Marosim folklori



Download 1,37 Mb.
bet54/89
Sana14.08.2021
Hajmi1,37 Mb.
#147878
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
Bog'liq
Mavzu Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja

Shoirning ijodiy merosi. Shoir Maxmur ijodi uzoq vaqtgacha adabiyot ixlosmandlariga yetib kelmadi. Ilk bora 1937 yilda "Guliston" jurnalida "Hapalak" she'ri e'lon qilindi. Oradan ancha vaqt o'tgach, 1950 yilda Qo'qonda shoirning she'rlar to'plami topildi. Mazkur to'plam tufayli shoir o'tgan asrda qaytadan kashf etildi. Shuningdek, u Maxmur ijodiyotining asosiy xususiyatlarini aniqlashda asosiy manba bo'lib xizmat qildi. Majmuaga shoirning satirik she'rlarigina kiritilgan, shunday bo'lsa-da, ular shoirning keng ijtimoiy dunyoqarashi va badiiyatdagi mahoratidan dalolat beradi. Shoir asarlari zamondosh va makondosh bo'lgan Fazliy tazkirasiga ham kiritilgan. Demak, bizga qadar saqlanib qolgan kichik devondan va Fazliy tazkirasiga kirgan asarlardan iborat Maxmur ijodiy merosi 3417 misrani tashkil qiladi. Undagi she'rlar soni esa 69 ta. To'g'ri, bu u qadar katta hajmni belgilamaydi, lekin shu she'rlarining o'zi ham Maxmurning o'tkir didli va yuqori saviyali shoir bo'lganligi haqida yetarli xulosa chiqarishimizga asos bo'la oladi.

Maxmur mumtoz she'riyatimizda qo'llanib kelingan an'anaviy she'r shakllarining kulgili tasvir yaratishga imkon beruvchi maqbul turlarini, xususan, g'azal, masnaviy, muxammas va qasida kabilarni tanlab olib, ularning keng imkoniyatlaridan unumli foydalanib chin ma'nodagi haqiqiy hajviy asarlar, takrorlanmas hajviy timsollar yaratdi. Qolaversa, Maxmur o'z asarlarini o'zbek va tojik tilida birday yoza olgan zullisonayn shoir ham edi. U qaysi turda yoki qaysi tilda yozmasin, o'sha davrdagi mehnatkash xalqning xonlar va beklar zulmi ostida kechirgan mashaqqatli hayotini real lavhalarda tasvirlay bilgan. Maxmur vayrona yurtni, qashshoqvayalang'och xalqniko'rib kuyunadi va elu yurtini shu holga giriftor etgan hokim tabaqalami o'tkir tanqid ostiga oladi, ularga to'g'ridan-to'g'ri yetib boradi-gan mazmundagi she'rlar bitadi. Shu mazmundagi g'oyat o'tkir va real lavhalarga ob'ektiv baho berilgan asarlari ichida eng mashhuri "Hapalak"("Maxmur mahdum aloqador bo'lgan Hapalak qishlog'ining sifati"), "Qurama" ("Qurama viloyati va Kandir davonidan o'tishning ta'rifi") nomli she'rlaridir. Har ikki she'rda ham qishloqning achinarli manzarasi va undagi aholin-ing og'ir hayoti aks etadi, shoir davrning eng dol zarb muammosini olib chiqadi. "Bir katak, ikki кара, uch olachuq, to'rt katalak"dan iborat bo'lgan Hapalak singari qishloqlardan yana biri Qurama ham xaroba va vayronalikda, suvsizlik va noobodlikda Hapalakdan hech qolishmaydi:

Turfa shahriki aning sar-sari monandi samum,

Kuydurur shiddati sarmosi haloyiqni chu mum,

Har taraf anda olib xayli balo, favji hujum,

Suvi zahrobai g'am, chashmalari ayni zaqqum,

Hosili mahsuli ofoti baqoyi Qurama.

Mazkur she'r sayohatnoma usulida, muxammas janrida yozilgan bo'lib, 19 band (95 misra)ni tashkil qiladi. Negaki, shoir "Qirovthi yo'lidin" o'tib, "Dashti qiyomat cho'li"gacha boradi, "Kandir dovoni"dan oshib "Qurama"ga yetadi. Manzilga yetkuncha ham birorta obod joy ko'rmaydi, "chashmalari zaqqum-ga" aylangan, "hosili mahsuli ofot" bo'lgan Quramani ko'rgach, undan shunday noliydi:

Mavzui kim bo'sa mohiyati ismi Qurama,

Qurusin oti aning, ismini mandin so'rama,

Bir ko'rub bori digar yoniga hargiz yo'lama,

Yo'lasang tashna bo'lib, yo'lida andin sulama,

To'la qatroni jahannam hama soyi Qurama.

Shoir Maxmur yaratgan muxammas va masnaviylar ham hajviy xarakterda. Ularda o'z zamonasidagi riyokor, makkor, ochko'z, zolim shaxslar o'tkir hajv qilinadi va eng muhimi shu obrazlar orqali jamiyat illatlari ochib tashlanadi. Chunonchi, "Dar hajvi xo'ja Mir Asad" ("Xo'ja Mir Asad hajvida") she'rida shaharning katta boyi bo'lgan Mir Asadning axloqsizligi, odobsizligi, xalqqa dilozorligini fosh etsa, "Avsofi hoji Niyoz" ("Hoji Niyoz sifat-lari"), "G'azali hoji Niyoz" ("Hoji Niyozning g'azali") g'azallanda munofiq, xalqni aldovchi muttaham kishi obrazini yaratadi, "Dar sifati hakim Turobiy hazor xalta" ("Hakim Turobiy hazor xalta sifatida") she'rida esa ilmsiz, nodon, johil tabib suratini qora bo'yoqlarda chizadi. Shuningdek, shoir "Avsofi qozi Muham­mad Rajab Ayj" ("Qozi Muhammad Rajab Avj sifatlari"), "G'azali qozi Muhammad Ra jabdar borai xud" ("Qozi Muhammad Rajabning o'zi to'g'risidagi g'azali"), "Avsofi qozi xo'ja sakbon" ("Itboqar xo'ja qozining sifatlari"), "Avsofi qozi Muhammad Zuhur Zargar" ("Qozi Muhamad Zuhur Zargarning sifatlari") kabi hajviy she'rlarida ham ikki yuzlamachi, tovlamachi, riyokor qozilarning asl basharalarini ochib tashlaydi. Bir so'z bilan aytganda, Maxmur — tik so'z shoir. U hayotga real ko'z bilan boqadi va har bir holatga, voqelikka ob'ektiv baho beradi. Nima bo'lganda ham faqat yaxshilik tarafdori, ezgulik kurashchisi. Bir so'z bilan aytganda, shoir Maxmur — ezigan mehnatkash xalqning chinakam g'amxo'ri va kuychisi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish