Ma’ruza – 5 Mavzu: Ma’ruzaga qiziqishni oshirish yo’llari. Notiq muvaffaqiyatining oltita sharti. Odamlarga yoqish va ular e’tiborini qozonish qoidalari Mavzu rejasi



Download 21,8 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2022
Hajmi21,8 Kb.
#427089
1   2
Bog'liq
5-mavzu

Ikkinchi talab — muvofiqlik. Har bir ma’ruza mavzuga, davraga, joyga va auditoriyaga muvofiq bo’lishi lozim. Ma’ruza — aniq manzilga ega bo’lgan xatdir. Manzil noto’g’ri yozilganida xat yo’qolib ketganidek, manzilga nomuvofiq qilinmagan ma’ruza ham bexuda ketadi. Nihoyat biz yaxshi ma’ruzaga nisbatan qo’yadigan oxirgi,
uchunchi talab — uning qiziqish tug’dirish xususiyatidir. Gulxan uchun shox-shabba qanchalik kerak bo’lsa, ma’ruza uchun ham qiziqish shunchalik zarur. Gulxanni yoqib shox-shabba tashlab turmasangiz, u bir ozdan keyin o’chib qoladi. Ma’ruzani boshlab, unga qiziqarli materiallar kiritib turmasangiz, tinglovchining e’tibori so’nib qoladi.
Qiziqish nima? Biz bu tushuncha bilan duch kelib turamiz. Qiziqish notiq bilan tinglovchilar o’rtasidagi aloqadir. Istiqlol sharoitida xalqimiz ma’naviyatining o’sishi bilan bir vaqtda madaniyatning barcha sohalariga barqaror va yaxshi qiziqish oshib bormoqda. Qiziqish darhol e’tiborni keltirib chiqaradi, e’tiborga ega har bir ma’ruzada g’oya muhim o’ringa ega. E’tibor — bilim darvozasi bo’lib, uni qizqish ochib beradi. Bizning idrok etishimiz notiqni qanchalik e’tibor bilan tinglashimizga bog’liq. E’tibor esa ma’ruza qiziqarli yoki zerikarli o’qilishiga qarab vujudga keladi yoki barham topadi.
Ma’ruzaga qiziqishni darhol barham qiladigan o’rinlar bor. Notiq xabar qiladigan ma’lum otlarning keraksizligi; bu ma’lumotladaqiqag hayotdan, amaliy qiziqishlardan ajralib qolganligi, mazkur auditoriya uchun keraksiz axborotlarning ko’pligi; hayot bilan aloqaning yo’qligi, eskirgan material va nihoyat, shaklning yomonligi ana shunday faktorlar jumlasiga kiradi. Agar notiq ko’zini qog’ozdan ololmasa, bu narsa tinglovchilarda qiziqish tug’diradi, deb o’ylamay qo’ya qoling. Nutqning ko’rgazmali, ommabop aniq bo’lmay quruq bo’lishi, yomoni pisand qilmaslik, his qilinadigan «emotsional asosning yo’qligi qiziqishga barham beradi. Notiq nutq estetikasiga rioya qilmasa, «latta chaynarlik» qilaver-sa, jumlalarni yorqin va aniq qilib tuzmasa, ish pachava bo’ladi. Bularning hammasi tinglovchilarni zeriktiradi, ular ko’zlari ochiq holda, ba’zan esa ko’zlarini yumib olib uxlayveradilar yoki boshqa narsaga chalg’iydilar. Qiziqarli ma’ruza hatto «uyquchi» tinglovchilarni ham uyg’otib, e’tiborni jalb qilishi mumkin.
To’g’ri, notiqlar har xil bo’lishadi. Ularni ikki xil — o’qib beruchilar va ijodkorlar deymiz. O’qib beruchi notiqning so’zlari o’lik bo’lib, hayot belgilaridan mahrum bo’ladi. Matn yozilgan varaqlar notiq tiliga osib qo’yilgan toshlardir. Ular tilni og’ir qiladi. Tinglovchilar bunday notiqlarni uncha hurmat qilmaydi. Ba’zan notiq qog’ozga qarab juda chiroyli so’zlarni o’qib beradi, lekin ular tinglovchilarni qiziqtirmaydi. Bu so’zlar kuzgi yaproqlarga o’xshaydi, ular chiroyli bo’lishi mumkin-u, lekin ularda jon bo’lmaydi. Notiq hech qanday qog’ozga qaramasdan mavzuni erkin bayon qilib berganiga nima yetsin. Xulosa shuki, matnni yozish mumkin va lozim, lekin uni shunday o’zlashtirib olish kerakki, natijada matnsiz ham gapirish mumkin bo’lsin.
Bosh matnda bo’lganidan, matn boshda bo’lgani ma’qulroq. Notiq muvaffaqiyatining oltita sharti mohir notiqgina qiziqarli ma’ruza o’qiydi. Bunda bilim, mahorat, qiziqish va muayyan tinglovchilarga bevosita murojaat zarur. Lekin notiqning muvaffaqiyatini ta’daqiqalaydgan alohida shartlar ham bor. Bunday shartlar oltita:
Daqiqabarga chiqquncha ham, daqiqabarda turganda ham ma’ruza bilan yashash kerak. Notiqlar har xil bo’lishadi. Ba’zilari ma’ruza o ‘qishadi, ba’zilari esa daqiqalarda ma’ruza matni bilan yashab tinglovchilar bilan faol aloqa bog’laydilar, o’zlarini yo’qotmagan holda auditoriya bilan qo’shilib ketadilar. Bular o’qib beruvchilar emas, balki ijodkorlardir.


1 E.A.Adamov. Т., “O’zbekiston”, 1980. 3—4-betlar.

Download 21,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish