Marosim folklori



Download 1,37 Mb.
bet29/89
Sana14.08.2021
Hajmi1,37 Mb.
#147878
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89
Bog'liq
Mavzu Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja

Tanimoq tangrini tonmoq havodin,

Keyin turmoq fi'oli noravodin.

Ma'naviy kamolatni orzulagan kishi yana bir shartni bajarishni uddalamog'ligi darkor. Bu — ko'ngilni poklash. Ko'ngilni poklash esa oson ish emas. Ba'zan insonning qalbi o'z tanasiga, ba'zan esa, aksincha, tanasi qalbiga bo'ysunmaydi. Demak, bu uzluksiz riyozat, og'ir mashaqqat jarayoni. E'tiqodi mustahkam, iymoni but, ma'naviy komillikni chin ma'noda istagan kishi bunday riyozatdan voz kecha olmaydi, chunki Alloh yo'lidagi chekkan har bir o'tkinchi riyozatning negizida abadiy farog'at yotadi. So'fi Ollohyorning falsafiy fikri ham shunday. Yana muhim tomoni, shoir falsafalari quruq va yalang'och emas. So'fi Olloyor bunday pandnoma mazmunidagi falsafalarini badiiy sayqallaydi. Quyidagi pandnomada ham baytlar badiiyatini tashbeh va tazodlar yuzaga keltirgan:



Riyozat mevasidir misli yang'oq,

Agarchi zohiri shax, botini yog'.

Maishat zohiri narm, oxiri qahr,

Yilonni toshi yumshoqdur, ichi zahr.

Shoir riyozatni yong'oqqa, maishatni ilonga o'xshatadi. Riyozatning zohiri — tashqarisi og'ir mashaqqat, ammo botini — ichkarisi rohatbaxsh farog'at, shuningdek, yong'oqni ham tashqi po'sti qattiq, ichidagi mag'zi esa yog'li, yumshoq va mazali, ming dardga davo. Yoki aysh-ishratning boshi yoqimli, to'kin dasturxon, o'yin-kulgi, ammo oxiri voy. Dilhuzurlik bilan boshlangan maishatning oxiri qahr-g'azab bi­lan yakun topadi, mastlik, uning oqibatidagi ur-sur, to'polon va hokazo. Ilonning ham tashqi ko'rinishi ajabtovur, badanlari yumshoq, silliq, ammo ichi to'la zahar, insonni o'ldirishgacha boradi. Misralardagi riyozat-yong'oq, maishat-ilon tashbehi hamda shax-yog', narm-qahr, yumshoq-zahr tazodi shoir fikrlarini ta'sirchan ifodalashga imkon beradi.

Demak, riyozatning oxiri huzur ekan, bu yo'lda qanoatli bo'lib, toat-ibodatda sobit bo'lishlikka da'vat qiladi.

So'fi Ollohyor pandnomalarida ma'naviy komillikka erishishda insonni tabiati, uning sharqona odobi, nutq va muomalada madaniyatli bo'lishligi, halimlik va dilkashlik katta ahamiyatga egaligini ta'kidlab, mavzuni odob-axloq qoidalariga buradi:

Kel, ey zohid, o'zingni aylagil xok,

Harom-u shubhadin ko'ngulni qil рок.

Ochiqqo'llik kushoda yuzlik bo'lg'il,

Muruvvatlik, muloyim so'zlik bo'lg'il.

Ushbu baytlarda inson odobining go'zal sabog'i mujassamlashgan. Shoirning fikricha, harom taom, harom ishlardan, turli vasvasa va shubhalardan ko'ngilni tozalash zarur, zero shubha qalbni o’ldiradi. Va yana sahovatlilik, ochiq yuzlilik ham, muruvvatlilik va muloyim so'zlik ham — oliyjanob fazilat.

Shoir muomalada shirin so'z bo'lishlikni uqtiradi, badmuomalalik, sanchib-sanchib gapirish — dilozorlikni qoralaydi. Dilozordan esa "Xudo ham bezor", undan hamma qochadi, yuz o'giradi. Shoir bu boradagi pandini tajnis va takrirlar yordamida quy-idagicha ifodalaydi:

Kishi sanchiq so'z aytsa, san chiq ondin,

Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin.

Shoir mo'min — musulmonlik madaniyati haqida gapirar ekan, xushmuomalalik, odoblilik, kamtarlilik, chiroyli xulqlilik haqida alohida to'xtab, ularni chiroyli badiiy tamsillar bilan izohlaydi:

Kulub mehmon qoshig'a chiqg'il, ey qul,

Shajar mevadin oldin ko'rsatar gul.

Mehmon — atoyi Xudo. Uyga mehmon kelganda, avvalo, uni iliq tabassum ila kutib olmoq, xushmuomalalik ila uning kelganidan xursandligini sezdirmoq kerak. Shundan keyingina dasturxonga taom va noz-u ne'matlar tortmoqlik darkor. Zero, daraxt ham avval gullab so'ngra meva tugadi.

So'fi Ollohyor ijodida ana shunday tabiat ne'matlarini o'rnak qilib ko'rsatuvchi o'rinlar ko'p uchraydi. Shoirning quyidagi pandnoma ruhi singdirilgan ixcham shakldagi baytlariga e'tibor qilsangiz, unda fikr-g'oyalar ramziy-badiiy ifodalar vositasida, adabiy umumlashma tarzida bayon etilgan. Mana, she'r:

Tavozo'lik bo'lib tutg'il o'zing kam.

Shajarkim bo'lsa mevali bo'lur xam,

Terakkim ul ko'tardi yuqori bosh,

Samarsiz bo'ldi ko'rdingmu ani fosh,

— deya sharqona kamtarlik va odoblilikni ollohyorona oliy ifodasini beradi. Insoniy fazilatlarni tabiat voqeligi bilan muqoyasa qilib badiiy talqin etadi. Demak, shoirning shohbaytlaridagi purma'no shunday: kamtar bo'l, boodob bo'l, o'zingni doimo past tut. Zero, mevali daraxt doim egilib turadi. Voqean, terak mevasiz bo'lsa-da, doim o'zini tik tutib, boshini yuqori ko'taradi, lekin baribir qancha kekkaymasin, mevasizligi fosh bo'lib, kesib tashlanadi. Misralar mazmunidan tamsil san'atining mohiyatini anglash qiyin emas. Zero, mazkur misralarda tamsil qoidasiga muvofiq, birinchi satrda bayon qilinayotgan fikr hayotiy tabiat hodisasiga o'xshatilmoqda va hayotiy misoldagi holatga g'oyat mos tushmoqda.

Bir so'z bilan aytganda, keltirilgan har ikki misolda ham tamsil san'ati talabiga ko'ra, shoir birinchi misrada odob-axloq haqidagi fikrini bayon qiladi, ikkinchi misrada esa shu fikrining hayotiy isbot sifatida tabiatning hikmatli bir holatini misol keltiradi.



So'fi Ollohyorning ana shunday saboqlari bugungi kun uchun ham juda ahamiyatli. Bu saboqlar yoshlarni ma'naviy poklikka, to'g'rilikka, odoblilikka, xushmuomalalikka o'rgatadi va ularning milliy ong va milliy madaniyatini, sharqona odob-axloqini shakl-lantirishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Tayanch tushunchalar:


  • Kushoda yuzlik,

  • shajar,

  • kam,

  • xam

  • zabon,

  • kina,

  • jo’yoni.





Nazorat savollari:


  1. Shoirning hayot yo'li haqida gapiring.

  2. Bizga So'fi Ollohyordan qanday adabiy meros qolgan?

  3. Nafsning shaytoniy illat ekanligi islomiy adabiyotda qan­day talqin etilgan? So'fi Ollohyor ijodida-chi?

  4. So'fi Ollohyor ijodida pand-nasihat ruhidagi she'rlari qanday o'rin tutadi?

  5. Shoir tavoze'lik, xushmuomalalik haqida qanday saboq beradi?

Foydalanilgan adabiyotlar:




    1. B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006

    2. B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001




Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish