Marketing tadqiqotlari


 Marketingda qaror qabul qilishning ahamiyati



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/207
Sana01.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#295862
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207
Bog'liq
marketing tadqiqotlari

4. Marketingda qaror qabul qilishning ahamiyati. 
 
Avvalambor,  qaror  kabul  qilishdan  oldin  marketing  tadqiqotlarining  yo„nalishlarini  kurib 
chikamiz. Ular esa odatda 5 ta yirik yo„nalish bo„yicha amalga oshiriladi. 


 
29 
 
1.
 
Reklamani  tashkil  etish  tadqiqotlari  (xaridorlarni  ilhomlantirish,  reklama  testlari, 
reklama turlari va ularni qiyosiy samaradorligi va hk.). 
2.
 
Strategik  rejalashtirish  va  tashkilot  siyosati  (qisqa  va  uzok  muddatli  bashoratlar 
utkazish  va  korxona  natijalari,  bozor  manzilgoxlari  tahlili,  yangi  diversifikatsion  rivojlanish 
imkoniyatlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va hk.). 
3.
 
Tashkilot ma`suliyati bo„yicha izlanishlar (xaridorlarni shakllantirish buyicha, tabiat 
atrof muhiti ximoyasi bo„yicha tashkilotning ijtimoiy ma`suliyati va hk.). 
4.
 
Bozor  tahlili  (yangi  tovarga  xaridorlar  munosabati,  yangi  tovar  saloxiyati  va 
imkoniyatlari, yangi tovarlarni sinash, tovarni kadoklash muammolari va uni tekshirish bo„yicha va 
hk.). 
5.
 
Sotish  imkoniyatlari  va  marketing  izlanishlari  (saloxiyatli  yoki  imkoniyatli 
bozorlarni  aniqlash,  bozor  tarkibi  tahlili,  sotuv  xajmi  o„zgarishlari  tahlili,  sinov  marketingi 
o‟tkazish, sotishni rag‟batlantirish tartiblarni o„rganish va hk). 
Albatta, xar bir tashkilot uzining imkoniyatlari va belgilangan maqsadlariga kura u yoki bu 
yo„nalishda yoki sohaga oid marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi. Bunda tashkilotning ma`lum 
muddatga belgilangan  strategiyasi, talab etilayotgan taktik harakatlari  inobatga olinadi. Marketing 
tadqiqotini  yalpi  jarayon  sifatida  va  uni  xal  etishi  lozim  bo„lgan  vazifalarni  keyingi  qismlarda 
batafsil ko„rib o„tamiz. 
Marketing  xususida  tuplangan  barcha  axborotlar  xabarlar  boshqarishda  qaror  qilishni 
kuvvatlovchi  kuyi  tizim  sifatida,  tahliliy  uslublar,  ishlanmalar,  qaror  kabul  qilish  modellari, 
kompyuter  dasturlaridan  tarkib  topadi.  Boshqarish  doirasida  kabul  kilinayotgan  qarorlar  ma`lum 
manbalarga, tahliliy natijalarga asoslangan bo‟lishi tabiiydir. 
Shu o„rinda F.Kotler taklif etgan marketing xususida qaror kabul qilishni quvvatlovchi quyi 
tizimning tarkibiy tuzilishini keltiramiz. (5.2.- chizma) 
Rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik uslublar bilan boyitilishi va 
tegishli  axborotni  qayta  ishlash  jarayonida  mukammallashgan  modelga aylanishi  nazarda tutiladi. 
Modellar banki tarkibi Ushbu rasmda umumiy jixatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ular ko„lami 
juda  keng  bo‟lib,  tashkilotda  marketing  faoliyatining  tashkil  etilish  darajasi,  zarurati  va 
saloxiyatiga  qarab  ko‟p  yoki  kam  qo‟llanilishi  mumkin.  Xozirgi  paytda,  ko‟plab  marketing 
xizmatlarini  taklif  etuvchi  firmalar  tayyor  holdagi  modellarni  komp‟yuter  dasturlari  sifatida 
sotmoqdalar.  Shu  jixatdan  modellar  banki  doimiy  kengayib  borish  xususiyatiga  ega  bo‟lib 
bormoqda.  
 
5.2.- chizma 


 
30 
 
 
 
Marketing  borasida  qaror  qabul  qilishni  quvvatlovchi  quyi  tizimga  bo„lgan  zaruratning 
kelgusida  ham ortib  borishi tabiiydir. Chunki,  axborot ko„lami  va  miqdorining  nixoyat kupligi  va 
uni boshqarishda sarflanadigan vaqtni tejash  muhim ahamiyatga ega. Modellar  banki  vositada esa 
axborotni qayta ishlash va qaror qilishda nisbatan kam xatoga yul qo„yiladi. 
Demak, marketing xususida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizim amaliy faoliyatda 
ishonchlilik,  kam  xatarlilik  tamoyillarini  ifodalaydi,  zamonaviy  tadbirkorning  muhim  elementi 
bo‟lib hisoblanadi. qaror qabul qilish boshqarishda uta ma`suliyatli jarayon hisoblanganligi boyis, 
uning  izchilligi  va  asoslanganligi,  bevosita  qo„llab–  quvvatlovchi  dalillarga,  hisoblarga,  etarli 
darajada asoslangan taxminlarni inobatga olishni talab qiladi. 
 
 
 
 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish