2.3. Axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va boshqarish uchun tayyorlash.
Ma’lumotlar nihoyatda xilma-xil va ular marketingni boshqarishda alohida
ahamiyatga ega. Ularni yig’ish sermashaqqat, ko’pdan-ko’p mutaxassis va
texnik vositalardan foydalanish orqali amalga oshirilganligi tufayli, ularni
yig’ish doimo qimmatga tushadi. Lekin qo’yilgan maqsadga erishish uchun bu
faoliyat juda zarurdir. Bu ma’lumotlarni xaridorlar, vositachilar, sotuvchilar va
raqobatchilar o’rtasida turli so’rovlar, intervьyular o’tkazish yo’li bilan olinadi.
Birlamchi ma’lumotlarni yig’ishning bir necha usullari mavjud: kuzatish,
obzorlar tayyorlash, eksperiment.
Kuzatish usulini qo’llab tadqiqotchi, xaridorlar va sotuvchilar atrofida
o’ralashib, uni qiziqtirgan tovarga bo’lgan talabning o’zgarishi haqida
ma’lumotlarni yig’ish mumkin. Xuddi shu yo’l bilan raqobatchilar tovari
to’g’risida ham ma’lumot yig’ish mumkin.
Obzorlar tayyorlashda yangi tovarlar tasnifini yaratishda, reklama matnlarini
tuzishda, reklama qilishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanilganda,
sotishni rag’batlantirish tadbirlariga tayyorgarlik ko’rishda, tovar harakati
kanallarini tadqiq qilish va boshqalardan foydalanish muhimdir. Bu usul
kuzatish va eksperiment oralig’ida turuvchi usuldir.
Eksperiment yordamida tadqiq qilinayotgan narsani qandaydir omillari va
ularning o’zgarishiga bo’lgan ta’siri aniqlanadi. Bu usulning maqsadi ishchi
gipotezalarini inkor etishdir. Ma’lumotlar yig’ishni bu usuli savdo personalini
tayyorlashning yaxshi usulini aniqlashda, baholar darajasini aniqlash kabi
marketing muommolarini o’rganishda qo’llaniladi.
Kerakli axborotni yig’ish uchun tadqiqotchi ilgaridan ma’lum bo’lgan va
ishonchli, yangi yaratilgan instrumentariyadan foydalanishi lozim. Kuzatish va
eksperiment usuli texnik vositalar, ya’ni magnitofonlar, foto, video va
kinokameralaridan foydalanish bilan tasniflanadi. Obzorlar tayyorlash va ayrim
hollarda eksperiment anketa so’rovlari o’tkazishni talab qiladi.
Anketa so’rovlari - birlamchi ma’lumotlar yig’ish instrumentidir. Anketalar
respodentlarga mo’ljallangan savollarga javoblardan iboratdir. Respodentlar -
anketa so’roviga javob beruvchilardir. Anketa so’rovi o’tkazishda xato va
kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik uchun ilgaridan juda aniq tayyorgarlik ko’rish
zarur. Bunday tayyorgarlik jarayonida quyidagilarni aniqlab olish lozim:
▪ Olinishi kerak bo’lgan axborot;
▪ Anketa turi va harakat usuli;
▪ Har bir savolning mazmuni;
▪ Har bir savolning lug’atini aks ettirish;
▪ Savollar ketma-ketligi va davomiyligi;
▪ Anketaning jismoniy tanifi.
Anketa tuz ish yuqori malakani talab qiladi. Har bir savol, uni keng
miqyosida ishlatishidan tanlash orqali ba’zi xaridorlar orasida sinab ko’rilishi
kerak. Bozorni tadqiq qiluvchi tanlashni o’rganish rejasini tuz ishdan oldin uch
asosiy savol bo’yicha qaror qabul qilishi zarur.
1. Aniq qilib kimdan so’rash kerak?
2. Qancha kishidan so’rash kerak?
3. So’rovni qanday qilib o’tkazish kerak?
Boshqacha qilib aytganda, so’z tanlash birligi, hajmi va protsedura
to’g’risida so’z bormoqda. Yuqoridagi savollardan har biri o’ziga xos
murakkabdir. Masalan, tanlash birligini aniqlash uchun kerakli axborotning
tasnifini bilish yetarli emas. Misol uchun telefon apparatiga xaridorlar
munosabatini aniqlash uchun, zarur bo’lgan obzorni tayyorlash uchun oilanimi,
oila boshlig’inimi yoki bolalarni, tanlash birligi qilib olish kerak.
Agar sotib olishga ta’sir qiluvchi, sotib olish haqida qaror qabul qiluvchi,
sotib oluvchi va undan foydalanuvchi bir shaxs bo’lsa, tadqiqotchi uchun uni
aniq qilib ajratib olishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, bu so’rov juda qisqa
rasmiy intervyu tasnifiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: