3.1-jadval
M. M. Protodьyakonovning kon jinslari mustahkamlik shkalasi
Kategoriya
|
Qattiqlik darajasi
|
Jinslar
|
Mustahkamlik koeffitsienti
|
I
|
Yuqori darajadagi qattiq
|
Eng qattiq, zich va qovushqoq kvartsitlar va bazalьtlar
|
20
|
II
|
Juda qattiq
|
Juda qattiq granitli jinslar. Kvartsli porfirlar, juda qattiq granitlar, kremniyli slanets, eng qattiq qumtoshlar va ohaktoshlar
|
15
|
III
|
Qattiq
|
Granit (zich) va granitli jinslar. Juda qattiq qumtosh va ohaktoshlar. Kvartsli ruda tanalari, juda qattiq temir rudalari
|
10
|
IIIa
|
|
Qattiq ohaktoshlar, Dolomit Kolchedan
|
8
|
IV
|
Aytarli qattiq
|
Oddiy qumtosh, temir rudalari
|
6
|
IVa
|
|
Qumtoshli slanetslar, slanetsli qumtoshlar
|
5
|
V
|
O’rtacha
|
Qattiq gilli slanets, qattiq bo’lmagan qumtosh va ohaktoshlar, yumshoq konglomerat
|
4
|
Va
|
|
Qattiq bo’lmagan slanetslar, zich mergellar
|
3
|
VI
|
Aytarli yumshoq
|
Yumshoq slanets, juda yumshoq ohaktoshlar, mel, tosh tuzi, gips, muzlagan tuproq, antratsit, oddiy mergelь, burdalangan qumtoshlar, toshli tuproq
|
2
|
VIa
|
|
SHebenli grunt, burdalangan slanets, shag’al va sheben, qattiq tosh ko’mir, qotgan loy
|
1,5
|
VII
|
Yumshoq
|
Zich loy, yumshoq tosh ko’mir, qattiq balchiq – loyli tuproq
|
1,0
|
VIIa
|
|
Yumshoq qumtoshli loy, less, graviy
|
0,8
|
VIII
|
Tuproqli
|
Unumdor yer, torf, yengil suglinkalar, qumsion tuproqlar
|
0,6
|
IX
|
Sochiluvchan
|
Ko’chma qum, mayda graviy, to’kma tuproq, burdalangan ko’mir
|
0,5
|
X
|
Oquchan
|
Oquvchi loy, botqoqli tuproq, suyultirilgan less, boshqa suyulgan tuproqlar
|
0,3
|
Kon jinslarinining burdalanish va burg’ilanish qiyinligi bo’yicha sinflanishi.
V.V.Rjevskiy kon jinslarini burdalashning qiyinligi nisbiy ko’rsatgichini quyidagi empirik bog’liqlik bo’yicha aniqlashni taklif etgan:
Pr= 0,5Ktr( + + )+0,5γ
bu yerdaKtr=0,05-1,0 – kon jinslari darzdorligigi hisobga olish koeffitsienti; =34-450; =0,01-75; =0-43 – mos ravishda kon jinslarining siqilishga, surilishga va cho’zilishga chidamlilik chegaralari, MPa; γ=1,2-4,8 t/m3 ;
Mexaniq usul bilan burdalanadigan barcha jinslar burdalanish qiyinligi nuqtai nazaridan 5 ta sinfga ajratilgan: I sinf – yengil burdalanadigan (Pr=1-5); II sinf – o’rtacha burdalanadigan - (Pr=5,1-10); III sinf – qiyin burdalanadigan - (Pr=10,1-15); IV sinf – juda qiyin burdalanadigan - (Pr=15,1-20); V sinf – nihoyatda qatiq burdalanadigan - (Pr=20,1-25); Pr>25 jinslar kategoriyadan tashqari hisoblanadi.
Kon jinslarining qattiqligi – biror o’zidan qattiq asbob bilan ezg’ilanganda deformatsiyalanmasdan maxalliy qarshilik ko’rsatish xususiyati.
Tirnovchanlik- bu kon jinslarining qazib olish yoki ularni yuklash jarayonlarida kon mashinalari detallarini jinslarga ishqalanish natijasida yemirilishiga ta’sir etish xususiyatidir.
Kon jinslari va foydali qazilmalarning tirnovchanlik xususiyatlariga nisbatan ularni 5 kategoriyaga ajratiladi: a) tirnovchanlik xususiyati yo’q jinslar ( tuzlar, marganets rudalari, ko’mir ); b) kam tirnaydigan jinslar (sulьfid rudalari, qo’ng’ir temirtoshlar); v) o’rtacha tirnovchan jinslar (kvarts-sulьfid rudalar va yertomir rudalar); g) tirnovchan jinslar (kvartslangan rudalar va slanetslar); d) yuqori tirnovchi jinslar (porfiritlar, dioritlar, granitlar). Odatda, qattiqlik koeffitsienti yuqori bo’lgan jinslarning tirnovchanlik darajasi ham yuqori bo’lishi konchilik amaliyotida o’z tasdig’ini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |