Marketing va menejment



Download 64,96 Kb.
bet10/10
Sana07.11.2022
Hajmi64,96 Kb.
#861649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
madina

Muayyan turdagi soliqlar. Salbiy tashqi samaralarga yondashuvning ikkinchi usuli tegishli turdagi tovarlarga soliqlar yoki to‘lovlarni joriy etishdan
iborat. Misol uchun, hukumat yer yuzini quyosh ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish uchun zaharli gazlarni ishlab chiqarishga aksiz solig‘i solgan. Bunday aksiz
solig‘ini solish bilan ishlab chiqaruvchilar soliq to‘lash yoki to‘lamaslik, almashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xarid qilish uchun qo‘shimcha fondlarni sarf etish yuzasidan qaror qilishi kerak. Har ikki holatda ham, soliq freon ishlab chiqarishni marjinal xarajatini ko‘taradi va bu mahsulotga bo‘lgan shaxsiy taklif egri chizig‘ini chap tomonga (yoki yuqoriga) siljitadi. Grafik 28.3b da, har bir donasi T ga teng keladigan soliq korxonaning marjinal xarajatini oshiradi va taklif egri chizig‘ini S dan St ga siljitadi. Me’yoriy
narx ko‘tariladi va me’yoriy mahsulot ishlab chiqarish Qe dan iqtisodiy jihatdan samarali Qo ga pasayadi. Shunday qilib, soliq resurslarning haddan ziyod ko‘p taqsimlanishini oldini oladi.4
Subsidiyalar va hukumat rezervi. Qaerda qo‘shimcha foydalar katta miqdorda va ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilmagan bo‘lsa, avvalgi emlash bilan bog‘liq misolimizda, hukumatning resurslarni kam taqsimlanishini to‘g‘rilash uchun uchta tanlovi bor:

    • Monetar siyosatni amalga oshirishda hisob stavkasini o‘zgartirish, ochiq bozorda faoliyat ko‘rsatish va majburiy ehtiyotlarni o‘rnatish kabi iqtisodiy dastaklardan foydalaniladi. Qayd qilingan iqtisodiy dastaklardan foydalanib amalga oshiriladigan monetar siyosat qattiq yoki yumshoq pul-kredit siyosat bo‘lishi mumkin.

    • Qattiq pul-kredit siyosatni amalga oshirishda pul massasining uni emissiya qilish xisobidan o‘sib borishi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul taklifi qisqarib tovar massasiga tenglashadi. Pul taklifining qisqarishi talabni kamaytiradi, natijada narxlar va pul birligining xarid qobiliyati barqarorlashadi. Ishlab pul topishga intilish iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat odatda iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki inflyasiyani bartaraf qilish maqsadida qo‘llaniladi.

    • Yumshoq pul-kredit siyosatini amalga oshirishda davlat pul massasining ortishiga to‘sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi mutloq cheklanmaydi, natijada pul taklifi ko‘payib, tovarlarning arzonlashuvi yuz beradi. Yumshoq pul- kredit siyosat iqtisodiyot o‘sish pallasida bo‘lganda ko‘proq qo‘llaniladi, chunki pul massasining o‘sishiga qarab tovarlar massasi ham ko‘payadi. Bunda tovar-pul muvozanati pulni qisqartirish xisobidan emas, balki tovarlarning ko‘payishi tufayli ta’minlanib turadi.

Fiskal siyosat - bu davlatning soliq-byudjet siyosatidir, unga binoan soliq tushumlari belgilanadi, byudjet mablag‘lari aniq maqsadlar yo‘lida ishlatilishi ko‘zda tutiladi.
Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat soliqlar vositasida byudjetga pul tushimini ta’minlaydi. Unga binoan soliq turlari aniqlanadi, soliq stavkalari, soliq solinadigan ob’ektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi.
Soliqlar davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishida qo‘llaniladigan asosiy moliyaviy dastakdir. “Soliq, tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, pag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim.
Iqtisodiyotni rag‘batlantirish zarur bo‘lganda soliqlardan imtiyozlar beriladi. Bunda soliq yuki kamaytiriladi, soliqni undirish muddati chuziladi yoki umuman soliqdan ozod qilinadi. Natijada korxonalar tasarrufidagi foyda ko‘payadi, uni investitsiya qilish, ya’ni qaytadan ishlab chiqarishni o‘stirishga yo‘naltirish imkoniyati kengayadi. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekistonda foydadan to‘lanadigan soliq stavkasi 2004 yildagi 24%dan 2009 yilda 12%, 2012 yilda 9% ga tushiriddi. Ishlab chiqarish tez o‘sganda uni sekinlashtirish zarur bo‘lsa soliq stavkalari oshiriladi. Bu kapitalning eski texnologiyaga asoslangan tarmoqlardan yangi istiqbolli tarmoqlarga ko‘chib o‘tishiga yordam beradi.
Fiskal siyosat ikki xil yo‘ldan amalga oshiriladi:

  1. Iqtisodiyotni barqarorlashtiruvchi amaldagi vositalarni ya’ni moliyaviy normativlarni qo‘llashni davom ettirish. Bular jumlasiga soliq stavkalarini, ishsizlik nafaqasi, daromadlarning inflyasiyaga qarab indeksatsiyalash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish normativlarini kiritish mumkin.

  2. Yangi moliyaviy normativlarni kiritish. Bu diskretsion fiskal siyosat deb yuritiladi. Mazkur siyosat doirasida yangi soliq stavkalari joriy etiladi, uning yangi turlari kiritiladi, byudjet mablag‘larini sarflash normativlari o‘zgartiriladi. Diskretsion siyosat iqtisodiyotning o‘zgargan sharoitga moslashish siyosatidir. Iqtisodiyot bir maromda o‘sib borganda birinchisi, u tanglikka uchraganda diskretsion siyosat ustuvor bo‘ladi.

Fiskal siyosatda davlat byudjeti orqali ham iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatadi. Byudjet mablag‘lari hisobidan davlat ishlab chiqarish infratuzilmasiga katta hajmdagi investitsiyalarni ajratadi, milliy iqtisodiyot uchun ahamiyatli faoliyat (masalan, yangi texnologiyani yaratish) bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga subsidiya beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib foyda ko‘payadi, bu bilan korxonalar faoliyati rag‘batlantiriladi.
Byudjet siyosati ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini uzluksiz kerakli miqdordagi pul mablag‘lari bilan ta’minlab turishga ham qaratiladi. Davlat byudjeti balanslashgan bo‘lishi, ya’ni taqchillikka yo‘l qo‘ymaslik, u yuz bergan taqdirda ham me’yorida bo‘lishiga qaratiladi. Fiskal siyosat davlatning ichki va tashqi qarzlari me’yorida bo‘lishini ta’minlashi ham zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. A. O'LM ASOV, A. VAHOBOV IQTISODIYOT NAZARIYASI

  2. SHODMONOV SH., ALIMOV R., JOʻRAYEV T. IQTISODIYOT NAZARIYASI

Download 64,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish