Marketing tushunchasi va mohiyati



Download 2,14 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2022
Hajmi2,14 Mb.
#647863
  1   2   3
Bog'liq
Dioksid

Dioksid firmasi marketingini tahlil qilishdan oldin birinchi navbatta marketing faoliyati mohiyatini o`rganishimiz zarur deb hisoblayman



Marketing tushunchasi va mohiyati
Bozor munosabatlariga o`tish davrida xo`jalik yurituvchi barcha sub‘yektlar - korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo`jalik tizimidagi sub‘yektlarda ularning funksional vazifalari tubdan o`zgaradi. Boshqarishning ma‘muriy-buyruqbozlik usuli o`rnini zamonaviy usullar egallab, unda talab va taklif, raqobatchilik, o`z strategiya va taktikasini aniqlashda korxonalarga hamkorlik qilish uchun korxonalarni tanlash erkinligi va iqtisodiyotning erkinlashuvi asosiy rol o`ynaydi. Raqobat natijasida mehnat taqsimotining tobora chuqurlashuvi asosida davlatning iqtisodiyotni va xo`jalik yurituvchi sub‘yektlarni boshqarishdagi roli tubdan o`zgaradi. Davlatning bevosita rahbarligida atrof-muhit ekologiyasini saqlash, davlat mudofaasi, mehnat havfsizligini ta‘minlash kabi masalalar hal qilinadi. Mahsulotlarga boy bozorda ishlab chiqaruvchilar o`zaro raqobatlashib, turli mahsulotlarning sifatini yaxshilashga yoki bahosini kamaytirishiga majbur bo`ladilar, ya‘ni iste‘molchining talabiga bo`ysinishga majburdirlar. Raqobatli bozorda iste‘molchining haq-huquqlarini himoya qilish uchun davlat tomonidan (bozorni boshqaruvchi sifatida) tadbirlar belgilanadi va amalga oshiriladi. Buning maqsadi oxir-oqibatda iste‘molchi ishlab chiqaruvchini, mahsulotni, bahoni tanlasin, aksincha emas. Ko`rinib turibdiki, korxonaning ichki va tashqi faoliyati uning bozor munosabatlarida o`zini qanday tutishi bilan, aniq strategiya va taktika ishlab chiqish bilan belgilanadi. Yuqorida keltirilgan fikrlar gohida korxonada quyidagi o`zaro qaramaqarshi bo`lgan masalalarni hal qilishni talab etadi:
5.tobora narxi tushib borayotgan m ahsulotlarning sifatini yaxshilash

Demak, korxona faoliyati bevosita tovar, xizmat bozorlarini o`rganish, uning qonun-qoidalariga amal qilishga ko`p jihatdan bog`liq ekan. Bozor, uning qonun-qoidalari, ishlab chiqaruvchilar va Iste‘molchilar o`rtasidagi munosabatlarni marketing fani o`rgatadi. Ammo marketing iqtisodiy faoliyat tizimi bo`lganligi bois keng tushunchadir. Bir tomondan u bozor, undagi talab va taklif, Iste`molchi xohishi-yu, ishlab chiqarish yo`nalishini har tomonlama va mukammal o`rganishni bildirsa, ikkinchi tomondan bozorga va undagi taklifga ta‘sir ko`rsatish, ishlab chiqaruvchilar va Iste‘molchilarning talab va takliflarini muvofiqlashtirish strategiyalari va taktikalarini ishlab chiqishni anglatadi. Zamonaviy marketing paydo bo`lganidan buyon bir necha bosqichni bosib o`tdi. Bu o`zgarishlar mahsulotni seriyali va ommaviy ishlab chiqarilishi bilan bog`liq. Marketingni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish asoslari XX asrning boshlariga to`g`ri keladi, chunki bu davrda keng miqyosda ishlab chiqarish rivojlanib, raqobat rivojlana boshladi. Marketing Axborot yig‘ish (jamlash) Bozor natijasini shakllantirish Narxni shakllantirish Bozorni tayyorlash Mahsulot taqsimoti Korxona parametrlari Bozor parametrlari Mahsulotni shakllantirish Xizmatni shakllantirish Reklama Sotish
1-bosqich. Bu bosqich ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, mexanizatsiyalashuvi va avtomatlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda marketing tushunchasi mahsulotni ishlab chiqaruvchidan xaridorgacha bo`lgan jarayonni nazorat qilish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlikdan iborat degan mavzuni shakllantiradi.
2-bosqich. Bu bosqich 1929-1933-yillarda yuzaga kelgan takror ishlab chiqarishdagi inqiroz bilan bog`liq. Marketing bunda sotuv bilan bog`liq bo`lgan mazmunini yo`qotadi. Marketing bilan shug`ullanuvchi tijorat tashkilotlari tashkil etila boshlandi. 1926-yilda AQSHda Marketing va reklama bo`yicha Milliy Assotsiatsiya tashkil etildi. Bu tashkilot 1973- yilda Amerika marketing uyushmasiga aylantirilib, qayta tashkil etildi. Bugungi kunda bu tashkilot o`z atrofiga 25 mingga yaqin tadqiqotchilar, biznes vakillari va o`qituvchilarini birlashtirgan.
3-bosqich. Bu bosqichda marketing boshqaruv rusumidan ishlab chiqarish bozoriga arendatorlangan tizimiga o`zgaradi. U quyidagi holatlarni o`z ichiga oladi: korxonalar xaridorga kerak bo`lgan mahsulotnigina ishlab chiqaradi; sotuvchi bozori xaridor bozoriga aylanadi; korxona, firmalar ko`p mahsulot ishlab chiqarishga yo`naltiriladi; bozorda mahsulot ko`payib, raqobat keskinlashadi; aholi va korxonalarda daromad ulushi ortib boradi.
4-bosqich. Bu bosqich marketingni mintaqalararo (transkontenental) korparatsiyalarning faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi tizimga aylanishi bilan harakatlanadi. Bunda marketing rejalari xaridorning talablari maqsadlarini birlashtiradi, davlat tomonidan bozorning boshqarilishi va resurslarni baholanishi mazkur rejalarga kiritiladi. Bugungi kunda AQSH, Yaponiya, G`arbiy Evropa va boshqa rivojlangan davlatlar o`z faoliyatlarini marketingga asoslaydilar. Marketing xarajat talab etiladigan sohaga aylandi. Masalan, 1970- yillarda AQSHda 1 dollar bahosidagi mahsulotning 55 senti marketingga, 45 senti ishlab chiqarish, sotish bilan bog`liq xarajatlarni va foydani tashkil etadi.


Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish