@linguabarno tarafidan yaratildi. (Instagram va Telegram sahifalariga a’zo bo’ling)
IELTS o’qishni boshlash uchun, kamida INTERMEDIATE (o’rta) darajada bo’lish kerak ekanligi haqida, ko’p
marotaba takidlaganman.
Ingliz tilini B1 darajasida bilishingizni qanday bilasiz?
Quyidagi Jadval O'rta darajaga ega bo'lgan odam qanday bilimga ega bo'lishi kerakligini ko'rsatadi.
SIz uchun yaratilgan check-list dan foydalaning, va IELTS kursiga borishdan oldin, jadvalda ko’rsatilgan
bilimlarni mustahkamlang.
Bo’lim
Qobiliyat
Grammar
(Grammatika)
Siz ingliz tilining barcha zamonlarini bilasiz:
Present, Past va Future Simple;
Present, Past va Future Continuous;
Present, Past va Future Perfect;
Present, Past va Future Perfect Continuous.
“I used to play football” va
“I’m used to playing football” jumlalarini farqini
bilasiz
(Used to va to be used to konstruktsiyalari)
I’m going to visit John (to be going to),
I’m visiting John tomorrow at 5 o’clock (Present
Continuous kelajakni bildirish uchun)
I’ll visit John next month (Future Simple).
Jumlalarni farqini bilasiz
“You mustn't do exercises” va “You don't have
to do exercises” gaplari orasidagi farqni bilasiz
(modal fellar)
“I stopped to rest” va “I stopped resting”
iboralarini farqini bilasiz
(gerund va infinitiv)
Siz sifatlarning qiyosiy darajalarini bilasiz (hot-
hotter-hottest).
“little/few” va “a little/a few”
qaysi hollarda ishlatilishini tushuning (ingliz
tilida miqdorni bildiruvchi so'zlar).
@linguabarno tarafidan yaratildi. (Instagram va Telegram sahifalariga a’zo bo’ling)
“If you come home, we’ll go shopping”,
“If you came home, we would go shopping” va
“If you had come home, we would have gone
shopping” gaplari orasidagi farqni tushunasiz.
(shartli gaplarning birinchi, ikkinchi va uchinchi
turi).
Biror narsaga oydinlik kiritish uchun siz
savollarni qiynalmay berasiz:
You don’t like coffee, do you?
(savol jumlalari)
Vocabulary
(So’z boyligi)
Sizning so'z boyligingiz 2000 dan 3000 gacha
so'z va iboralarni qamrab oladi.
(3000 ta so’zni to’liq ishlata olasiz)
Siz ba'zi iboralar va iborali fe'llarni yaxshi bilasiz.
(idioms, phrasal verbs)
Siz biznes sheriklar bilan maxsus biznes
terminologiyasini o'rganmasdan muloqot
qilishingiz mumkin (siz biznesning asosiy so'z
boyligini bilasiz).
“neither... nor, in addition to, as well as, apart
from, due to, because of.” Konstruktsiyalarini
erkin ishlata olasiz.
Speaking
(So’zlashuv)
Siz ravon gapira olasiz, talaffuzingiz yaxshi va
boshqalar sizning nutqingizni oson tushunishadi.
Siz jumlalarda mantiqiy pauzalarni
(to’xtashlarni) qayerda qilishni, gapning qaysi
qismida ovozingizni ko'tarish yoki tushirishni
tushunasiz.
Siz juda ravon gapirasiz, suhbat davomida uzoq
to’xtab qolmaysiz.
Siz tashqi ko'rinishingiz, ta'limingiz va ish
tajribangiz haqida bemalol gaplashasiz, turli
masalalar bo'yicha o'z fikringizni bildira olasiz,
deyarli har qanday mavzuda suhbatlashish
qo’lingizdan keladi.
Siz nutqingizda phrasel verbs va (idioms)
iboralarni ishlatasiz.
@linguabarno tarafidan yaratildi. (Instagram va Telegram sahifalariga a’zo bo’ling)
Siz nutqni soddalashtirmaysiz, juda murakkab
grammatik tuzilmalardan foydalanasiz: shartli
gaplarning har xil turlari, passive voice, turli xil
zamonlarni qiynalmay ishlatasiz
Reading
(O’qish)
Internetda, gazeta va jurnallarda umumiy
maqolalarni tushunasiz, notanish so’zlarga duch
kelsangiz ham.
Siz oddiy adabiyotlarni asl nusxada o'qishni
boshlaysiz, o'qigan narsangizning ma'nosini
tushunasiz, ammo notanish so'zlarni
uchratishingiz mumkin.
Listening
(Eshitish)
Sizning darajangizga moslashtirilgan audio
yozuvlarni mukammal tushunasiz.
Siz ba'zi bir so'zlarni bilmasangiz ham, original
audiolarni, radio loyihalarni tushuna olasiz.
Siz til egalarini (native speakers)
aksentini ingliz tilida bo'lmaganlarning
aksentidan ajratib turasiz.
Siz subtitr bilan asl tilida filmlar va seriallarni
tomosha qilasiz.
Siz o'zingizning darajangiz uchun murakkab
bo'lmagan original audiokitoblarni tinglab,
tushuna olasiz.
Writing
(Yozish)
Siz grammatik jihatdan to'g'ri bo’lgan gaplarni
tuza olasiz.
Siz norasmiy xat yoki kichik rasmiy xat
yozishingiz mumkin.
Agar kerak bo'lsa, rasmiy hujjatlarni ingliz tilida
to'ldirishingiz mumkin.
Siz har qanday joylar, voqealar, odamlar haqida
yozma tavsif berishingiz va har qanday matnga
sharh berishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |