Ma’ruza № Kolloid kimyoning asosiy vazifalari Reja


Kolloid sistemalarning klassifikatsiyasi va olinish, tozalash usullari



Download 50,64 Kb.
bet2/2
Sana11.12.2022
Hajmi50,64 Kb.
#883629
1   2
Bog'liq
Ma’ruza ¹ Kolloid kimyoning asosiy vazifalari Reja

Kolloid sistemalarning klassifikatsiyasi va olinish, tozalash usullari
Dispers faza zarrachalari bilan dispersion muxit zarrachalari orasidagi bog‘lanishga qarab dispers sistemalarni liofob va liofil dispers sistemalarga bo’lish mumkin.(grekcha “lio” - eritaman, “fobos” – qo’rqinch va “fileo – yaxshi ko’raman”) Agar dispersion muxit suv bo’lsa, gidrofob va gidrofil iboralari ishlatiladi.
Liofob kolloidlarda dispers faza bilan dispersion muxit o’rtasida kuchli bog‘lanish bo’lmaydi, ularning zarrachalari aloxida molekulalardan iborat bo’lmay, balki bir qancha molekulalar agregatini tashkil qiladi.
Liofob kolloidlarga oltin, platina, kumush, oltingugurt zollari, metall sulfidlarining gidrozollari va shu kabilar kiradi.
Liofil kolloidlarda dispers faza zarrachalari bilan dispersion muxit zarrachalari orasida kuchli bog‘lanish bo’ladi ularga: oqsil, jelatina, pepsin va molekulyar massalari juda katta bo’lgan yuqori molekulyar moddalarning eritmalari kiradi.
Disperslash usulida qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi yoki elektr, ultratovush ta’sirida suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi. Qattiq jismni kolloid zarrachalar o’lchamida maydalash uchun kolloid tegirmon, vibrotegirmonlar, biserli maydalovchi qurilmalar ishlatiladi.
Kondensatsiya usuli. Kondensatsiya jarayoni ikki xil bo’ladi: fizikaviy va kimyoviy kondensatsiya.
Fizikaviy kondensatsiya dispersion muxitga qattiq, jism bug‘ining yuborish usulidir. Bu usul bilan simob, selen, oltingugurt,fosfor zollari olinadi.
Kimyoviy kondensatsiya kimyoviy reaksiyalar natijasida qiyin eruvchan birikmalar xosil bo’lishiga asoslanadi.
Peptizatsiya usuli. Zolning koagulyasiya maxsulotini qaytadan kolloid eritma holatiga o’tkazish peptizatsiya deyiladi. Uni amalga oshirish uchun kolloid cho’kmasiga biror elektrolit qo’shib, erituvchi bilan almashtiriladi, bunday elektrolitlar peptizatorlar deyiladi. Peptizator sifatida elektrolitlar va ba’zi sirt-aktiv moddalar ishlatiladi. Peptizatsiya tezligiga peptizatorning ximiyaviy xossasi, konsentratsiyasi, cho’kmaning holati va uning miqdori, temperatura, rN, ultratovush va boshqa omillar ta’sir qiladi.
Peptizatsiya jarayoni ikki xil bo’ladi. Bevosita peptizatsiya va bilvosita peptizatsiya. Agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning o’zi yutilib kolloid eritma hosil qilsa, bevosita peptizatsiya deyiladi. Agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning o’zi yutilmay, balki uning eruvchi modda bilan xosil qilgan maxsulotlari yutilsa bilvosita peptizatsiya deyiladi.
CHo’kish qoidasiga muvofiq kolloid eritmaga o’tgan cho’kmaning miqdori eritish uchun olingan cho’kmaning (peptizatorning miqdori o’zgarmaganda) miqdoriga bog‘liqlik grafigi quyidagicha (rasm-A).





Eritmaga o’tgan cho’kma xajmining peptizatorning (eritish uchun oligan cho’kmaning o’zgarmas miqdorida) konsentratsiyaga bog‘liqligi quyidagi ko’rinishga ega (rasm-b). Peptizatsi xodisasi texnikada katta axamitga ega. Kolloid eritmalarni tozalash usullari. Dispers sistemalar, ayniqsa, kolloid eritmalar kimyoviy reaksiyalar asosida hosil bo’lganida ularning tarkibida ortiqcha miqdorda kolloid eritma barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi tuzlar, kislotalar, asoslar ham hosil bo’ladi. Kolloid eritma tarkibidagi ortiqcha miqdordagi elektrolitlarni yo’qotish kolloid eritmani tozalash deyiladi. Kolloid eritmalarni tozalashda dializ, elektrodializ, ultrafiltratsiya, ultratsentrafugalash usullaridan foydalaniladi.
Dializ oddiy dializatorlarda olib boriladi: tagi hayvon pufagi yoki kolloidiy pardadan (nitrotsellyulozaning spirt bilan efir aralashmasidagi eritmasi) iborat idishga tozalanishi kerak bo’lgan kolloid eritma solinadi. So’ngra bu idish suv solingan dializatorga tushiriladi. YArim o’tkazgich pardaning teshiklari juda mayda (ularning o’lchami 20-30 nm) bo’lib, ulardan molekula va ionlar o’ta olmaydi. Kolloid eritmadagi elektrolit ionlari suvga diffuzilanib, parda orqali kolloid eritmadan chiqib ketadi. Idishdagi suv vaqt – vaqti bilan almashtirib turiladi. Uzoq vaqt olib borilgan dializ sistemadan stabilizatorning chiqib ketishiga olib keladi, shu sababli dializni elektr toki yordamida tezlatiladi. Quyida uchta kamera 1,2,3 dan iborat elektrodializatorining sxemasi keltirilgan.

Ikki membrana 4 oralig‘iga elektrolitlardan tozalanishi kerak bo’lgan kolloid eritma solinadi. Membranalar tushirilgan idishning bir chekkasiga anod 5, ikkinchi chekkasiga 5 katod o’rnatiladi. Idish orqali elektr toki yuborilganda musbat ionlar katodga, manfiy ionlar esa anodga tomon harakat qiladi. Ular membranadan o’tib, idishning elektrodlar tushirilgan qismlarida yig‘ila boshlaydi. Tozalangan zol esa idishning ikki membrana o’rtasidagi qismida qoladi.
Elektrodializ – elektr toki yordamida olib boriladi va bu usul qulay bo’lib tez ketadi.
Ultrafiltratsiya – bosim ostida ketadigan dializ bo’lib unda teshiklarining o’lchamlari kolloid zarracha o’lchamlaridan kichik bo’lgan membranalardan foydalaniladi.
Adabiyotlar:
1.General chemistry. Martin. S. Silberberg. Chapter: 1-6., 20-22. USA. 2010.
2.Akbarov X.I., Sagdullaev B.U., Tillaev R.S.“Fizikaviy kimyo”, Toshkent:, 2014.
3. Boboev T.M., Raximov X.R. Fizikaviy va kolloid kimyo. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. 2004.
Download 50,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish