Bobotog‘ va Boysuntog‘da neolit va jismoniy davriga, ya’ni yangi tosh davriga (meloddan avvalgi 5-3 ming yilliklar) oid topilmalar uchraydi. Bu davrda odamzod toshin silliqlab bolta, poka, istana va teshalar yasay boshladi. Keyinroq metaldan,xususan misdan qurol yasashga o‘tildi. Bulardan darxaqiqat keyin, chayla qurish, go‘sht kimtalashda va jangovar qurol sifatida foydalanadi. Ajdodlar endi o‘zlariga suv xavzalari bo‘ylarida еrto‘la, chayla, ba’zan chuvalalardan kulbalar qurib oladilar. Ilk qishloqlar paydo bo‘ldi. Dehqonchilik va chorvachilik vujudga keldi. Juft nikoxli oila tarkib topdi.
Mehant taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka o‘tish (bu jarayon O‘rta Osiyoda meloddan oldingi 3-ming yillik oxiri-II-ming yillik boshlariga to‘g‘ri keladi) ana shu sohaga oid. Mehnat o‘yinlarini vujudga keltira boshladi.
Ma’lumki, dehqonlarning hayoti eng quvonchli voqea bu hosilni yig‘ish va yangi noz-ne’matlarni totib ko‘rish jarayoni bo‘lgan. Ilk bo‘yi kutilgan bunday jarayon, tabbiy, dehqonlar bayramlar kayfiyatini vujudga keltirgan. Bunday ko‘tarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish maqsadida kishilar o‘yinlar tashkil qilgan. “Mehnat o‘yinlari” yaxshi kayfiyat, ya’ni keng ma’noda aytganda, bayram holati vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab o‘troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish, ko‘zda hosilni yig‘ib olish yakuniga bag‘ishlangan o‘yinlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar o‘tishi bilan an’anaga aylana boshlagan. Demak, insonning “birinchi kasbi”- ovchilik asosida“ovchilik o‘yinlari” vujudga kelgan bo‘lsa, uning dehqonchilika o‘tishi va u bilan shug‘ullanish natijasida “mehnat o‘yinlari” shakllanib boradi va yangi mehnat bayramlar uchun zamin yaratdi. O‘sha vaqtda mehnat va o‘yn bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan va diniy aqidalar bilan bog‘langan. Kishiliq o‘yinlari odamlarning dag‘shatli tabiat kuchlariga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishga bo‘lgan hayotiy extiyojlaridan kelib chiqqan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi dastlabki ijtimoiy tarixi formatsiya edi. Ishlab chiqarish vositalari va ishlabchiqarish maqsulotlarning umumiy tengsizlik ham, sinflar ham odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishi ham bo‘lmagan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitlaridayoq vujudga kelgandan va qorxonalar toifasi hukumron sinf hokimiyatini mustahkamlashda katta rol o‘ynadi. Engelsni aytishicha, eng ibtidoiy davrlarda odamlarning o‘z tabiati va ularning tevarakatrofidagi tashqi muhiti to‘g‘risidagi eng nodon, eng johil, ibtidoiy tasavvurlaridan paydo bo‘lgan din qurldorga ozod jamoatchilar omasini o‘z kuchiga qaram va bo‘yso‘ndirishga yordam berdi. Hukumron sinflar ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitlarida odamlarning mehnat faoliyati jarayonida vujudga kelgan va rivojlanib borgan ko‘pgina jismoniy elementlaridan ham foydalandilar.
Mehnat faoliyati bog‘liq bo‘lgan va ko‘pgincha sehrgarlik harakatlari xarakteriga ega bo‘lgan turli tuman o‘yinlar, raqslar, xorovodlar va musobaqalar barcha markaziy Osiyo davlatlarining ozod aholisi zrtasida tarqalgan edi. Xalq orasida harbiy mashqlarning ko‘pgina turlari ham keng qo‘llanilar edi. Qadimgi Markaziy Osiyoning ko‘p sonli yodg‘orliklari xalq o‘rtasida kurashga, qilichbozlikka doir mashqlar, ko‘p sonli akrobatik mashqlari, dorbozlik va raqs mashqlari, koptok o‘ynash mashqlari va hokazolarning tarqalganligidan dalolat beradi.
Hukumron quldor boshliqlar hokimiyatning kuchayib borishi bilan xalqning jismoniy tarbiya elementlaridan borgan sari ko‘proq darajada hokimiyatning sinfiy maqsadlari yo‘lda foydalanildi. Armiyadagi rahbarlik roliga mansub bo‘lgan aslzoda quldorlar mashqlarning xalq orasidagi turlaridan o‘zlarida jangchi uch o‘n zarur bo‘ladigan sifatlarni kamol toptirish uchun foydalanganlar. Ular maxsus uyushtirilgan jismoniy tarbiya va harbiy jismoniy tayyorgarlik yordamida o‘zlarining oddiy xalq ommasidan ajratib ko‘rsatadigan va bu bilan o‘zlarini yuqori to‘tadigan jismoniy fazilatlarni kamol toptirishga intilar edilar.
Ayni bir vaqtda qadimgi Markaziy Osiyoning quldor boshliqlari o‘zlarining xalq ommasiga bo‘lgan hukumdorligi va ta’sirini kengaytirishga intilib, ko‘pgina xalq bayramlari an’analaridan keng foydalanganlar; ko‘p sonli musobaqa o‘yinlari, raqslar va xorovodlar bu xalq bayramlarining tarkibiy qismini tashkil etgan.
Hukumron quldorlar doirasi xalq mashqlari turlaridan o‘z kamolati va ko‘ngil ochish yo‘lida ham keng foydalanganlar.
Quldorlar, bir tomondan o‘zlarining bo‘sh vaqtini ko‘pgina o‘yin ov, turli mashqlar bilan o‘tkazar, ikkinchi tomondan, o‘zlari uchun tomoshalar tashkil qilib, ularda ancha chaqqon, kuchli va epchil ozod jamoachilarni ishtirok ettirar edilar.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo quldorlik davlatlarida jismoniy tarbiya elementlarining rivojlanishidagi xarakterli xususiyati shundan ibortaki, ozod dehqonlar orasida rasm bo‘lib kelayotgan xalq jismoniy tarbiyai shakllari va xalq o‘yinlari, hamda mashqlarining turlari bilan birga, quldor boshliqlarning bu jismoniy tarbiya elementlarini o‘z obro‘yi va hukumronligin kuchaytirish uchun o‘zlashtirishi va foydalanishiga bo‘lgan intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi.
MILODDAN OLDINGI IX-VI ASRLARDA MARKAZIY OSIYОDA JISMONIY TARBIYA.
Hududiy jihatdan Markaziy Osiyo hozirgi Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikalari hamda Qozog‘istonnig janubiy viloyatarini qamrab oladi. Ug‘arbdan sharqqa-Kisbiy dengizidan to Tyan-Shandagi Xontangri mo‘zligigacha 2400 km, shimoliy janubiy-Qozog‘iston cho‘llaridan Ko’shkagacha 1280 km cho‘zilib ketgan.
Markaziy Osiyo-oltoy chegarasiga bo‘lgan hududda yashagan xalqlar umumiy nom bilan skiflar deb atalganlar. Skiflar boshqa-boshqa nom bilan xalqlar sifatida atalib, turli tillarda so‘zlashganlar.
Yunon tarixchisi Gerodot bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kaspiy dengizidan sharqdagi tenglikda, ya’ni Qoraqumda, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida massagetlar yashagan. Strabonning yozishicha xorazmliklar ham massagetlar toifasiga kirgan. Massagetlardan sharq tomonda soklar yashaganlar. Dehqonchilik bilan shug‘ullangan o‘troq aholi o‘zi yashab turgan joyning nomi bilan xorazmsitlar, sug‘dlar, baqtrilliklar va marg‘iyonaliklar deb atalgan.
Massagetlar miloddan avvalgi VI-V asrlarda qabilalarining yirik ittifoqi bo‘lgan. Bu qabila ittifoqiga bir necha sak qabilalari kirgan.
Grek tarixchisi Efor (miloddan oldingi 405-330 yillar), saqlarni odalat ko‘chmanchilardan chiqqan, o‘lja, boylikka berilmaydilar, bir-biriga odilona munosabatda bo‘ladilar, erkaklar va ayollar o‘rtasida to‘la tenglik bo‘lgan, ayollar janglarda erkaklar qatori qatnashganlar, ayollar kamondan yaxshi otganlar, ular buni otda turib qayrilgan holda ham uddalay olgan, deb yozgan.
Yunon sayyohi Dionisiy Periegit saklar to‘g‘risida: “Sug‘diyona ortida Yaksart (Sirdaryo) oqimi bo‘ylab o‘quzar, o‘qi behuda ketmaydigan, dunyodagi eng mohir uqchi saqlar yashaydi”, - deb yozgan edi.
Tarixchi Gerodotning yozishicha, eramizdan avvalgi ming yilliklarda hozirgi O‘zbekiston еrlarida yashagan xalqlar mis va temir qazib olishini bilganlar. Mis va temirdan harbiy va mehnat qurollari yasash san’atini o‘rganib olganlar. Ular shuningdek, qo‘lolchilik, to‘qimachilik, quruachilik va zargarlik hunarlarini egallaganlar. Markaziy Osiyo hududlarida bunday taxminan 2500-3000 yillar ilgari quldorlik to‘zumi vujudga kelgan deb hisoblash mumkin.
Markaziy Osiyoda tashkil topgan davlatlar podshox boshliq qabilalarining ittifoqi edi. shu bilan birga qabilalarning o‘z sardorlari bulardi, ular harbiy yurishlar vaqtida davlat qo‘shinlariga boshchilik qilardi. Podshoh hokimiyati nasldan-naslga o‘tgan bo‘lsada, ammo ittifoq kengashi va qabila yig‘ini bilan cheklangan edi. Podshoh oilasi va uning a’zolari davlatni boshqarishda asosiy vazifani egallab oldilar. Natijada podshoh qabila boshliqlarining demokratik huquqlarini cheklab quydi. Podshohlar o‘z xonadonining xavfsizligini ta’minlash uchun yaxshi qurollangan gvardiya to‘zganlar. Xuddi shu gvardiyaga suyanib, u o‘z qaramog‘idagi aholining hammasini o‘ziga itoat ettirib turishga erishgan. Bu davrda aholining tabaqalanish jarayoni yuz berayotgandi, bunda harbiy aristokratiya, qohonlar, jangchilar va dehqonlar qatlami ajralib chiqdi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish vazifasini g‘orvidorlar bilan dehqonlar boshqarishardi.
Miloddan oldingi ming yillikning o‘rtalaridan boshlab Markaziy Osiyo xalqlari forslar, keyinroq greklar xo‘qmiga duchor bo‘ldi. Eski shaharlar va davlatlar vayron qilindi. Bu xalqlar o‘zoq vaqtlar maboynida ajnabiy bosqichlari zulmi ostida yashashga majbur bo‘ldilar.
Mehnatdan oldingi VI asr o‘rtalarida Eron qabilalari birlashadilar. Axmoniylar urug‘idan bo‘lgan birinchi hukumdorKayxisrov (Kir) bo‘ldi. Shunday qilib, Kayxisrov miloddan oldingi 529 yilda Markaziy Osiyo xalqlariga bir qancha yurishlar qildi. Biroq Kayxisrov Markaziy Osiyoni bosib olishda har qanday shafqatsizlikdan qaytmadi.
Quyi Osiyo lashkarboshi Garnag bironta ham tarixjon qoldirmadi. Yuqorida Osiyoni esa Kayxisrovning o‘zi еr bilan yakson etdi.
Kayxisrovga qarshi hal qiluvchi jang Amudaryoning chap qirg‘og‘ida avj oldi. Bu vaqtda massagetlarni eri vafotidan keyin podshoh bo‘lgan To‘maris boshqarar edi.
Tarixchi Geradotning “Tarix” kitobidagi massagetlar malakasi To‘marisning eron shohi Kayxisrov bilan olib borilgan jang voqiasi avlodlar osha bizgacha еtib kelgan.
To‘maris massaget qabilalarining boshlig‘i hukumron bo‘lib, el-yurtning tinchligi va osoyshtaligini ko‘z qarachig‘idan ximoya qiladi. Biroq Axmoniylar podshosi Kayxisrov massagetlar osoyshtaligiga xavf soladi. Boshda u To‘marisga o‘ylanish yshli bilan massagetlarni o‘ziga qaram qilmoqchi bo‘ladi. To‘maris bu zolim podshoning shum niyatini bilib, uning taklifini rad etadi. Kayxisrov urush ochib, o‘z maqsadiga erishmoqchi bo‘ladi. To‘maris urushining oldini olishga qanchalik intilmasin, u urush boshlashga qat’iy qaror qilgan edi. Shundan keyin To‘maris mardona mudofaa jangiga otlanib dushmanga: “biz bilamizki, sen jangchilikni hohlamaysan, shu sababli bashorati maslahatchimizga ko‘nmay, maslahatlar bilan to‘qanishishni istasang, ko‘prik yasayman deb bo‘lib o‘tirma. Bizga aytsang, biz senga halaqit bermay, daryodan uch ko‘nlik yo‘lga cho‘zib ketamiz, bemalol daryodan o‘tasan, undan so‘ng yuzma-yuz uro‘shamiz. Bordi-yu, agar biz bilan daryoning sen turgan qirg‘og‘ida urushmoqchi bo‘lsang, uni ayt, bunga ham biz rozi, faqat nomardlik qilma”,-deydi, To‘maris mardona kurashga shaylanadi.
Kayxisrov esa xiyla-nayrang yo‘liga o‘tadi. U To‘marisning o‘g‘li Sparganiz boshliq bir guruh massagetlarni mast qilib, asir oladi. To‘maris g‘azab bilan: “Ey qonxo‘r Kayxisrov, qilgan ishing bilan maqtanmay qo‘yaqol! Sen mening o‘g‘limni yuzmayuz jangda еngganing yo‘q, uni makkorlik bilan sharob ichirib qo‘lga tushirding. Endi mening nasixatimga kir, o‘g‘limni menga topshirib, kelgan еringga ziyon-zahmatsiz qaytib ket. Agar so‘zimga kirmasang, massagetlar tangrisi-Quyosh nomi bilan qasamyod qilamanki, men sendan ochko‘z yuhoni qon bilan sug‘oraman”,-deydi. Kayxisrov bu so‘zlarga quloq solmaydi, urush davom etadi. To‘maris boshliq massagetlar qattiq jangga kirib, Kayxisrov qo‘shinini еngadilar, uning o‘zini o‘ldiradilar. To‘maris Kayxisrovning boshini qon bilan to‘lg‘izgan mishga solar ekan, o‘z kurashiga yako‘n yasab: “Ey nomard, sen menijangda seni holollik bilan еngib chiqqan bir ayolni makkaoralik bilan o‘g‘limdan judo qilib, farzand dog‘ida quydirding, sen umrining bo‘yi qonga to‘ymading, men o‘z otimga amal qilib seni qon bilan sug‘ardim. Birovning g‘ortiga zo‘rovonlik bilan bostirib kirganlarning jazosi shu!”, - deydi.
Markaziy Osiyo xalqlarining chet el bosqichlariga qarshi olib borgan kurashi vatanparvar cho‘non Shiroqnig o‘lmas qahramonligi haqidagi qissada yorqin ko‘rsatib berilgan. Bu qadimgi afsonani birinchi marta miloddan avvalgi II asrda yashagan grek tarixchisi Polien o‘zining “harbiy xiylalar” degan asarida keltirgan. “To‘maris” afsonasi kabi “Shiroq” afsonasining ham asl nusxasi saqlanmagan. U Polien asarlarida bunday hikoya qilinadi:
Sak qabilasining tinchligi va mustahkamligi xavf ostida qoladi. Yozuv niyati Doro yaqinlashib kelmoqda. Sak hukumronlari Omarg, Saksfar, Samiris dushmanga qarshi kurash rejasini to‘zayotgan paytda cho‘non Shiroq paydo bo‘ladi. U dushmanni еngish rejasini uylagan. Bu reja sak qabilalarini Doroning qulligi xavfidan qutqaradi, dushmanli haloqatga olib boradi. Shiroq Doro ko‘shinini “ko‘chib ketgan” saqlarning yo‘lini 7 kun deganda “kesib olib chiquvchi yo‘lga” boshlaydi. Shiroq dushmanni bepoyon cho‘lu biyobanga olib boradi. Dushmanning ochilik va suvsizlikdan halok bo‘lishi muqarrar.
Yettinchi kuni ham saqlardan darak topolmagan Doroning qo‘shini boshlig‘i Ranosbat Shiroqning kallasini chopib tashlaydi.
Shiroq: “Men еngdim, yolg‘iz o‘zim butun boshli bir qo‘shinni еngdim, jonajon qabilam saqlar va onato‘prog‘im boshiga tushgan yoki kelgan baloni daf qilib, bosqinchi Doro lashkarlarini haloqatga olib keldim, turt tomoniing har qaysisi еtti ko‘nlik yo‘l, istagan tarafingizga ketavering. Baribir borgangiz ochlik va tashnik еmirib nobud qiladi. Mening qonim esa shu еrga to‘qiladi”-deb o‘limni shodlik qaxqaxasi bilan kutib oladi va mardlik ko‘rsatdi.
Shunday qilib, Doro I miloddan oldingi 513 yilda saqlarni tormor qilishga erishi olmadi, ularning mustaqillikka bo‘lgan irodasini bo‘qa olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |