Ma’ruza – 5
Mavzu: Ma’ruzaga qiziqishni oshirish yo’llari.
Notiq muvaffaqiyatining oltita sharti.
Odamlarga yoqish va ular e’tiborini qozonish qoidalari
Mavzu rejasi:
1. Ma’ruzaga qiziqishni oshirish yo’llari.
2. Notiq muvaffaqiyatining oltita sharti.
3. Odamlarga yoqish va ular e’tiborini qozonish qoidalari
Notiq o ‘z faoliyatida asosiy e’tiborni tinglovchilarning qiziqishini oshiradigan va mavzuning esda qolishida yordam beradigan quyidagi vositalar, usullar va uslublarni puxta ko’rib chiqishga qaratishi kerak:
1. O’rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy ahamiyatini tushintira olishi, uning ilmiy bilim sohasidagi ahamiyatini ko’rsata olishi;
2. Dastlabki jumla va ma’ruzalar 1 daqiqagina boshlanish qismi, ularning tinglovchilar bilan aloqa o’rnatishda va notiq nutqiga qiziqishni vujudga keltirishdagi roli.
3. Yangi muommolarning qo’yilishi.
4. Bayon qilinayotgan materialning yangiligi.
5. Bayonning aniqligi, ko’rgazmaliligi va ommaviyligi:
Nutqning yorqinligi, obrazli va ta’sirchanligi maruzada yumor va hazil-mutoyiba. A. Komeychukning “Qanotlar” pyesasida quyidagi bir epizod bor. Yozning issiq kunlaridan birida kolxozda ochiq havoda ma’ruza o’qilayotir. Ma’ruzachi Ovcharenko qog’ozdan ko’zini olmay zerikarli tarzda ma’ruza o’qiydi va o’qib bo’lgan varaqlarni suvli grafin ostiga qistirib qo’yadi. Ma’ruza boshlanganiga ancha bo’lganga o’xshaydi, chunki grafin ostidagi varaqlar ko’p, grafindagi suv oz qolgan. Ko’plar mudrab o’tirishibdi. Kolxozchilardan biri Mefodiy esa hatto bemalol xurrak otib o’tiribdi. Rais o’rnidan turib bunday deydi: “Mefodiyning mo’ylabidan tortib ko’yinglar, bunaqa bemazagarchilik qilmasin”. Kimdir Mefodiyning mo’ylabidan tortadi, u esa qichqirganicha o’rnidan turib quvonganicha so’raydi: — Tamom qildimi?
Zerikarli, qiziqtirmaydigan, qogozga qarab o’qiladigan ma’ruza ana shunday qabul qilinadi. Afsuski, shunday ma’ruzalar hamon uchrab turadi1 No’noq notiqlarning hammasi bir-biriga o’xshaydi. Lekin har bir mohir notiqning o’z fazilati bor. Usta notiq gapirayotganida tinglovchilar bamisoli nafas olmay o’tiradilar, noshud notiq xuzurida esa bemalol xurrak otib ham yuboraveradilar. Ammo, ma’ruza tinglovchi ongida bilimlar boyligiga aylanmog’i uchun nima qilish kerak? Buning uchun fanning har qanday sohasiga oid har qanday mavzudagi ma’ruza uchta zaruriy fazilatga ega bo’lishi lozim.
Birinchi va eng asosiy fazilat ma’ruzaning mazmunli bo’lishi, uning fikrlarga boy bo’lishidir. G’oyaviy-siyosiy yo’nalish va bilim qiymati eng qadrli narsadirki, bu narsa notiqqa muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi. Notiq gapirayotgan narsasini yaxshi bilmasa, har qanday ajoyib shakl, har qanday iste’dod notiqqa yordam bermaydi. Ma’ruza mazmuni jihatidan chuqur ilmiy, shakliy jihatidan yorqin bo’lishi, hujumkor xarakterga ega bo’lib, ommabopligi va tushunarliligi bilan ajralib turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |