II BOB. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va o‘ziga xosliklari
2.1 Bozor munosabatlariga o‘tish va taraqqiyotning „o‘zbek modeli“.
Biz yuqorida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yagona va universal, ya’ni hamma mamlakatlar uchun yaroqli bo'lgan yo'li yo’q ekanini ta'kidlab o'tgan edik. Endi ana shu fikrni O'zbekiston misolida tasdiqlashga harakat qilamiz. Avvalo, shuni aytib o'tish kerakki bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy bo'lgan jihatlari mavjud. Bular Itiazkur tizimning mohiyati va asosiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Xususiy mulk shakllarining rivojlanishi uchun davlat tomonidan keng shart-sharoitlar yaratish, xo'jalik subyektlarining teng huquqliligini ta'minlash va ularning o'zaro raqobatlashuv muhitini yaratish, yakka hukmronlik (monopolizm)ga qarshi siyosat o'tkazilishi va hokazolar — bular hammasi har qanday mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o'tishidagi umumiylik hisoblanadjj Shu bilan birga, rivojlanishning bozor iqtisocnyoti yo'lini tanlagan mamlakat o'zining tarixiy tajribasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi, xalqining milliy qadriyatlari va mentalitetidan kelib chiqib, o'ziga xos va mos bo'lgan yo'lini tanlaydi. Siz, aziz o'quvchiga ma'lumki, 0 ‘zbekiston XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan va uning mustamlakasiga aylangan edi. 1917-yilda Rossiyada amalga oshgan davlat to'ntarishi natijasida Sovet Ittifoqi deb ataluvchi katta bir imperiya paydo bo'ldi va to 1991 -yilga qadar mamlakatimiz ham shu davlat tarkibida edi. Markazlashgan rejali iqtisodiyotga asoslangan sobiq Ittifoq parchalanib, 0 ‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini qo'lga kiritgach, u hech ikkilanmay, bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot yo‘lini tanladi. Biroq, bozor iqtisodiyotiga „hamma dardning davosi” sifatida qarash yaramaydi. U keng, tekis va ravon yo‘l emas. Unga o‘tish hech qachon muayyan talafotlarsiz ro‘y bermaydi. Shuning uchun 0 ‘zbekiston birinchi Prezidenti I. A. Karimov mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o'tishining asosiy g‘oya va tamoyillarini ishlab chiqdi. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan ushbu g‘oya va tamoyillar mamlakatimizni ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishining yaxlit bir dasturini tashkil etadi. Bu dasturning ibratli tomoni shundaki, u faqatgina butun mamlakatimizda yashab turgan fuqarolarning taqdirini o‘ylab tuzilgan emas, balki kelajak avlodlar taqdiriga ham bevosita aloqador bo'lib, ularga ozod va obod vatan qoldirishni nazarda tutadi. Rejali iqtisodiyot tizimi hukmronligi bilan bog‘liq bo'lgan illatlami tezroq bartaraf qilish, mamlakat iqtisodiyotini barqarorva yuqori sur'atlar bilan rivojlanishini ta'minlash, pirovard natijada 0 ‘zbekistonni rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish dasturning bosh maqsadini tashkil etadi. Marnlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos va mos yo'li bugungi kunda jahonga Yurtboshimiz nomi bilan tanildi va bu yo‘l adolatli tarzda taraqqiyotning „o‘zbek modeli“ deb atalmoqda. Ushbu yo‘lni amalga oshirish mamlakat iqtisodiyotida tub islohotlar o‘tkazishni taqozo etadi. „Yer, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma’naviy kuch-qudrat va imkoniyatlar milliy boylik bo‘Iib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqining asosi bo‘lib xizmat qiladi“. 0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi besh muhim tamoyilga tayanadi: ‘Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan to‘la xoli qilish va uni siyosatdan ustun turmog‘i. Bu tamoyilga ko‘ra, iqtisodiyot va uni barqaror hamda yuqori sur'atlar bilan rivojlantirish davlat siyosatining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchidan, bozor munosabatlariga o'tish davrida davlatning o‘zi bosh islohotchi vazifasini bajaradi. Buning ma'nosi shundan iboratki, davlat bu davrda butun xalq manfaatlaridan kelib chiqib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi. Islohotlar jarayonining tashabbuskori rolini bajaradi. Uchinchidan, barcha ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda qonun ustuvorligini ta'minlash taqozo etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki, iqtisodiy o‘zgarishlar va jamiyatning yangilanish jarayoni mamlakatda amal qiluvchi qonunlarga tayangan holda amalga oshiriladi. To'rtinchidan, bozor munosabatlariga o'tish aholining kam ta’minlangan qismini moddiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan qo'shib olib boriladi. Buning uchun davlat kishilami islohotlarga ruhan tayyorlash va ulami ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli va ta'sirchan siyosat olib boradi. Beshinchidan, yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich, ya'ni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshiriladi. Bundan shu ma'no chiqadiki, birbosqich tamomlangandan keyingina va zamr shart-sharoitlar yaratilgandan so‘ng keyingi bosqichga o‘tiladi. Iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarining mexanizmlarini qadam-baqadam shakllantirib boradi. Islohotlaming „o‘zbek modeli“ hozirga qadar mavjud bo'lgan biron modelni takrorlamaydi.
0‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra u quyidagi qoidalarga tayanadi:
ijtimoiy yohialtirilgan bozor iqtisodiyoti va huquqiy-demokratik jamiyatni barpo etish;
xalqning boy tarixiy tajribasi, mentaliteti va an'analari hamda islohotlarning u yoki bu bosqichdagi o'zgarishlarga tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
bozor iqtisodiyoti tizimiga asoslangan rivojlangan davlatlarning boy tajribasidan mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutgan holda foydalanish.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o'tishning „o‘zbek modeli“ga binoan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish islohotlarning ustuvor yo'nalishi deb ataladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki 10 yillik tajribasi shuni ko'rsatadiki, yangilanish va taraqqiyot dasturida belgilangan ko‘pgina ishlami amalga oshirishga muvaffaq bo'lindi. Qisqa vaqt ichida yaratilgan mustahkam huquqiy me'yorlar negizida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich kirib, barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishildi. Fikrimizning dalili sifatida bir necha misollar va raqamlarni keltiramiz. 2000-yilda korxona va xo‘jaliklaming 88 foizini xususiy mulk, aksiyadorlikjamiyatlari, qo‘shma korxonalar, kooperativlar va shirkat xo‘jaliklari tashkil etdi. Iqtisodiyotda band bo'lganlarning 76 foizi, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaruvchilarning 70 foizi, sanoat bo'yicha 65,4 foizi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtimvchilaming 99 foizi nodavlat sektoriga to‘g‘ri keldi. 1997-yildan boshlab yalpi ichki mahsulotning 4—5 foizlik yillik o‘sishiga erishildi. Mamlakatimizning don va yoqilg'i mustaqilligiga erishildi. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishini ta’minlovchi bank, moliya, soliq tizimlari, xomashyo birjalari, sug'urta, auditorlik, lizing kompaniyalari va bozor infratuzilmasini tashkil etuvchi boshqa yangi tizimlar vujudga keltirildi. „Tarixan qisqa vaqt ichida o‘tkazilgan agrar islohotlar, kichik va xususiy biznesni rivojlantirishda erishilgan yutuqlar, sanoatning avtomobilsozlik, mikrobiologiya, selluloza-qog‘oz, qand, farmatsevtika kabi tarmoqlarini yangidan yaratilgani—bular hammasi taraqqiyotning „o‘zbek rnodeli" mevalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |