Sotuvchilarni rag’batlantirish deganda ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchilarga tovarlar narxini pasaytirib sotish (chegirma berish); ma'lum bir miqdordagi tovarlarni bepul berish (agar ular xarid qilayotgan tovar ma'lum bir me'yordan oshsa), mukofotlar berish va boshqalar tushuniladi.
Demak, kommunikatsion siyosatni yuritish bozorda har bir korxonaning raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat ko’rsatishning muhim omili hisoblanar ekan.
Qisqa xulosalar
Kommunikatsion siyosat deganda bozorga tovar siljitish uslublarining majmui tushuniladi. Bularga pablik rileyshnz (jamoatchilik bilan aloqalar), reklama, sotishni rag’batlantirish va shaxsiy sotish kiradi. Kengaytirilgan ma'noda siljitish - bu tovarlar sotilishini tezlashtirish va bozorda ijobiy tasavvurni shakllantirish maqsadida axborot olish, xaridorni ishontirish va o’z faoliyati haqida ma'lumot berish uchun korxonaning bozor bilan doimiy aloqalarini o’rnatish va saqlab turishdir.
Korxonalarning bozorda muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishi uchun faqatgina sifatli tovarlarni ishlab chiqarish etarli emas, balki bu borada iste'molchilarni shu tovarlarning iste'mol xossalari haqida har tomonlama xabardor qilib, o’z tovarlarining iste'molchilar ongida aniq mavqeni egallashiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, birinchi navbatda, korxonalar reklama vositalaridan unumli foydalana bilishlari lozim. Reklamaning vazifasi - xabar berish, ishontirish va eslatishdan iboratdir. Shuning o’zi reklamaning tovar sotilishiga ta'sir ko’rsatishidan dalolatdir.
Xulosa
Marketing kommunikatsiyasi - firmadan turli ommaga, mijozlar, xaridorlar, sotuvchilar, yetkazib beruvchilar, aksionerlar, boshqaruv organlari hamda firmaning o‘z xodimlariga mo‘ljallangan signallar majmuasidir. Reklama, shaxsiy savdo, savdoni rag`batlantirish va jamoat bilan aloqalar kabi asosiy vositalar kommunikatsiya majmuasi hisoblanadi. Kommunikatsiya quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
1.Kontakt turi bo‘yicha: shaxsli va shaxssiz.
2.Jadalligi bo‘yicha: jadal va bo‘sh.
3.Qo‘llash chastotasi bo‘yicha: yagona va ko‘p marotabalik.
4.Ta’sir natijasiga ko‘ra: samarali va samarasiz.
5.Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida: menejment (firma boshqaruvi), xodimlar, mijozlar, jamoat, biznes bo‘yicha sheriklar va boshqalar.
«Marketing», «Reklama» so‘zlari shiddat bilan hayotimizga kirib keldi, ayniqsa bu tushunchalar XX asrga kelib juda rivojlanib ketdi. Marketing – ingliz tilida «Bozor» ma'nosini bildirsa, reklama so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, «Reclamare» - chaqiriq, baqiriq, jalb qilish ma'nosini bildiradi. Ingliz tilida esa «Adverting». Reklama to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot, ya'ni «Informatsiya» bilan bog‘liq bo‘ladi. Chunki har bir reklama zamirida axborot ma'lumot yotadi. Informatsiya termini ham lotincha bo‘lib, «Informatio»dan kelib chiqqan. Reklamadan hozirgi vaqtda jahon ishlab chiqarish amaliyotida keng foydalanilmoqda.
Reklama faoliyatining asosiy tamoyili, muvaffaqiyatining muhim sharti xaridor eslab qoladigan va konkret tovarni xayoliga keltiradigan reklamani doimiy muomalaga kiritishdir.
Reklama–marketingning muhim tarkibiy qismi sifatida. Reklama –marketingning muhim tarkibiy qismi ekanligi haqidagi asosiy ta’kidlar shunga asoslanadiki, marketing sohasi rivojlangan mamlakatlar hozirgi iqtisodiyotining barcha tomonlarini qamrab oladi va bunda marketing faoliyatining har qanday bosqichi ularning reklama faoliyati bilan bevosita yoki bilvosita aloqadordir. Yagona marketing strategiyasi doirasida reklama ishlab chiqarishga faol ta’sir ko’rsatadi, bozorga chiqishda esa talabni hisobga olgan holda tijorat natijalariga erishish olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |