Marketing tadqiqotlari



Download 3,61 Mb.
bet109/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

FIRMAVAUNINGBO’LINMALARI













TA'MINOTChILAR


MARKЕTING

MIKROMUHITI













MIJOZLAR













MARKЕTING VOSITAChILARI










RAQOBATChILAR













JAMOATChILIK






7.7-rasm. Marketing mikromuhiti tarkibi

Mijozlar va xaridorlarni o‘rganish odatda ularni «mijozli bozor» turkumiga bo‘lib o‘rganish keng tarqalgan.

Bozorda iste’molchi sifatida yakuniy iste’molchilar – yakka holdagi shaxslar, oilalar, uy xo‘jaliklari va ist’molchi-tashkilotlar – ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji va chakana savdo, davlat va boshqa notijorat muassasalari namoyon bo‘ladi.

Ta’minotchilar bu korxonani ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslar va xizmatlar bilan ta’minlab turuvchi firma va alohida shaxslardir.

Marketing muhiti ta’minotchilarga nisbatan uzoq va qisqa muddatli, yakka holdagi va ommaviy bo‘lishi mumkin. Ta’minotchilarni tanlab olish murakkab va juda mas’uliyatli vazifa, chunki ishlab chiqarishning ritmikligi, firmaning rentabelligi va nufuzi ko‘p jihatdan aynan shunga bog‘liq bo‘ladi.

Ta’minotchilarga qo‘yiluvchi asosiy talablar quyidagilardan iborat:



      • ta’minot jadvaliga aniq rioya qilish;

      • sifat standartlariga rioya qilish;

      • talablarning o‘zgarishiga tezkorlik bilan javob qaytarish;

      • texnik hujjatlarning detalli bayon qilinishi;

      • narx siyosatining barqarorligi va moslashuvchanligi;

      • ochiqlik (hududiy va kommunikatsion).

Ta’minotchilarga nisbatan marketing talablari umumiqtisodiy vaziyat va bozor kon’yunkturasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin.

Vositachilar bu tanlab olingan bozorda korxonaning tijorat faoliyatini qo‘llab- quvvatlovchi firma va alohida shaxslardir. Marketing vositachilari strukturasi savdo vositachilari, transport kompaniyalari, moliya-kredit muassasalari, reklama va konsalting firmalaridan tarkib topgan.



Yuqorida aytib o‘tilganidek, mikromuhit tahlili marketing kon’yunktura jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Undan farqli ravishda strategik tahlilning faoliyat sohasi butun bozorga va mos raivshda har bir firmaga ta’sir ko‘rsatuvchi global kuch va omillar yig‘indisini tashkil etadigan marketing makromuhiti hisoblanadi. Shunday qilib, makromuhit bevosita muayyan firma faoliyatiga ham, butun bozordagi vaziyatga ham ta’sir ko‘rsatadi.


Marketing makromuhiti – butun bozorga, jumladan, alohida olingan firma va korxona marketingiga ta’sir ko‘rsatuvchi global ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, tabiiy-geografik, axborot kuchlari va omillari yig‘indisi (7.8 – rasm).



7.8.-rasm. Marketing makromuhiti
Makromuhit tarkibiga quyidagi kuch va omillar kiradi:

      • ijtimoiy-demografik muhit;

      • iqtisodiy muhit;

      • huquqiy va siyosiy muhit;

      • fan-texnika taraqqiyoti;

      • tabiiy-geografik va iqlim sharoitlari;

      • axborot muhiti, jumladan, ommaviy axborot vositalari.

Marketing makromuhiti kuch va omillarini tadqiq etish marketing faoliyati strategik tahlilining muhim bosqichi hisoblanadi. Ularga moslashib olish, ularni o‘rganish, ular ta’sirini modellashtirish, ularning ta’sir kuchi va yo‘nalishini o‘lchash zarur. Fan-texnika muhitining ta’sirini baholash tovarlar sifatini tahlil qilishda talab etiladi. Geografik muhit ta’siri tovar massasining hududiy joylashuvini tavsiflaydigan logistika modellarida aks ettirilishi lozim. Ijtimoiy-demografik va iqtisodiy muhit kuch va omillari ta’siri statistik va ekonometrik tahlil yordamida tavsiflanishi mumkin.

Demografik omilning bozor rivojlanishi dinamikasiga ta’sirini indeksli omillar modeli yordamida aniqlash mumkin:




bu yerda

I - indekslar; ∆ - o‘sish; i, j, k - tovarlar bozorining rivojlanish omillari.


Marketing demografik muhiti – tovarlar bozorining holati va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan, jins-yosh va oila tarkibi bo‘yicha taqsimlangan mamlakat va uning mintaqalari aholis yig‘indisidir.


Yuqorida aytib o‘tilgan panelli tadqiqotlar vaqti-vaqti bilan iste’mol koeffitsiyentlari, ya’ni katta yoshdagi aholining iste’mol darajasiga keltirilgan yosh bo‘yicha iste’mol darajasini tuzishga imkon beradi. Jon boshiga va uy xo‘jaliklariga hisoblangan iste’mol xarajatlari hajmi aniqlanadi. Bozor vaziyati tahlilida aholining xarid layoqati va iste’mol narxlari dinamikasini tavsiflash uchun asos qilib iste’mol savatchasi tushuchasi olinadi. Bunda tabiiy-iqlim va mintaqaviy iste’mol xususiyatlari hisobga olinadi.

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish