Marketing tadqiqotlari


Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari



Download 3,61 Mb.
bet8/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari



Marketing tadqiqotining maqsadi marketingning axborot-tahliliy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan har qanday tadqiqotchilik faoliyatidir.

Shuningdek, marketing tadqiqotlarining maqsadi – axborot – tahliliy bazani yaratish bilan birga, noaniqlik darajasini pasaytirishga olib keluvchi marketing borasidagi qaror qabul qilish yechimiga aytiladi.

Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi bu – bozor tuzilishi va dinamikasi qonuniyatlarining umumiy ko‘rinishdagi konsepsiyani ishlab chiqish, ma’lum bir korxonaning vazifalari va imkoniyatlarini ishlab chiqarishga samarali moslashishni, texnologiyalar va tuzilmalar, shuningdek, pirovard iste’molchi xoxish- istaklarini qondira oladigan tovar va xizmatlarni bozorga taqdim etishdir.

Marketing tadqiqotlarining maqsad va vazifalari shuni taqazo etadiki, marketing axborotlarini to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishdan iborat. Uni maqsadida tovar bozorida joriy muammolarni hal etish va marketinga oid kerakli qarorlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan jarayonlar yotadi.

Bozorni tadqiq eishga ko‘ra marketing tadqiqotlari quyidagilar bilan ajralib turadi: iste’molchilarni, raqobatchilarni, sotishni, tovarlarni, tovar harakatini, narxni va korxonaning ichki muhitini tadqiq qiladi.

Shuning uchun, bozorni tadqiq qilishdan ko‘ra, marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda ko‘proq axborot to‘plash va vaqt omilini talab etadi. To‘laqonli va ob’ektiv marketing axborotlari korxonaning bozordagi muvaffaqiyatini ifodalaydi.

Ba’zi paytlarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda barcha sharoitlar mavjud bo‘lsada,ba’zi xollarda ba’zi sabablar ushbu tadqiqotlar jarayonini to‘xtatib qo‘yish mumkin. Ushbu sabablar:


  • mavjud xisobotlardan olingan to‘laqonli ma’lumotlar;

  • tadqiqot o‘tkazish uchun vaqtning yetishmovchiligi;

  • tadqiqot uchun kerakli resurslarning mavjud emasligi;

  • taxmin qilgan natijalar, kutilgan samaraga erishish uchun xarajatlarning ko‘payib ketishi va xokazolar.

Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishdan oldin, korxona uchun asosiy muammo nimadan iborat ekanligi va uni yechimini topishni shakllantirib olish kerak.

Asosiy muammoning o‘rganish va uni yechimini topish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:



  • foydaning o‘sishi va sotuv hajmining oshishiga;

  • bozorda raqobatchilarning pozitsiyasini kuchayishiga olib keluvchi omillar tahlili va ularning asosiy sabablarini o‘rganish;

  • bozorga yangi tovarni chiqishi;

  • iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish va ularning firma mahsulotiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish.

Undan tashqari, marketing tadqiqotlarining muammolari tovarning maxsus ishlatilishiga, bozorning to‘yinganlik darajasiga, tovar harakatining kanallarini tanlashga, raqobatchilarning faolligiga, talabni bashorat qilishga, reklamaning samaradorligiga, baho darajasiga, salohiyatli iste’molchilarni aniqlash va boshqa bozorning kon’yunktura xususiyatlariga bog‘liq.

Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni asoslash uchun, tadqiqotning qimmatliligi va kutilgan natijalarning alohida belgilarini taqqoslash va unga ketgan resurs va vaqtni tahlil qilish zarur.

Marketing tadqiqotlarining ob’ektlariga quyidagilar kiradi:


  • sotish hajmi;

  • o‘z tovarlarining bozordagi joylashuvi;

  • raqobatchi – tovarlar va o‘rinbosar tovarlar;

  • yangi tovar va yangi qadoqlashni bozor qabul qilishi;

  • reklama tadbirlarining samardorligi va boshqalar.

Marketing tadqiqotlari vazifasi – bozorning xulq-atvorini oldidan aytib berish mumkinligiga erishishdir.

Marketing tadqiqotlarida keng tarqalgan vazifalardan:



  • bozorni o‘rganish va uning tavsifini bilish;

  • bozor sig‘imini aniqlash va uning saloxiyat imkoniyatlarini belgilash;

  • asosiy raqobatchilar o‘rtasida bozor ulushini tahlil qilish;

  • ishlab chiqarilgan mahsulotning sotish dinamikasini tahlili;

  • asosiy raqobatchilarning ishbilarmon faolligi tendensiyasini tadqiq qilish;

  • kompaniya mahsuloti iste’molchilarini o‘rganish;

  • bozorda narx va tovarni siljitish siyosatlarini o‘rganish va boshqalar.

Quyidagi rasmda marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari aks ettirilgan.



1.3-rasm. Marketing tadqiqoti vazifalari1

Marketing tadqiqoti o‘z oldiga yechilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘plamini qo‘yadi. Marketing tadqiqoti vazifalari ro‘yxati, doimiy o‘zgarib turadigan vaziyatni, turli omillar to‘plamining ta’siri, turli firmalar salohiyatini hisobga olib, firmaning marketing xizmati oldiga qo‘yiladigan muayyan tadqiqot vazifalari rang-barangligiga olib keladi.



Tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini ajratib orqali, marketing tadqiqotlari oldida quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  • axborot to‘plash, qayta ishlash, umumlashtirish va saqlash;

  • marketing makromuhiti omillari va global kuchlarning firma faoliyati va uning natijalariga ta’sirini tahlil qilish;

-bozor kon’yunkturasini baholash va tahlil qilish, bozor sig‘imini hisob-kitob qilish, talabni tavsiflash va bashorat qilish, uning moslashuvchanligini tahlil qilish;




1 Qosimova M.S., Abduhalilova L.T. Marketing tadqiqotlari. O’quv qo’llanma. - T.: TDIU, 2012. - 189 b.

  • firmaning o‘z imkoniyatlarini, uning salohiyati va raqobatbardoshligini baholash;

  • raqobatchilarning xulq-atvori va imkoniyatlarini baholash;

  • marketing makromuhiti ta’sirini tahlil qilish;

  • sotuv bozorini, firma egallab turgan ulushni tahlil qilish, sotuv bozorini hududiy tahlil qilish;

  • tovar sifati va uning raqobatbardoshligini sinovdan o‘tkazish va sertifikatsiyalash, iste’molchilarning yangi yoki modifikatsiyalangan tovarga reaksiyasini o‘rganish;

  • tovar nomenklaturasi va assortimentini, ular strukturasidagi o‘zgarishlarni o‘rganish;

  • bozor segmentatsiyasining axborot-tahliliy asoslanishi (iste’molchilarni guruhlash va strukturalash);

  • tovar ishlab chiqishning axborot-tahliliy ta’minoti va uning hayotiylik davrini tartibga solish;

  • marketing strategiyasini ishlab chiqishning axborot-tahliliy ta’minoti;

  • strategik va tezkor marketing rejalashtirishni ta’minlashning axborot-tahliliy ta’minoti;

  • kontrolling axborot-tahliliy ta’minoti;

  • narx shakllanishi va narxlarni tartibga solishning axborot-tahliliy ta’minoti;

  • tovaraylanmasi, tovar zahiralari, muomala xarajatlari va foydani hisobga olish va tahlil qilish;

  • marketing tadqiqoti va marketing samaradorligini tavsiflash, firmaning ekologik muammolarni hal qilishga hissasini baholash.

Undan tashqari yuqorida ta’kidlanganidek, marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, hamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan xolda, uni tashkil etgan

korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni xal etmogi lozim:



  • xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o‘rganish;

  • tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talablarni o‘rganish;

  • korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • talab va taklif to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish;

  • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar tuplash va tahlil qilish;

  • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar

olish;

  • to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborotlar

yig‘ish;

  • tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.

Shuningdek, marketing tadqiqotlari maqsadga erishishda, marketing xizmatlari va korxona rahbariyati uchun ularning buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan baholash va bashorat hisob-kitoblarni ham inobatga olish zarur.

Bozorni tadqiq etish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir qismidir, xolos. Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb qabul qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida mahsulotlarning sotish mumkin bo‘lgan miqdori, tovarlar xarakteristikasi, iste’molchilar guruhi, korxona raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni, reklamani tashkil qilish va xaridorlar istagi aniqlanadi.

Bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin firmalar bozorni iloji boricha tezroq o‘zlashtirish maqsadida xarajatlardan qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo‘lishini oldini olish uchun qarshi

choralar ko‘radilar. Shuning uchun tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun qabul qilingandan so‘ng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o‘rnini aniqlovchi o‘ziga xos omillarni o‘rganishdir.

Qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yuzaga kelgan vaziyat sabablarini aniqlash va tushuntirib berish bo‘yicha harakatlar keng doirasini hal qilish, shuningdek, firmaning raqobat ustunliklarini

ta’minlashga yo‘naltirilgan muayyan chora-tadbirlar taklif qilishga imkon beradi.

Bozorni marketing nuqtai nazaridan o‘rganish o‘z oldiga kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zahiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chiqadigan tovarlarning bozor va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Bu narsa firmaning yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga oshirish kerak.

Korxonalar tomonidan marketing tadqiqotlarini amalga oshirish jarayonida qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yuzaga kelgan vaziyat sabablarini aniqlash va tushuntirib berish bo‘yicha harakatlar keng doirasini hal qilish, shuningdek, firmaning raqobat ustunliklarini ta’minlashga yo‘naltirilgan muayyan chora-tadbirlar taklif qilishga imkon beradi. Quyidagi rasmda marketing tadqiqotlarining oldiga qo‘yiladigan va o‘z yechimini topa oladigan vazifalarni ko‘rishimiz mumkin (1.4- rasm).

Korxonalarda marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, hamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda

keltirishdir.





xaridorlar (isteʼmolchilar) ehtiyojini oʻrganish


tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun maʼlumotlar toʻplash va tahlil qilish
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish



tovarlarga boʻlgan ichki va tashqi talablarni oʻrganish

tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish


toʻldiruvchi tovarlar va oʻrnini bosuvchi tovarlar toʻgʻrisida axborotlar yigʻish



korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish
talab va taklif toʻgʻrisidagi olingan maʼlumotlar asosida bozorni oʻrganish

tovarlarga boʻlgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilish




Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish