Internet xizmatlaridan eng oddiylaridan biri bu – elektron pochtadir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, elektron pochta – bu Internet tarmog‘i orqali xabarlar almashish xizmati hisoblanib, asosan ikkita komponent ishtirokida tashkil etiladi:
elektron pochta serveri (SMTP, POP) – xabarlarni jo‘natish va qabul qilishni ta’minlash;
elektron pochta kliyenti – xabarlarni yaratish, o‘qish va javob qaytarish. Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa);
Xabarlarga qo‘shimcha ma’lumotlarni ilova qilish;
Xabarlarga rasm va multimedia ma’lumotlarini joylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |