Muhammad Muso Al-Xorazmiy 847-yilda “Kitob surat al-arz” degan asarni yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, ko`llar, tog’lar, daryo va dengizlar, ko'llar, o'rmonlar va ulardagi o'simlik, hayvonot dunyos, shuningdek boshqa tabiiy resurslar-Yeming asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. U ushbu risolada bunday deb yozadi: “Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar” (Muhammad Muso al- Xorazmiy “Kitob surat al-arz” 847-yil). Daryoning yoshli ko'zlari deganda Muxammad Muso al-Xorazmiy nimalarni ko‘zda tutdi ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir. Vaholanki, buyuk bobomiz, eng avvalo, daryo bilan odamlaming bir-birini tushunishlari va til topishishlarini, o`zaro mehr-muhabbat qo'yishlarini nazarda tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |