6.4-jadval Marketing tadqiqotlaridaaxborotlarni shakllantirish va ulardan foydalanish
prinsiplari
Marketing tadqiqotlarida qo‘llaniladigan
prinsiplarning nomlari
|
Marketing tadqiqotlarida qo‘llaniladigan prinsiplarning mazmuni
|
Dolzarblilik
|
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ayni zarur bo‘lgan, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lmog‘i lozim.
|
Ishonchlilik
|
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ishonchli dalillarga asoslangan bo‘lib, turli o‘zgartirishlar va manfaatdan kelib chiqib, soxtalashtirishlardan xoli bo‘lmog‘i lozim.
|
Keng qamrovlilik
|
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar birorta qarorni qabul qilish uchun hamma omillarni hisobga oladigan, yetarli darajada to‘liq bo‘lishi lozim.
|
Muvofiqlashtiril-ganlik
|
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar solishtiriladigan, bir-birini to‘ldiradigan, bir xil ko‘rsatkichlarni o‘zida ifoda etadigan ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim.
|
Uzluksizlik
|
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar tizimlilikni va kompleks tadqiqotni ta’minlash uchun bir maromda uzluksiz shakllantirilib turiladigan ma’lumotlardan iborat bo‘lmog‘i lozim.
|
Maqsadga muvofiqlik
|
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ulardan foydalanuvchilarning maqsadini to‘liq o‘zida ifoda etadigan bo‘lishi lozim.
|
Tushunarlilik
|
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar foydalanuvchilar uchun tushunarli, ochiq-oydin ko‘rinib turadigan, har qanday vaziyatda foydalanish mumkin bo‘ladigan
bo‘lmog‘i lozim.
|
Ko‘paytiriladi-ganlik
|
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ko‘p foydalanuvchilar tomonidan ishlatishga va bitta foydalanuvchi uchun ko‘p marta foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun
ular ko‘paytiriladigan bo‘lishi lozim.
|
Tejamkorlik
|
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlarga ketadigan xarajatlar, ularni ishlatishdan olinadigan natijadan oshib ketmasligi, ma’lum darajada foydani ta’minlaydigan darajada
tejamkor bo‘lishi lozim.
|
Marketing tadqiqotlari tizimi – firma oldida turgan marketing vaziyati bilan bog‘liq ma’lumotlar doirasini sistematik aniqlash, ularni to‘plash, tahlil qilish va natijalar haqida hisobot tuzishdir. Firma marketing tadqiqotlarini o‘z kuchi bilan yoki ixtisoslashgan tashkilotlar yordamida amalga oshiradi. Yuqorida ta’kidlanganimizdek, marketing tadqiqotchilarining eng tarqalgan
vazifalari quyidagilar hisoblanadi: bozor tavsifnomasini o‘rganish, bozorning potensial imkoniyatlarini o‘lchash, firmalar o‘rtasida bozor ulushlarining taqsimlanishini tahlil qilish, sotuv tahlili, ishbilarmonlik faolligi tendensiyalarini o‘rganish, raqobatchilar tovarlarini o‘rganish, qisqa muddatli bashoratlash, yangi tovar va uning hajmiga reaksiya ni o‘rganish, uzoq muddatli bashoratlash, narx siyosatini o‘rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |