26
ma`lumotlar Vazirlar Mahkamasi, mutasaddi vazirliklar, uyushmalar, viloyat hokimligiga taqdim
etiladi.
3.
Vazirliklar, uyushmalar va kontsernlar majmuida to„plangan axborotlar va
ma`lumotlar. Ushbu axborot manbai tegishli sanoat, qishloq xo„jaligi, xizmat ko„rsatish bo„yicha
ixtisoslashgan vazirliklarda ularning barcha bo„ysinuvchi korxonalari xolati, rivojolanish
yo„nalishlari bo„yicha axborot olish imkonini beradi. Bu turkum axborotlar vazirlik,
uyushmalarning yillik hisoboti, tegishli boshqarmalarning hisob-kitobi va o„tkazgan tadqiqot
yakunlaridan tashkil topadi. Hozirgi paytda mamlakatimiz vazirliklari uyushmalar, kontsernlar o„z
tarkibida marketing muammolari bilan shug‟ullanuvchi boshqarma yoki bo„limlarga egadir.
Ushbu gurh axborot manbaiga Respublika «Biznes-fondi», mulkni xususiylashtirish va
tadbirkorlikni qo„llab-quvvatlash Davlat qo„mitasi, «Madad» sug‟urta agentligi va tashkil etilgan
boshqa yangi bozor tizimi xususida faoliyat yurituvchi uyushma, tashkilot, muassasalar
ma`lumotlarini kiritish mumkin.
4.
Maxalliy
hokimiyat
miqyosida
jamlanadigan
axborot
va
ma`lumotlar.
Mamlakatimiz viloyatlari, tumanlari, shaharlari hokimiyatlari xuzurida statistika, «Biznes-fond»
bo„lo„imlari, aynan o„sha xudud iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi xususida axborotlar va ma`lumotlar
to„playdi. Ushbu ma`lumotlar ko„lami keng bo„lib, ularning asosiylarigina Respublika miqyosidagi
tegishli boshqarma tashkilotlarga statistik hisobot shaklida taqdim etiladi. Ko„pgina boshqa
xududiy rivojlanishga oid axborotlar maxalliy hokimiyat miqyosida umumlashtiriladi va tahlil
qilinadi.
5.
Ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, universitetlar va oliy o„quv yurtalrining
ilmiy izlanish ma`lumotlari, tadqiqot natijalari. Bu ma`lumotlar va axborotlar Davlat fan-texnika
qo„mitasi buyurtmalar yoki xo„jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot institutlari, ijodiy–
izlanish guruhlari, alohida tadqiqotchilar jamlanadi va hisobot shaklida taqdim etiladi. Tegishli
soha va muammolar bo„yicha amalga oshirilgan marketing va bozor izlanishi tadqiqotlari Davlat
fan–texnika qo„mitasi byulleten‟larida, universitet, markaz, oliy o„quv yurti ilmiy to„plamlarida
qisqa shaklda e`lon qilinadi.
6.
Ommaviy matbuot va ilmiy adabiyotlar. Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda
chop etiladigan ro„znomalar, jurnallar, risolalar, kitoblar ko„lami tobora ortib bormoqda. Masalan
«SHarq biznes xabarnomasi», «Soliq va bojxona xabarnomasi», «Delovoy mir», «Biznes uik» va
boshqa bir qator ro„znoma hamda jurnallar shular jumlasidandir. Ularda Respublikamiz iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanishiga oid ko„plab axborotlar ma`lumotlar tahliliy materiallar chop etiladi. Bu
ma`lumotlar ayrim Davlat qo„mitalari, vazirliklar, uyushmalar, ilmiy tadqiqot markazlari,
institutlari, izlanish olib borayotgan guruhlar, sharxlovchilar va mutaxassislar tomonidan taqdim
etiladi.
Shuni ta`kidlash joizki, hozirgi paytda bizning mamlakatimizda marketing tadqiqoti
bo„yicha maxsus jurnallar ixstisoslashgan firmalar va markazlar faoliyati rivojlangan
davlatidagidek shakllangani yo„q. Bu vazivani hozirgi paytda ayrim ro„znoma va ommaviy
oynomalar qisman bajarmoqdalar. Fikrimizcha, yaqin yillarda mamlakatimizda marketing
tadqiqotlari bo„yicha ixtisoslashgan tashkilot va uyushmalar soni ko„payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: