Marketing tadqiqotlari


Bozorni  segmentlash  deganda,  ma`lum  belgi-alomatlar  va  savdo-sotiqning  shart-



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/207
Sana01.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#295862
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   207
Bog'liq
marketing tadqiqotlari

Bozorni  segmentlash  deganda,  ma`lum  belgi-alomatlar  va  savdo-sotiqning  shart-
sharoitiga karab bozorni har xil bo„g‟in (qism) larga ajratish, tabaqalash tushuniladi. 
“Bozorni  segmentlash”  tushunchasini  birinchi  marta  Uendell  Smit  tomonidan  XX  asrning  50-
yillarida kiritilgan. 
 
Segment
 - bu bozorning kichik bir qismi.
 Unda xaridorlarning guruhi cheklangan bo„ladi va 
ma`lum turdagi tovarlar sotiladi. 
Bozor  segmenti
   -  bu  bozorning  bir  bo„lagi  bo„lib,  u  o„zining  iqtisodiy  intizomi  bo„yicha 
tavsiflanuvchi  bir  xil  sotib  oluvchilar  guruhini  ajratadi.  Korxonalar  bozor  segmentatsiyasi  orqali 
marketing  yo„nalishlaridan  eng  muhim  bo„lgan  -  xaridor  ehtiyojlarini  va  talablarini  aniqlash 
tadbirini amalga oshiradi. Xaridorning talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi 
xulq-atvori  haqidagi  ma`lumotlar  samarali  marketing  tadbirlari  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish 
imkoniyatlarini  vujudga  keltiradi.  YA`ni,  bozor  segmentatsiyasi  xaridorlarni  talabiga  muvofiq 
tovarni taklif etilishini va tovarga talabni kat`iyligini ta`minlaydi. Bozorda xaridorlarning ma`lum 
bir  tovarga  bo„lgan  talablari  xilma-xildir,  har  bir  xaridorning  o„zini  didi  bor.  Yuqorida  aytib 
o„tilgan xususiyatlar tovarni sotib olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo„ladi. Bu holat marketing 
mutaxassislaridan  bozorni  xaridorlarning  xususiyatlariga  karab  guruhlarga  ajratishni  talab  etadi. 


 
48 
 
Xaridorlarning  tovarlarni  sotib  olishdagi  xulq-atvorlari,  talabi  va  tovarlarga  munosabatidagi 
xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi deyiladi.  
Bozorni  segmentlash,  bozorni  o„rganishning  asosiy  usulidir.  Uning  yordamida  bozor  (uning 
tarkibiy  qismlari)  segmentlarga  bo„linadi.  Bozor  segmenti  -  bu  iste`molchilar,  tovarlar, 
raqobatchilarning  shunday  ajratilgan  qismiki,  ular  uchun  umumiy  xususiyatlar  xosdir.  Bozorni 
to„g‟ri  segmentlash,  shu  segmentning  o„ziga  xos  extiyojlariga  kat`iy  rioya  kilingan  holda  kam 
xarajatlar  bilan  tovar  yetkazib  berishni  to„g‟ri  tashkil  qilish,  ishlab  chiqarish  va  sotish  usulini 
aniqlashda  firma  o„zining  kuchli  va  zaif  tomonlarini  aniqlashni,  firma  maksimal  imkoniyatlariga 
ega  bo„lgan  sohalarda  resurslar  kontsentratsiyasini  ta`minlash  va  raqobatda  zafarga  erishishni 
ta`minlashni hal etadi.  
 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish