Marketing tahlilida matritsali modellar, xususan, strategik panjaralar qo‘llanadi. Ular ko‘pincha optimal strategiya ishlab chiqish maqsadlari uchun foydalaniladi. Ular firma reytingi va uning bozordagi o‘nini aniqlash, riskni bashorat qilish uchun foydalanilishi mumkin.
Indeksli usul murakkab, ko‘p omilli hodisa va jarayonlarni zamon va makon bo‘yicha taqqoslashni talab qiladigan marketing tahlili qator vazifalarini hal qilishga imkon beradi. Strukturali tahlil umumiy to‘plam ichida har bir alohida hodisa va jarayonni baholash imkonini beradi. Hodisa va jarayonlarning o‘zaro aloqalari turli funksional va korrelyatsiya-regressiya modellari yordamida tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |