Marketing tadqiqotlari va axborot tizimi Reja: Marketing axborot tizimi va marketing tadqiqotlari Marketing axboroti tizimi


Tashqi bozorlarni o’rganishda marketing tadqiqotlari



Download 95,57 Kb.
bet7/8
Sana12.05.2023
Hajmi95,57 Kb.
#937319
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari va axborot tizimi Reja Marketing axborot

Tashqi bozorlarni o’rganishda marketing tadqiqotlari

Xalqaro marketingni tashkil etishda eng muhim vazifa bu barcha sohalarda, mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy va boshqa farqlarni hisobga olishdir. Shuning uchun, ushbu farqlarni hamda u yoki bu mamlakat bozorini batafsil o’rgangan holda, korxona iste’molchiga taklif etishi mumkin bo’lgan tovarlar assortimenti va xizmatlar tuzilmasini aniqlash mumkin. Eksport marketingi sohasida qabul qilinadigan echimlar, quyidagi savollarga javob topishi lozim:

- korxona, umuman, tashqi bozorga chiqish lozimmi, lozim bo’lsa, aynan qaysi bozorga?;

- tashqi bozorlarga chiqishning eng ta’sirchan yo’llari qaysilar (eksport, listenziyalar, chet elda ishlab chiqarishni tashkil etish va hokazo)?;

- muayyan sharoitlarga eng mos tushadigan marketing tadbirlari majmuini qanday rejalashtirish kerak?

Ushbu savollarga optimal javoblarni topish uchun, birinchi navbatda xalqaro bozorning marketing tadqiqotlarini amalga oshirish lozim. Tajribalar shundan dalolat beradiki, eksportga mahsulotini chiqarish niyatida bo’lgan korxona, birinchi navbatda shunday tashqi bozorni topishi lozimki, uning mahsulotiga bo’lgan talablar ichki bozor talablariga ko’p jihatlari bilan o’xshash bo’lsin, ikkinchidan, tashqi bozorlarning turlicha sharoitlarga moslasha olishi lozim, uchinchidan, tegishli ishlab chiqarish quvvatlariga hamda xalqaro bozorning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ishlay oladigan mutaxassislarga ega bo’lishi lozim.

Xalqaro bozorni o’rganish, analitik va dala tadqiqotlarini o’tkazishni nazarda tutadi. Analitik tadqiqotlar ikkilamchi axborot (ma’lumotnomalar, maxsus jurnallar, statistik ma’lumotlar) asosida amalga oshiriladi. Ular jahon bozorining holati talabini va rivojlanishi, ayrim hududlar bozorlarining hamda asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanish tendentsiyalari, bojxona qonunchiligining xususiyatlari, bozorlarning hududiy joylashuvi va ularga kirib borish imkoniyati, transportning turli xillarida xalqaro yuk tashishlar qiymati va boshqalar to’g’risida umumiy tushuncha berishi mumkin. Bunday tadqiqotlarni o’tkazish nisbatan arzon bo’lib, odatda ichki imkoniyatlar bilan maksimal qisqa muddatda bajariladi.

Ammo axborotlar umumiy xarakterga ega bo’lganligi uchun uni aniqlashtirish maqsadida dala tadqiqotlari – bozorni o’rganishning eng samarali va eng murakkab va qimmat usuli - qo’llaniladi. Uning ustunliklari shundaki, dala tadqiqotlarida potenstial iste’molchilar bilan shaxsan aloqalar o’rnatish, mahsulot namunalarini o’rganish, asosiy raqobat va raqobatdosh korxonalarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash mumkin. Bu erda bozor to’g’risida birlamchi va aniq axborotni olish mumkin, ammo xarajatlar juda ham yuqori malakali ishchilarni talab qiladi.

Korxona, xalqaro bozorni o’rganish natijasida marketing bo’limi mutaxassislari yordamida import qiluvchi mamlakatning ishlab chiqarish va demografik bazasi, bozorni tartibga solish vositalari, bojxona qoidalari, bojlar, soliqlar, import cheklanishlari, eksport qilinayotgan tovarga kutilayotgan talab hajmi, narxlar darajasi, tovarni taqsimlash kanallari, reklama faoliyati shakllari, mahsulotlar qadog’ining turlari, tovarni etkazish shartlari va xarajatlari, raqobat va konyunktura holati to’g’risida tizimlashtirilgan axborot oladi. Ushbu ma’lumotlar eksport qiluvchi korxonaga yaxshi asoslangan holda marketing rejasini tuzish imkoniyatini beradi. Unda butun xalqaro bozor yoki alohida mamlakat bozorining potenstial segmenti, tegishli marketing – miks, savdolarni amalga oshirish muddatlari, mahalliy vositachilar kutilayotgan xarajatlar va foyda hajmi, moliyaviy va boshqa tavakallchiliklar darajasi belgilangan bo’ladi.

Eksport bozorini ikkita yo’nalish bo’yicha segmentlash mumkin: makrodaraja - berilgan mamlakat yoki hududning jo’g’rofik joylashuvi, iqlimi, davlat tuzilishi, aholi zichligi, jinslar nisbati, aholining yoshi bo’yicha tarkibi, ta’lim tizimi, madaniy, etik va boshqa me’yor va an’analari kabi belgilari qo’llaniladi; mikrodaraja - bu erda daromadlarni taqsimlash, mulkiy holat, iste’molchi odatlari va ustuvorliklari kabi belgilar ko’rib chiqiladi.




Download 95,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish