2.2 Harxlarni erkinlashtirish va bozor infratuzilmasini yaratish
Yodingizda bo'lsa, bozor iqtisodiyotining tamoyillarini ko'rib chiqqanimizda, narx-navo erkinligi uning eng muhim belgisi va tamoyili ekanini ko'rsatib o‘tgan edik. Darhaqiqat, narx-navo erkinligisiz bozor iqtisodiyotini tasaw ur etib boimaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan har qanday davlat oldida talab va taklif asosida vujudga keluvchi erkin bozor narxlarini amal qilishi uchun zarur boigan shart-sharoitlami yaratish vazifasi paydo boiadi. Bu vazifani hal etish yoilari turlicha boiib, har bir mamlakat uni o'zining real sharoitlari, xalqning mentalitetlari va qadriyatlari, iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi va h.k.lardan kelib chiqib hal qiladi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, narx-navo erkinligiga erishishning, asosan, ikki usuli mavjud bo'lib, uning birinchisida baholar birdaniga qo‘yib yuboriladi, ya'ni ularni hech kim, hech qanday davlat organi yuqoridan belgilamaydi. Ikkinchi usulida esa narx-navo erkinligiga bosqichma-bosqich erishiladi, ya’ni islohotlaming ilk bosqichida narx-navolaming bir qismini davlat belgilaydi, qolgan qismi talab va taklif asosida shakllanadi. Narxlarni birdaniga erkinlashtirish nafaqat xalqni, balki davlatning o‘zini ham esankiratib qo‘yishini endilikda jahon tajribasi to'la tasdiqladi, desak xato bo'lmaydi. Tovarlar va xizmatlarning hamma turlari narxini birdaniga erkin qo‘yib yuborish natijasida iste'mol narxlari, masalan, Polshada 9 baravar va Rossiyada 26 baravar oshdi. Narxlarning bunday erkinlashuvidan xalqmng qanday aziyat chekkanini va davlatning qanday ahvolga tushib qolganini o'zingiz bir tasawur qilib ko‘ring. 0‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tar ekan, narx-navoni erkinlashtirishning o‘ziga xos bo'lgan va o ‘zbekona deb aytilishi mumkin bo‘lgan ikkinchi usulini tanladi. Balkim „tanladi“ degan so‘z bu yerda mutlaqo to‘g‘ri ishlatilmagandir. Chunki mamlakatimizda respublika birinchi Prezidenti I.A.Karimovning rahbarligi va tashabbusi bilan narxlarni erkinlashtirishning o'ziga xos yondashuvlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Mazkur yondashuvlar narxlarni erkinlashtirishning „esankiratuvchi“ usulini qat’iyan rad etgan holda, ularni asta-sekin erkinlashtirishni nazarda tutadi va bu bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bozor sharoitiga moslashtirib boradi.
1992-yilning yanvaridan boshlab aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli choralarni awaldan belgilab olgan holda narxlarni erkinlashtirish boshlandi. Chegaralangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari narxlarining chegarasi davlat tomonidan belgilab qo'yildi. 1993-yildan boshlab mazkur tovarlar va xizmatlarning ro'yxati anchagina qisqartirildi va ulgurji baholami davlat tomonidan tartibga solish batamom to‘xtatildi. 1994-yilga kelib, deyarli hamma turdagi xomashyo va tovarlarga erkin baho o'matishga o‘tildi va iste'mol narxlari ustidan davlat nazorati to'xtatildi. Shu narsani aytib o'tish joizki, narx-navoni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy larzalarsiz sodir bo‘ldi. Buning uchun arzonlashtirilgan davlat narxlari qo‘llandi, aholining pul daromadlari oshirildi, eng kam ish haqi, nafaqalar va stipendiyalarning miqdori muntazam ravishda oshirib borildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga mahalla qo'mitalari orqali moddiy yordam ko'rsatish tizimi va imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. Davlat mulkini xususiylashtirish va narx-navo erkinligiga yo‘l ochib berish iqtisodiyotda raqobat muhiti yaratishni taqozo etadi. Zero, bozor munosabatlarining toiaqonli amal qilishi uchun, avvalambor, tovar va xizmatlarning narxini belgilashdagi yakkahokimlik (monopoliya)ga qarshi kurash choralarini amalga oshirish va bozor infratuzilmasini yaratish vazifalarini hal etish zarur edi. Shu munosabat bilan respublika Moliya vazirligi tizimida monopoliyaga qarshi kurash siyosatini olib borish vakolatiga ega bo'lgan boshqarma tuzildi. Uning asosiy vazifasi etib yakkahokimlik mavqeyiga ega bo‘lgan korxonalarning mahsuloti bo'yicha narxlarni tartibga solib turish belgilandi. Shu bilan birgalikda, bozor munosabatlarining samarali amal qilishini ta'minlovchi tegishli infratuzilma bo‘linmalari va sohalarini yaratishga kirishildi. Chunki respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ..Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz tovar, pul bozorida va mehnat resurslari bozorida xo ‘jalik yurituvchi subyektlar o ‘rtasida o ‘zaro aloqani ta'miniashi kerak bo'lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi“. Bozor infratuzilmasi deganda, bozor munosabatlarini samarali amal qilishini ta'minlovchi savdo-vositachilik bo‘linmalari, moliyabank tizimi, sug‘urta, auditorlik va konsalting firmalari, transport, aloqa, axborot tarmoqlari kabi tuzilmalarni tushunmoq kerak.
Bozor infratuzilmasini shakllantirish uchun, avvalambor, korxonalarni fondlashtirilgan resurslar bilan ta’minlash tartibi mahsulotlarni erkin (kelishilgan) narxlar asosida xarid qilish bilan asta-sekin almashtirildi. Bunday sharoitda korxona va firmalaming o‘zaro shartnomaviy aloqalarini o'matish muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur aloqalarni o'rnatish maqsadida Respublika tovar-xomashyo birjasi tashkil etildi. Bu hol o‘z navbatida brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari hamda vositachilik firmalarining paydo bo‘lishiga olib keldi. 1994-yildan boshlab mamlakatimizda kredit resurslari bozori shakllanib, bozor munosabatlarining faollashuviga ko‘maklasha boshladi. Kreditlarning tanlov asosida taqsimlanishi natijasi o'laroq, moliya bozori shakllandi. Moliya bozorining paydo bo'lishi va rivojlanishi o‘z navbatida bozor munosabatlariga mos bo‘lgan bank-kredit tizimini yaratishni dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda rejali iqtisodiyot hukmronligi davrida shakllangan bank tizimi qayta ko'rib chiqildi va mutlaqo yangi bir tizim shakllantirildi. Bank va bank muassasalari majmuasidan iborat bo‘lgan mazkur tizimning jahon mamlakatlari xo'jalik amaliyotida ikki turi mavjud bo‘lib, ular bir bo‘g‘inli va ikki bo‘g‘inli tizimlardir. 0 ‘zbekistonda ana shu tizimlarning ikkinchisi, ya’ni ikki bo‘g‘inli bank tizimi yaratildi. Bunday tizim sharoitida Markaziy bank mamlakatda pul muomalasini tashkil qiluvchi va uning ustidan nazorat olib boruvchi asosiy bo'g'in vazifasini bajaradi. Mustaqil, biroq Markaziy bank nazorati ostida faoliyat ko'rsatuvchi ixtisoslashgan („Paxtabank“, ,.G‘allabank“, „Uy-joy jamg‘arma banki“ va hokazo) va tijorat banklari ushbu tizimning ikkinchi bo‘g‘ini hisoblanadi. 0 ‘tgan yillar tajribasi mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar munosabati bilan yaratilgan bank tizimining oqilona va samarali ekanini to‘la tasdiqladi.
Ixtisoslashgan va tijorat banklari mamlakatimizda bozorning faol ishtirokchilari sifatida pul orqali bozor ishtirokchilarining faoliyatiga daxldor vazifalarni hal qilishda qatnashmoqdalar va bozor munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqdalar. Moliya bozorining to‘laqonli amal qilishi uchun sug'urta tizimini qayta qurish va uni bozor munosabatlariga moslashtirish talab qilinar edi. Shuning uchun respublikaning davlat sug'urtasi qaytadan tashkil etildi va uning yangi sharoitdagi vazifalari belgilab berildi. Vaqt o ‘tishi bilan sug'urta tizimi ham takomillasha bordi va endilikda mamlakatimizda davlatga qarashli bo'lmagan 40 dan ortiq sug'urta kompaniyalari faoliyat ko'rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ishsizlik muammosi birmuncha keskinlashdi. Buning sababi ommaviy xususiylashtirishni amalga oshirish munosabati bilan nafaqat malakasiz kishilarni, balki muayyan mutaxassislikka ega bo'lgan xodimlami ham vaqtincha ishsizlar toifasiga o'tib qolishidir. Mazkur holat mamlakatimizda ishsizlik muammosini yengillashtirishga ko'maklashuvchi mehnat biijalarini paydo bo'lishiga olib keldi. Hozirgi kunda yirik shaharlarda o'nlab va har bir tumanda bittadan mehnat birjalari faoliyat ko'rsatib, ular ishsizlarni ishga joylashtirish va ularning sonini ko'payishiga yo‘l qo'ymaslik choralarini amalga oshirmoqdalar.
Xulosa
Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin boʻlmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat koʻrsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasini ham o’z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.
Bozor iqtisodiyotida marketing aloxida o’rin egallaydi.
Bozor sharoitlari va uning o'ziga xos xususiyatlarini, undagi raqiblar salohiyati-yu raqobat usullarini, muayyan tovar va xizmatlarga bo'lgan talab va u yerda mavjud bo'lgan taklifni puxta va atroflicha o'rganish tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko'rsatuvchilar uchun yutuq va barqarorlik garovidir. Ana shu aytib o'tilgan ishlarni amalga oshirish hozirgi zamon tilida marketing deb yuritiladi. Bozor mexanizmining asosiy elementlari (tovarlar taklifi, xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy bogiiqki, ularni o'rgamnay turib, bozordagi jarayonlarni to‘g‘ri tushunib yetish anchagina mushkul ishdir. Shuning uchun xo'jalik amaliyotining chalkashliklari, uning sir-u asrorlarini bilmoq uchun har qanday tadbirkor, birinchidan, maxsus bilimlarga ega bo'lmog'i va ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini muntazam o'tkazib turmog‘i lozim. Marketing faoliyati tijorat ishlarida xavf-xatarni kamaytirish, mavjud sharoit-u vaziyatlarning eng maqbulini tanlab olish, ishlab chiqarish sotuvning yuqori foyda berib turishini ta’minlash va xaridorlar uchun to‘g‘ri keladigan baholami belgilashga yordam beradi. Marketingning asosiy tamoyillari bozorni bilish, bozorga moslashish va bozorga ta’sir o‘tkazishdan iboratdir. Bozorni bilish deganda, iste’molchilarni har tomonlama o‘rganish, ulaming did va istaklarini bilish ko‘zda tutiladi. Demak, bozorga moslashish muayyan talabni qondiradigan mahsulotlarnigina ishlab chiqarmoqni bildiradi. Nima ishlab chiqarilgan bo'lsa, shuni sotmaslik, balki bozortalab mollarnigina ishlab chiqarmoq zamr. Bozorga ta’sir o'tkazish talabni shakllantirish demakdir, ya’ni tovarni yaratish bilan iste'molchini ham „yaratmoq“ lozim.
Marketingning umumiy tamoyillari va vazifalariga qarab, faoliyatning aniq yo'nalishlari va mazmuni belgilanadi. Ulaming orasida eng muhimlari: bozorni atroflicha o'rganish, mahsulot turlarini rejalashtirish, mahsulot sifatini qiyomiga yetkazish, tovar reklamasini tashkil qilish, uning eng maqbul bahosini belgilash hamda savdosini tashkil etishdir. Marketing bozor iqtisodiyotining muhim elementi bo'lib, mamlakatimizda xo'jalik subyektlari va tadbirkorlar uni o'zlashtirish va tashkil qilish sohasida muayyan natijalarga erishdilar. Korxona va firmalarda marketing xizmati bo'limi tashkil etilmoqda. Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan marketing xizmatining samaradorligiga bog'liqdir. Biroq shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, marketing xizmatini tashkil qilish muayyan sarf-xarajatlar qilish va sabr-toqat ko'rsatishni talab etadi, buning ustiga darrov samara ham bera olmaydi. Bu ish, bir tomondan, iste'molchilarni yetarlicha yuqori bo‘lgan talablariga va xarid qobiliyatlariga, ikkinchi tomondan, tovarlar va xizmatlarni tanlash erkinligiga mos keladigan bo'lishi kerak. Marketingni joriy etish tashkiliy shart-sharoitlar yaratishni talab etadi. Korxonalar ishini rejalashtirish va uni boshqarish, ichki va tashqi savdo aloqalari tizimini yaratish, shuningdek, tovarlar bilan yuqori darajada ta'm inlangan bozor kanallari bo‘vicha tayyorlangan mahsulotlarni sotish shular jumlasidandir. Iqtisodiyotimizning hozirgi ahvoli, aksariyat hollarda talablarni qondira olmay kelayotgani, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi nomutanosibliklar mavjudligi sharoitida marketingdan foydalanishga ehtiyoj va imkoniyat yo'qdek ko'rinadi. Biroq aynan marketing shu qiyinchiliklami yengib o'tishga, talab bilan taklif o‘rtasida mutanosiblik o'matishga yordam berishini yoddan chiqarmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |