Pochta orqali so’rov - shaxsiy intervyuga rozilik bildirmaganlar bilan aloqa
qilib o’rnatishning birdan-bir imkoniyatidir. SHu bilan bir vaqtda savollarni
aniq, oddiy va lo’nda tarzda tuz ilishini talab qiladi. Javob qaytish darajasi juda
seki n kelib tushadi.
SHaxsiy intervyu - so’rov o’tkazishning eng maqbul usullaridan biridir.
CHunki intervyur (intervyu o’tkazuvchi) zarur hollarda anketada ko’zda
tutilgandan tashqari ko’proq savollar berishi mumkin va intervyuni o’z shaxsiy
ko’z atishlari bilan to’ldirishi mumkin. Bu usulning kamchiligi, uning ancha
qimmatga tushushi va maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislar bo’lishini
talab qilishidir. CHunki turli vaziyatlarda, ko’chada, uyda, ishda va boshqa
hollarda shaxsiy intervyu olishni bilish zarur.
Guruhli intervyu - 6-10 kishi bilan bir vaqtda o’tkaziladi. Ular ancha uzoq
vaqtda intervyu bilan mahsulot, servis savdoni tashkil qilish va marketingning
boshqa muammolari bo’yicha diskussiya (suhbat) o’tkaziladi. Tanlash hajmini
aniqlash shuni ko’rsatadiki, tanlash hajmining kattaligi kichik hajmlariga
nisbatan ishonchli natija beradi. Lekin tajriba shuni ko’rsatadiki, to’g’ri qaror
qabul qilishi uchun javob bera oluvchi barchadan so’rash shart emas. Talab
qilingan ishonchli natijalarga tanlash reprezentativligi shartiga amal qilish orqali
kam foiz aholini so’rash orqali ham erishish mumkin. Tanlash protsedurasi
tadqiqot maqsadidan kelib chiqadi. Aniq tasniflarga erishish uchun, aholini
jinsi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishini hisobga oluvchi ehtimolli tanlashdan
foydalanish lozim. Tadqiqot jarayonida so’raluvchilar bilan aloqa (kontakt)
usulini ham aniqlab olmoq zarur. Belgilangan aholi guruhini telefon, pochta,
shaxsiy intervyu o’tkazish va boshqa usullar bilan so’rov o’tkazish mumkin.
Telefonli so’rov - eng tez axborot yig’ish usulidir. Lekin telefonli so’rovni
faqatgina telefoni bor kishilar orasidagina o’tkazish mumkin. CHunki u
o’tkazilayotgan muammolar bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lishi bilan birga
pedogogika, xaridorlar xulq-atvorini ham yaxshi o’rganmog’i lozim.
Axborotlarning kelib chiqishi, manbai, belgilanishi, qaysi maqsadga
yo’naltirishi, murakkabligi, ularga ishlov berish darajasiga qarab nihoyatda
xilma-xil bo’lganligi kabi, ularni yig’ib olish, qayta ishlash va tayyorlashda ham
xilma-xil usullardan foydalaniladi. Ular, eng avvalo ijrochi shaxslar tomonidan
qo’l kuchi yordamida, qolaversa o’zi yozadigan moslamalar yordamida
yig’ilishi, qayta ishlanishi, uzatilishi, tahlil qilinishi, boshqarish uchun
umumlashtirilishi va tayyorlanishi mumkin. Hozirgi kunda marketing
bo’limlari, guruhlari yoki sof marketing korxonalarida axborotlarning nihoyatda
ko’p va murakkabligidan maxsus qurilmalar, registratorlar va boshqa har xil
maxsus mashina texnikasidan foydalanilmoqda. Masalan, maxsus qurilma
xaridorning tovarga bo’lgan ehtiyojini aniqlaydi.
Axborot bilan ishlashning xarakteriga qarab marketingni boshqarishning
texnika vositalarini bir necha guruhga bo’lish mumkin:
▪ Axborot olish vositalari;
▪ Axborotni qayd qilish va saqlash vositalari;
▪ Axborotdan nusxa ko’chirish va uni ko’paytirish vositalari;
▪ Axborot berish vositalari, axborotni hisoblash yo’li bilan ishlash
vositalari.
Dastlabki axborotni olish - axborot bilan ishlashdagi mas’uliyatli va
sermehnat bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda marketing faoliyati natijalari
ovozli va turli signallar shaklida, matematik simvollar, harfli-tasvirlar shaklida
aks etadi va hokazo. Keyin qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining barcha
jarayonlari ko’p jihatdan dastlabki axborotning to’laligi va tasvirning aniqligiga
bog’liqdir. Axborotlar vujudga keladigan punktlar miqdorining ko’pligi, ish
o’rinlarida kichik hajmli, ko’p joy egallamaydigan moslamalar va asboblar
yordamida dastlabki axborotlarni yig’ishni tarmoq etgan texnik sistemasi
bo’lishini talab qiladi.
Axborot olish vositalari guruhiga quyidagilar kiradi: o’lchov asboblari,
o’lchov idishlari, og’irlik va vaqtni o’lchash asboblari, mexaniq, elektrotexnik,
akustik va boshqa parametrlarni o’lchash uchun asboblar va hokazolar,
schyotchiklar, datchiklar, qayd qilinadigan moslamalar. Ularning yordamida,
masalan, uskunalar ishini operativ nazorat qilish, har bir tsanokni bekor turib
qolgan umumiy vaqtini va har safar qaysi sababga ko’ra bekor turib qolganini
avtomatik hisobga olib borish mumkin. Masalan, SMV-1 tipidagi mashina vaqti
schyotchigidan uskunalarning har bir smena davomida ham o’z oqroq
muddatdagi vaqt ichida ishlagan haqiqiy vaqtini avtomatik tarzda hisobga olish
uchun foydalanadi. Datchiklar sistemasi bilan komplektlashtirilgan asbob
mashina vaqtini, yordamchi vaqtni, tayyorlash, yakunlash vaqtini, ish joyiga
xizmat ko’rsatish vaqtini, bekor turib qolish vaqtini va hokazolarni avtomatik
tarzda hisobga olishni ta’minlaydi. Hozir, ayniqsa turli kontsruktsiyadagi va
tipdagi schyotchiklar: qo’l schyotchiklari, mexaniq schyotchiklar, elektr
schyotchiklar, elektron schyotchiklar keng tarqalgan.
Ishlab chiqarishda vujudga kelgan va o’lchov asboblariga berilgan hamma
axborotdan ham darhol biron-bir boshqaruv qarorini qabul qilish uchun
foydalanilavermaydi. Axborotning bir qismini qayd qilish va keyinchilik
foydalanish uchun saqlab qolish kerak. Kishi xotirasi (axborotni og’zaki va ko’z
atish turlari), belgilangan nuqtadagi yoki erkin shakldagi hujjat: magnit lentasi,
baraban yoki disk; elektr impulslari kombinatsiyasi, axborot saqlagichlar
bo’lishi mumkin. Axborotni qayd qilish yoki hujjatlashtirish, ya’ni tegishli
qog’oz, axborot saqlagichlari - vedomostlar, hisob jurnallari, formulyarlar va
hokazolarni qo’lda to’ldirish yo’li bilan yoki texnika vositalari yordamida
amalga oshirishdir. Axborotni qayd qilish va saqlashning texnik vositalari
guruhiga: universal va maxsus yozuv mashinalari, akustik axborotni yozib
oladigan va qayta eshittiradigan vositalar magnitofonlar, diktofonlar,
stenografik mashinalar, nomenklatura-adreslaydigan mashinalar kiradi. Bunga,
shuningdek, turli hisoblash mashinalariga blok sifatida qo’shiladigan avtomatik
yozuv moslamalari ham kiradi.
Marketing xizmat va bo’limlarining umumiy qo’llaniladigan ma’lumotlariga
(normal, normativlar, ko’rsatkichlar, reja topshiriqlari va hokazolar) bo’lgan
ehtiyojini qondirish uchun original-hujjatdan nusxa tayyorlanadi. Ko’p
miqdorda nusxa tayyorlash jarayoni nusxa ko’paytirish deb aytiladi.
Axborotdan nusxa ko’chirish va ko’paytirish vositasi sifatida, nur yordamida
nusxa ko’chiradigan, elektrografik va elektrotsatik nusxa ko’chiradigan,
elektron nusxa ko’chirish, issiqlik energiyasi yordamida nusxa ko’chirish, ofset
va trafaret yo’li bilan bosib nusxa ko’chirish gektografik bosmada va mikrofoto
orqali nusxa ko’chirish singari turli uskunalar qo’llaniladi. "Era" tipidagi
elektrografik reproduksion apparatlar, "Retator-PM" dubliqatorlari, "Rotaprint"
tipidagi va boshqa apparatlar ham axborotni ko’paytirish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |