Marketing va menejment



Download 67 Kb.
bet12/14
Sana24.05.2023
Hajmi67 Kb.
#943161
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ko\'klamov Shaxob 2

Marketing — korxonalar uchun mahsulot sifatiga,uning raqobatbardoshligiga qo'yiladigan o'ziga xos talablarni o'rganish orqali tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish, aniq talab darajasini hisobga olgan holda tovarlarni bozor kanallari orqali mohirlik bilan o'tkazish imkoniyatidir. Talab bilan taklif o‘rtasida bir qadar nomutanosiblik mavjud bo‘lgan sharoitda tovarlarni egasiga borib yetadigan qilib ishlab chiqarish va oxirgi iste'molchiga kam-ko‘stsiz yetkazib berish juda ham muhimdir. Marketing ana shunga imkon ochadi. Marketing yordamida ko'pgina muammolarni hal qilish mumkin: talabga ta'sir o'tkazish, uning tarkibini o‘zgartirish, ishlab chiqarishni bozor talablariga moslashtirish va h.k. Shunday qilib, marketing xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga asoslangan tizimida korxona va firmalar uchun strategik ahamiyatga molik bo'lgan vazifalami hal etishga ko'maklashadi. Quyida talabning turli holatlari va marketing xizmatining ularga mos keladigan vazifalarini keltiramiz.

  1. Manfiy talab. Agar xaridorning ko'pchilik qismi tovarni qabul qilmasa va undan qochadigan bo‘lsa, bunday bozor manfiy talab holatida bo'ladi. Bunday sharoitda marketing xizmatining vazifasi bozor nima sababdan tovarni yoqtirmayotganini tahlil qilish va tovarni qayta ishlash, baholarni pasaytirish yo‘li bilan uni sotishni birmuncha jonlantirishdan iboratdir.

  2. Talabningyo ‘qligi. Iste'molchilar tovarga qiziqmasligi yoki unga befarq qarashlari mumkin. Bunday hollarda marketingning vazifasi tovarga xos bo'lgan xususiyatlami insonning tabiiy ehtiyojlari va istakJari bilan bog'lash yoMIarini topishdir.

  3. Yashirin talab. Ko'pgina iste'molchilarda bozorda mavjud bo'lgan tovarlar yoki xizmatlar yordamida qondirib boMmaydigan ehtiyojlar boMishi mumkin. Marketingning vazifasi ana shu tovarlar va xizmatlar bozorining hajmiga baho berish va talabni qondira oladigan xaridorgir tovarlar hamda xizmatlar yaratishni yoMga qo'yishdir.

  4. Kamayib boradigan talab. Har qanday korxona (firma) ham o'zining u yoki bu tovariga boMgan talab kamayib qoladigan holatga ertami-kechmi ducli keladi. Bunday sharoitlarda niarketing xizmati nima sababdan talab kamayib borayotganini tahlil qilib chiqishi va yangi bozorlarni qidirib topishi, tovar xarakteristikalarini o'zgartirish yoki birmuncha samarali aloqalarni o'matish yo'li bilan tovarlarni o'tkazishni yana jonlantirish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashi kerak bo'ladi.

  5. Nomuntazam talab. Ko'pgina tovarlar (xizmatlar)ga talab mavsum sayin, kun sayin va hatto soat sayin o'zgarib turadi. Masalan, aviachiptalarga bo'lgan talab yozgi mavsumda ortib ketadi, jamoat transportining ko'pchilik qismi kunduzgi osoyishtalik paytida bo'sh turadi va odamlar qatnab turadigan soatlarda ularni tashib uddalay olmaydi. Bunday sharoitda marketingning vazifasi baholarni o'zgartirish, transport qatnovi jadvalini takomillashtirish va hokazoga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdir.

  6. To‘la qimmatli talab. Tadbirkorlar o ‘zlarining tovarlari (xizmatlari) aylanmalaridan qoniqadigan boMsalar, ana shu to'la qimniatli yoki to'laqonli talab deyiladi. Marketingning vazifasi talabni mavjud darajasini saqlab qolish maqsadida ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning sifati to'g'risida tinmay qayg'urib borishdir. Marketing strategiyasining zarur elementi bozor qatnashchilari faoliyatini hisobga olgan holda bozorga chiqadigan mahsulotlarning sifat va miqdor ko'rsatkichlarini belgilab olishdir.

Korxonaning umumiy strategik maqsadi belgilab olingandan so'ng uni amalga oshirishga doir zarur choralar batafsil ishlab chiqiladi. Bular:

  • bozorga qanday tovarni qanday assortimentda va qanday baholar bilan kiritish;

  • tovarni rejalashtirilgan miqdorda sotish uchun qanday shartsharoitlar kerakligini aniqlash;

  • tovarlarni yetkazib berish qanday kanallar orqali va qanday hajmlarda anialga oshirilishini belgilash;

  • talabga ta'sir ko'rsatish va sotuvni rag‘batlantirish uchun qanday vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlash;

  • sotuvdan keyin ko‘rsatiladigan xizmat qanday bo‘lishi va uni kim amalga oshirishini belgilab olish.

Marketing faoliyatining taktikasini belgilab beruvchi mana shu masalalarni biron bo'g'inida uzilish bo'lib qolishi mo‘ljaldagi barcha ishlarning barbod bo'lishiga olib kelishi mumkin. Marketing faoliyatining tayyor yo‘l-yo‘rig‘i yo‘q. Talabga ta'sir ko'rsatishning usul-amallari har bir korxona va bozorga kiritiladigan har bir tovar uchun yangidan ishlab chiqiladi. Chet mamlakatlarda buning uchun maxsus firmalar va institutlar tashkil etilgan. Yirik korxonalardan birontasi marketing bilan shug'ullanadigan maxsus bo’limsiz (yoki xizmatsiz) „tirikchilik“ qila olmaydi. Marketing faoliyatida reklama muhim vosita hisoblanadi. Reklamaning vazifasi—mavjud bozor segmentini mustahkamlab, yangi-yangi xaridorlarni topib borish, yangi bozorlarni shakllantirish orqali iste'molchilar doirasini kengaytirishdir. Biroq, xaridorning psixologiyasi uchun firmaning iste'mol bozoridagi obro‘-e’tibori va tovar markasining muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlash zarur. Sotuvni rag'batlantirish marketing vazifalaridan biri bo'lib, bozorga kiritiladigan tovar realizatsiyasini rejalashtirilgan miqdorga yetkazishga imkon beradi. Demak, u qilingan sarf-xarajatlaming o'mini to’ldirib, foyda olishga imkon beradi. Sotuvni rag'batlantirish uchun yarmarka va ko‘rgazmalar singari faol shakllardan, maxsus savdo agentlarining xizmatlaridan, shuningdek, imtiyozli baholar qo'vish usullaridan foydalanish mumkin. Shunday qilib, marketing bizning xo'jalik hayotimizga bozor iqtisodiyoti bilan birgalikda kirib kelgan tushuncha bo'lib. uni yaxshilab o'zlashtirish, joriy qilish har qanday korxona yoki firma ish faoliyatining yuqori samaradorligiga xizmat qiladi. Biroq shuni alohida ta'kidlash joizki, marketingni tashkil qilishning yagona va tayyor sxemasi yo‘q. Har bir korxona yoki firma o‘z xo'jalik faoliyatining xarakterini, tashqi va ichki omillami hisobga olgan holda ishlab chiqib va savdoni yagona texnologik jarayonga birlashtirib, o‘zining marketing dasturini ishlab chiqadi.



Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish