Marosim folklori


Mavzu: Gulxaniy. “Zarbulmasal” asari



Download 1,37 Mb.
bet46/89
Sana14.08.2021
Hajmi1,37 Mb.
#147878
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
Bog'liq
Mavzu Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja

Mavzu: Gulxaniy. “Zarbulmasal” asari.
R E J A:

  1. Gulxaniyning hayot yoli.

  2. Shoir ijodi.

  3. "Zarbulmasal" haqida.


Gulxaniy XVIII asrning oxirlari - XIX asrning birinchi yarmidagi o'ziga xos namoyandalardan bo'lib, u o'z ijodiy faoliyatida hajv va masal janrini yangi bosqichga ko'tara olgan, ham nazmda, ham nasrda go'zal badiiyat namunalarini yaratgan benazir shoir va masalnavisdir.

Gulxaniyning hayot yoli. Shoirning asl ismi Muhammad Sharif bo'lib, Gulxaniy adabiy taxallusidir. Gulxaniy XVIII asrning 70-yillarida tug'ilgan. Yoshligidan moddiy qiyinchilikda yashadi. Bo'lajak shoir tirikchilik tashvishida Qo'qonda Olimxon saltanati davrida xonning askarlari safiga qo'shiladi, ya'ni sipohiylikka yollanadi. Muhammad Sharif navkarlikda sidqidildan xizmat qiladi, janglarda faol qatnashadi. Shunday bo'lsada, xon tomonidan taqdirlanmaydi, hamisha qashshoqlikda kun kechiradi. Shoirning hayot tarzi haqida ma'lumot beruvchi manbalardan biri "Bideh" ("Ber menga") radifli 9 baytli she'ridir. Shoir bu she'rida muruvvat istab, saxovat tilab xonga murojaat qilar ekan, armonlarga to'la hayotining real manzarasini chizib beradi. Mazkur she'rda shoirning sipohiylik davridagi kayfiyatlari, og'ir turmush sharoiti yaqqol seziladi:


Hazratim ochlikdan o'ldim, yegani non ber menga,



Kofir o'lg'ayman адаr desamki, bohmon ber menga.

Hasbi hol tarzidagi mazkur g'azaldan ham ma'lum bo'ladiki, Gulxaniy nihoyatda nochor qolgan. G'azal matlaida xonga yolvorib yegani non so'ragan shoir-navkarning qalb alamlari keyingi baytlarda ochila boradi. Yalinish ohanggidagi so'rov keyingi misralarda shiddatli talablarga aylanadi. Shoir inson uchun zarur bo'lgan mosh, bug'doy, guruch berib, non bilan qornini to'yg'azishini, egniga biror yopiq berishligini qat'iy so'rab, boshqa hech narsa - qimmatbaho "aqiqu la'lu marjon" yoki "bahmon" so'ramasligini ta'kidlaydi, hatto "desam kofir o'lg'ayman" deya qasam ham ichadi. G'azal davomida shoir hukmdorning navkarlarga nisbatan muruvvatsiz ekanligini yuziga soladi. G'azalning maqta' qismida shoirning "er yigitlar qatoridan kamsitmaslik" haqidagi istagi beriladiki, bu ma'lum muddat xon Gulxaniy dunyoqarashidagi o'ziga yoqmagan jihatlari uchun uni quyi darajadagi sipohga aylantirib, shunga mos oz maosh to'lab, uni mana shunday qiyin ahvolga solib qo'ygan bo'lishi mumkin degan xulosaga kelishimizga asos bo'ladi. Mazkur g'azal Gulxaniyning navkarlik vaqtidagi ayanchli ahvolini ko'rsatuvchi avtobiografik tarzdagi she'r bo'lib qolmay, balki hukmdorga qarata yurtning posbonlariga nisbatan e'tiborliroq bo'lishligi uchun chaqiriq ham edi. Bir so'z bilan aytganda, Gulxaniyning sipohiylik yillari hayo­tining eng og'ir onlari edi. Lekin shunga qaramay, shoirning ilm olishi va ijod qilishi uchun qizg'in yillar bo'ldi. Olimxon vafotidan so'ng taxtga chiqqan Umarxon o'z hokimiyatini mustahkamlash va yangilash maqsadida atrofiga qalam ahllarini yig'adi. Shular qatorida Gulxaniy ham saroyga taklif qilinadi, Gulxaniy ham boshqalar kabi shoh Umarxondan ko'p yaxshiliklar kutadi, hatto buning orzusida xonga atab, uni madh qiluvchi she'rlar yozadi, ammo xonlikning qora tusdagi siyosati o'z hukmida qoladi, bundan xafsalasi pir bo'lgan shoirning saroy ahliga bo'lgan munosabati o'zgaradi. Shohni ta'riflovchi emas, unga e'tiroz bildiruvchi she'rlar yoza boshlaydi. Gulxaniy hayotining oxirgi davri haqida turlicha ma'lumotlar bor. Ba'zi manbalarda Umarxon vafotidan keyin Gulxaniy o'z vataniga qaytib ketganligi taxmin qilinsa, boshqa manbalarda uning Muhammad Alixon tomonidan aldab o'ldirilganligi haqida aytiladi. Biroq tarixiy manba sanalmish Dilshod Barnoning "Tarixi muhojiron" asarida Gulxaniyni Muhammad Alixon hukmronlik davridan avvalroq yashab o'tganligi va ellik besh yoshlar atrofida vafot etganligi haqida yoziladi. Ushbu faktik manbaga asoslanib, mutaxassislar shoirning vafot yilini Amir Umarxon hukmronligi davrida (1820 - 1822yillar oralig'ida) deb taxmin qiladilar.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish