Mavzu yuzasidan savollar.
Ko‘rishdagi nuqsonlaming kelib chiqish sabablari nimada?
Ko‘rish qobiliyati za if bolalar bilan ommaviy maktab va bog‘chalarda olib
boriladigan ishlami ta’riflab bering?
Sensor nuqsonli bolalar bilan inklyuziv integratsion ta’lim qanday tashkil etiladi
Ko‘rish qobiliyatida kuzatiladigan nuqsonlaming oldini olish va bartaraf etish
uchun nimalami bilish kerak ?
Ko‘zi ojiz bolalar uchun O‘zbekistonda qanday muassalar tashkil etilgan ?
7-mavzu: Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bor bolalar
(2soat nazariy)
Reja:
2. .Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bor bolalar haqida tushuncha
1. Eshitishida nuqsoni bor bolalarning xususiyatlari.
Tayanch iboralar
Eshitish nuqsoni, individ, Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bor bolalarning xususiyatlari, ijtimoiylashuv, Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bor bolalarning nuqsonini belgilari.
Surdopedagogika- defektologiya fanining bir tarmog’i hisoblanib, eshitishida nuqsoni bor bolalar va katta kishilarning rivojlanishi, ularga ta’lim-tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan.
Eshitish qobilyatining pasayishi bolaning umumiy va ruhiy rivojlanishiga , eng asosiysi nutqning shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Eshitmaydigan va zaif eshituvchi bola maxsus o’rgatib borilmasa, u gapira olmaydi. Atrofdagilar bilan muomalada esa chegaralangan miqdordagi imo-ishoralardan foydalanadi. Bolalar kundalik hayotida kattalarga taqlid qilgan holda oddiy amaliy faoliyat turlarini bajara oladilar, turli buyumlarning funksional vazifalarini o’zlashtiradilar va ulardan to’g’ri foydalanadi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish malakasini egallab oladilar. Bunday bolalarga maxsus ta’lim-tarbiya berish shart-sharoitlari yaratilmagan holda, ular o’zgalar nutqini idrok eta olmasligi oqibatida sensor va aqliy rivojlanishi so’zlashuv nutqning ta’sirisiz kechadi.
Maktabgacha surdopedagogikaning asosiy vazifasi- eshitish qobilyati buzilgan bolalarni aniqlash va ularga korreksion – pedagogic yordam ko’rsatilishiga ko’maklashish, ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash, eshitish qobilyatining buzilishini jismoniy, bilish, ijtimoiy, nutqiy rivojlanishiga, shaxsning shakllanishiga bo’lgan ta’sirini o’rganish, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni oilada tarbiyalash bo’yicha ota-onalarga metodik yordam va maslahatlar tashkil etish.
Defektologlarning bergan ma’lumotiga ko’ra eshitishida nuqsoni bor bolalarning darajasi va turi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo’lganligiga va o’g’ir-yengilligiga qarab tavsiflanadi. Surdopedagogikada eshitishida nuqsoni bor bolalar kar, zaif eshituvchi va keyinchalik zaif eshituvchi bo’lib qolgan bolalar guruhiga bo’lib o’rganiladi. Tug’ma hali tili chiqmagan go’daklik davrida ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi kar-soqovlikka olib keladi. Eshitish qobilyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan so’ng yaxshi eshitmaydigan bo’lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo’lib qolgan bolalar guruhiga kiritiladi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so’ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishga xos kamchiliklar bo’laveradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash maktabgacha tarbiya muassasalarining asosiy vazifasidir. Shu bilan birga, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar so‘zlashuv nutqini atrofdagi voqelikni idrok etish hamda muloqot qilish vositasi sifatida o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. Eshitmaydigan bola eshituv asosida nutqni egallay olmasligi sababli, ularning nutqi o‘zgacha yo‘nalishda, ya’ni, eshitmaydigan bolaning saqlanib qolgan ko‘rish, eshitish, harakat-vibratsiyalar sezgisi funksiyalaridan foydalangan holda shakllantiriladi.
Labdan o‘qishga o‘rgatish
Og‘zaki nutqni ko'rib idrok etish, ya’ni labdan o‘qish murakkab jarayondir. Ma’lumki, ayrim tovushlar talaffuzi ko‘zga ko‘rinmaydigan nutq a’zolarining harakati ishtirokida amalga oshiriladi, chunonchi, hiqildoq mushaklarining, yumshoq tanglay, diafragma, tilning orqa va yon qismlarining harakatlari ko‘zga ko‘rinmaydi. Artikulatsiya a’zolarining ko‘zga ko’rinadigan harakatlarini ham ko‘pincha bir-biridan farqlash qiyin. Masalan, b-p-m, d-t, s-z, k-q-h, sh-j tovushlar talaffuz etilayotganda bunday hol ro‘y beradi. Odatda, eshitmaydigan bolalar notanish bo‘lgan so‘zlarni labdan o‘qiy olmaydilar. Gapirish chog‘ida so‘zlarga urg‘u berish, kerakli joyda to'xtalish va nutq ohangini o‘zgartirish kabi jihatlarga e’tibor qilinmaganda ham nutqni tushunish qiyin bo‘ladi.
Demak, muloqot jarayonida eshitmaydigan bolalar faqat tanish bo‘lgan, hech bo'lmasa daktil ravishda o‘zlashtirilgan so‘zlarni labdan o‘qishlari mumkin. Labdan o‘qish malakalarini rivojlantirishda bolalarning umumiy va ayniqsa, nutqiy rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etib, nutqni tushuna olish qobiliyatini belgilaydi. Shu sababli, labdan o‘qishga o‘rgatish tanish bo’lgan, ya’ni avval daktil ravishda o'zlashtirilgan material asosida olib boriladi. Labdan o‘qishga bolalar barcha turdagi mashg‘ulotlarda hamda kundalik muloqot jarayonida o‘rgatiladi. Bolalar hali harflarni tanimagan dastlabki davrda, ulami nutqiy muloqotga yo‘naltirish maqsadida, so‘zlarni global ravishda farqlash hamda labdan o‘qish uchun bir nechta so‘zlar beriladi. Bolani o‘qishni boshlashi hamda ayrim so‘zlarni, hatto daktil shaklida o'zlashtirishi bilan, ularga nutqni labdan o‘qishni mashq qildirish kerak bo’ladi. Bundan avval, kattalar ketidan so‘zlarni takroran talaffuz qilishga o'rgatib boriladi, so‘zning talaffuz qilinishi uni labdan o‘qib bilib olishiga yordam beradi.
Bolalar bilan muloqotda bo‘lgan kishilarning to‘g‘ri artikulatsiyasi labdan o‘qish jarayonini osonlashtiradi. Buning uchun kattalar tomonidan bir xil artikulatsiya qilinishiga erishish hamda tovushlami aniq va ravshan talaffuz etish talab etiladi. Gapirayotgan kishining nutq tezligi biroz sekinlashgan bo‘lishi, so‘zlarni bo‘rttirib talaffuz etish, bo‘g‘inlab gapirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Maxsus mashqlar o‘tkazish chog'ida, o‘zlashtirilgan material normal tezlikda beriladigan bo’lsa, bevosita muloqotda nutq biroz past sur’atda bo‘lib qolishi, artikulatsiya esa ravon, ifodali bo’lishi kerak. Dastlabki davrda tarbiyachi va pedagoglar ko‘zgu yonida to‘g‘ri artikulatsiya mashqlarini bajarib turishlari lozim.
Labdan o‘qishga o‘rgatish jarayoni samarali bo’lishi uchun har kungi nutq zaryadkasi mashqlariga ko‘p uchraydigan nutqiy materialni o‘yin tarzida berish tavsiya etiladi. Labdan o'qish bo‘yicha dastlabki mashqlarni quyidagicha tashkil etish mumkin. Bolalarni pedagog artikulatsiyasiga taqlid qilishga o‘rgatilgandan so'ng so‘zlarni yaxlit ravishda labdan o‘qishga o‘tiladi. Bolalar pedagogning ro‘parasiga yarim doira shaklida o‘tqaziladi. Pedagog bolalar diqqatini o‘ziga jalb qilgan holda, ularning to‘g‘ri o‘tirishini tekshirib chiqadi, so‘ng chapak chaladi. Bolalar uning ketidan takrorlaydi. Undan keyin pedagog boshini ko‘rsatib, «bosh» deydi va bolalarni o‘z harakatlarini takrorlashga undaydi. Xuddi shunday, ko‘z, qosh, og’iz, quloq, tish, til, burunni ko‘rsatib so'zlar talaffuz etiladi, bolalar taqlid qilib gapirishga harakat qiladilar.
Dastlabki mashqlar muayyan ketma-ketlikda 3-4 marta har kuni bajariladi. So‘zlarni farqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelgan holda, pedagog so‘zlarning artikulatsiyasiga bolalar diqqatini jalb qiladi va talaffuzdagi farqni ajratishga yordam beradi. Masalan, «bosh» so‘zida «osh», ko‘z so‘zida «o‘z», «quloq» so‘zida «ulo» degan tovushlar birikmasiga bolalarning e’tibori qaratiladi.
Bir haftadan so‘ng mashqlardagi so‘zlarning ketma-ketligi o‘zgartiriladi. Bolalar bu so'zlarni labdan o‘qishga o‘rganib olganda (3-4 kundan so‘ng), boshqa so‘zlar beriladi (masalan, o‘yinchoqlar nomi). Bu mavzudagi so‘zlar ham dastlab muayyan ketma-ketlikda, keyin aralash holda labdan o‘qishga beriladi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda bolalar har bir guruhdagi alohida-alohida berilgan so‘zlarni labdan o‘qiydilar. Bunda artikulatsiyasi o'xshash (tish-til, ko‘z-qosh, mushuk- mashina kabi) so‘zlarni yonma-yon berilishi maqsadga muvofiq emas.
Keyingi bosqichda so'zlar aralashgan holda berilishi kerak. Masalan, boshni ko‘rsat. Koptokni ber. Qo‘lni ko‘rsat va hokazo. Odatda, bolalar bunday so‘zlarni global ravishda farqlashni 15-25 kun davomida o‘rganib olishlari mumkin. Mazkur malakalarni egallashi bolalarning yoshi, alohida xususiyatlari, mashg‘ulotlarni tashkil etilishiga bog’liqdir. Labdan o‘qish mashqlarni o‘tkazishda quyidagi qoidalarga rioya etish zarur:
Labdan o‘qisb uchun berilgan so‘zlar bir xil mavzuga oid bo‘lishi kerak (masalan, bosh qismlari, o'yinchoqlar).
Bir vaqtning o‘zida 2-3 tadan ortiq bo‘lmagan mavzular doirasidagi so'zlar berilishi kerak.
Har bir mavzuga oid guruhdagi so‘zlar soni 3-5 tadan ortmasligi, talaffuzi o‘xshash so‘zlami yonma-yon bermaslik kerak.
Yozuvli kartochkalarda berilgan so'zlami farqlashni o‘rganishi hamda ayrim so‘zlami daktil va og'zaki ravishda talaffuz qilishi bilan ushbu so‘zlar labdan o‘qish uchun beriladigan mashqlarga kiritiladi. Bolalar tomonidan daktil ravishda o‘zlashtirilgan so‘zlar global ravishda qabul qilingan so'zlarga nisbatan tezroq farqlanadi.
Labdan o‘qishga o‘rgatish jarayonida turli o'yinlardan foydalanisli maqsadga muvofiq. Masalan, «qani, ko‘rsat-chi» o‘yinida, olib boruvchining .. qani? degan ko‘rsatmasiga muvofiq, bolalar tegishli narsani ko'rsatib berishi kerak. Dastlab topshiriq barcha guruh bolalariga beriladi, keyin 2-3 ta bola topshiriqni bajaradi, qolganlar vazifaning to‘g‘ri bajarilayotganini kuzatadi. Keyinchalik, yaxshiroq gapiradigan bolalarni olib boruvchi etib tayinlash mumkin. 0‘yinga mavzu jihatdan bir xil so'zlar beriladi. 0‘yinning qiziqarli o‘tishi hamda bolalarda umum- lashtiruvchi tushunchalar hosil bo‘lishi uchun, buyumlardan tashqari, o‘yinchoq va rasmlardan foydalaniladi.
Labdan o‘qish uchun rasmli «loto» o‘yini ham o‘tkaziladi. Bolalar so‘zlarni labdan o‘qib, pedagog ketidan talaffuz etadilar. Bunday so‘zlarning talaffuzi og‘izni ochib yopishi, labni refiektor ravishda qimirlatish orqali so‘z konturini ifodalash ko'rinishida bo‘lishi mumkin. Alohida tovushlarni talaffuz qilishga o'rganib olgandan so'ng, bolalarda unli yoki undosh tovushlar, bo‘g‘inlar, qisqa so‘zlar vositasida gapira oladilar. Bunday so‘zlarni g‘uldirab gapirish ham kattalar tomonidan qo’llab-quvvatlanib, rag‘batlantirilishi kerak.
Tovushlar talaffuzi o‘zlashtirilgach, labdan o‘qish paytida, bolalar pedagog ketidan so‘zlarni aniqroq takrorlay boshlaydilar. Bevosita muloqot chog'ida daktillash bilan birga og‘zaki gapirish tavsiya etiladi. Asta-sekin bolalar javoblari faqat og‘zaki nutq ko'rinishida bo‘lishiga erishish kerak.
Bolalar bog‘chasida labdan o‘qish mashqlari yildan yilga kengaytiriladi va murakkablashtiriladi. Har kuni birinchi mashg'ulotning boshidagi nutq mashqlariga labdan o‘qish uchun material kiritiladi Labdan o'qish uchun berilgan material keyinchalik faqat og‘zaki muloqotda qo‘llanilishiga erishish kerak. Bolalar tomonidan nutqiy materialni labdan o‘qishda qiyinchiliklar mavjud bo’lganda, so‘zlar daklil ravishda yoki yozuvli kartochkalarda beriladi, so‘ng yana og‘zaki ta laffuz etiladi. Bolalarga og‘zaki murojaat etilganda gapiruvchi oradagi masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi, gapiruvchining yuzi yaxshi yoritilishi va imkon boricha bolalar yuzining ro‘parasida bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalarni labdan o‘qishga o‘rgatishda yuqoridagi metodik qoidalarga rioya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |