Iqtisodiyot – moddiy va nomoddiy nematlarni ishlab chiqarish, taqsimlash ayirboshlash va este’mol qilishni aks ettiruvchi ijtimoiy xo’jalik.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o’rganish metodlari
Iqtisodiyot nazariyasi — iqtisodiyot qonun-qoidalari va rivojlanish prinsiplarini o'rganuvchi umuniiqtisodiy fanlar turkumiga kiruvchi nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida «Ekonomiks», «Экономика» va «Политэкономия» nomlari bilan, MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi», «Ekonomiks» nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiy bilim beruvchi fanlar g'oyat xilma-xil. Ular sirasiga hozir 20 dan ortiq turli fanlar kiritiladi. Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda 3 ta guruhga ajratish mumkin: 1) umumiqtisodiy; 2) xususiy iqtisodiy; 3) funksional iqtisodiy fanlar. Umumiqtisodiy fanlar iqtisodiyotni yaxlitlikda, butun xalq xo'jaligi doirasida o'rganadi. Xususiy iqtisodiy fanlar iqtisodiyotning u yoki bu sohasini alohida o'rganadi. Funksional iqtisodiy fanlar ayrim iqtisodiy faoliyat turlarini o'rganadi. Iqtisodiyot nazariyasi umumiqtisodiy fanlar turkumiga kiradi, iqtisodiy fanlarning karvonboshisi hisoblanadi. Iqtisodiyotning qonun-qoidalarini bilish shu fanni o'rganishdan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasining har qanday fan singari o'z predmeti bor. Bu fanni bilish uchun eng avval u nimani o'rgatishini aniqlab olish zarur, albatta. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida paydo bo'lganidan boshlab shu kunga qadar uning predmetiga har xil ta ’rif berib kelingan. Iqtisodiyot fani paydo bo'lgan kezlarda (XVII asr) uni politekonomiya (xo'jalik yuritish haqidagi fan), deb atashgan, uning predmeti tovar ayirboshlash, ya’ni savdo-sotiq, deb qarashgan. So'ngra bu fan predmetiga ishlab chiqarish, xususan, dehqonchilik kiritilgan. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida politekonomiya boylikni o'rganadi, deb aytilgan. XIX asrning 2-yarmidan e ’tiboran marksizm ta ’limotida politekonomiya — sinfiy iqtisodiy munosabatlar haqidngi fan sifatida baholangan, shunga ko'ra proletar (ishchi sinli) va burjuaziya (kapitalistlar sinfi) politekonomiyasi borligi qayd ctilgan. Marksizmga muqobil nazariya sifatida paydo bo'lgan oqim — marjinalizm vakillari politekonomiya tovarlar nafliligini va uni odamlar qanday qabul qilishini o'rgatuvchi fan, deb ta’riflashgan. Bu oqimning so'nggi yirik namoyandasi A.Marshall yozishicha: «Politekonomiya yoki iqtisodiyot fani kishilik jamiyatining normal hayotiy faoliyatini tadqiq etadi. U individual va ijtimoiy xatti-harakatlarning shunday sohasini o'rganadiki, bu farovonlikning moddiy asosini yaratish bilan chambarchas bog'langan».1 A.Marshall fikriga ko'ra, bu fan insonning iqtisodiy xatti-harakatlarini o'rganadi. Bu g'oya hozir ham tan olinadi. G'arbdagi yirik iqtisodchilar nazariya qanday fan deganda, unga qisqa va lo'nda javob berib bo'lmaydi, deb hisoblashadi. P. Samuelson2 shundan kelib chiqib, quyidagilarni yozadi: 1. Iqtisodiyot nazariyasi — ayirboshlash, pullik bitimlar bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat turlari haqidagi fan. 2. Iqtisodiyot nazariyasi — har-xil tovarlarni (bug'doy, mol go'shti, konservalar, yo'llar, kichik kemalar) ishlab chiqarish maqsadida kishilar tomonidan noyob va cheklangan unumli resurslardan (yer, ishlab chiqarishga mo'ljallangan tovarlar, mehnat, mashinalar, texnikaviy bilimlar) foydalanilishi to'g'risidagi fan. 3. Iqtisodiyot nazariyasi — kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, kishilarning tirikchilik uchun mablag' topishi va undan foydalanishi to'g'risidagi fan3. Ko'pchilik iqtisodchilar iqtisodiyot nazariyasiga cheklangan resurslar sharoitida iqtisodiy faoliyatning tanlab olinishi bilan bog'liq fan, deb qaraydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |