Makromarketingga quyidagi sohalar: marketing texnologiyasi, tovarning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari, iqtisodiy resurslarni kengaytirish va jamlash marketingi, ijtimoiy marketing va h.k. kiritildi. Samarali makromarketing tizimi iqtisodiy rivojlanishning mahsulidir. Samarali makromarketing tizimi iqtisodiy rivojlanish uchun zarur. Rivojlanmagan jamiyat: hamma o‘zi uchun mahsulot ishlab chiqaradi va sotuvchilar bo‘lmaydi, vositachilik rivojlanmaydi. Rivojlangan jamiyat: hamma narsa bozor orqali, degan g‘oyaga amal qiladi.
Makromarketing – «mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga jamiyat talab va istaklaridan kelib chiqqan holda yetkazib beriladigan ijtimoiy jarayondir»:
- Butun bir tizimni qamrab oladi.
- Bu samarali va adolatlimi?
Savdo va moliya sohasida marketing hozirgi kunda juda keng qo‘llanmoqda. Turizmning rivojlanishi tabiiyki, turizm marketingini, ta’lim xizmati bozorlarining kengayishi ta’lim xizmatlari marketingiga ehtiyojni keltirib chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |