejasi va shu kungacha bajarilgan xizmat ko‘rsatish 
to‘g‘risida axborot; 
h) 
har qanday asbob-uskunaga zarar yetishi, ishdan chiqishi, o‘zgar-tirish 
kiritilishi yoki uni ta'mirlash holatlari tafsilotlari. 



Download 216,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish