Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Pokiston va Hindiston xalqlari tarixida va butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o’rin egallagan. Markaziy Osiyodan qadimgi Ipak yo’li o’tganligi bu yerdagi xalqlarning madaniy hayotida katta burulishlarga sabab bo’lgan, Sharq mamlakatlar bilan g'arb davlatlari o'rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni o’rnatgan. Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal’a va boshqa joylardan topilgan buyumlar, suyak, tosh, sopolga chizilgan rasmlarda qadimgi kurash, nayza uloqtirish, qilichbozlik, otda jang qilish kabi tadbirlar aks ettirilgan.
O’zbekiston hududida qadimgi yashagan xalqlarning turmush sharoitlarida, o’z vatanlarini himoya qilishda jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish kabi madaniy hamda jangavorlik faoliyatlari alohida o’rin tutadi. Bu davrdagi yashagan xalqlar o’rtasida jangovorlikni oshirish o’z hududlarida osoyishtalikni ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish uchun o’tkazgan diniy, madaniy marosimlar, to’ylar va turli an’analarida kamondan o’q otish, qilichbozlik va nayzabozlik qilish, kurash, ot o'yinlari hamda boshqa xalq milliy harakatli o'yinlari bilan mashhur bo’lganlar.
Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og’zaki ijodida, ayniqsa, ko’proq ifodalangan. «Alpomish» dostonida kurash, otda poyga, kamondan o’q otish merganlik kabi jismoniy sifatlar, vatanparvar va xalq uchun jonini ham fido qilish kabi eng ulug’ insoniy fazilatlar madh etilgan.
«Alpomish» dostonining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, bundan bir necha ming yillar mavjud bo'lgan urf-odatlar, marosimlar, ayniqsa, yigit va qizlarining bir-biriga vafodorligi, jismoniy jihatdan o’ta barkamolligi, dushmanlarga shafqatsiz kurashlari odilona bayon etilgan.
Dostonlarning tarbiyaviy jihatlari shundaki, xalq irodasi, an’analar, urf-odatlar mazmunida otda chopish, jang qilish, qilichlashish, kurash, kamondan o’q otish kabi jismoniy faoliyatlar yuqori saviyada madh etilgan. Bunda dushmanlar bilan mardonavor jang qilishgan yigit va qizlar timsoli tasvirlanadi. Xalq og’zaki dostonlarida xalq irodasi, yigit-qizlarning muhabbat, sadoqat, jasur, botir, pahlavon, chavandoz kabi sifatlari o’z ifodasini topgan. Xalq milliy o’yinlari bir necha yo'nalishlarga ega bo’lib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va juda ko’p janrlardagi san’at ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida ajdodlardan meros bo’lib kelayotgan qator harakatli o’yinlar va sportga xos o’yinlar ham juda ko’p. O‘zbek xalq o‘yinlari va milliy jismoniy mashqlarini quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
kamondan o’q otish; qilichbozlik;
kurash (buxoroсha, farg’onacha, xorazmcha usullar);
ot o’yinlari (poyga, olomon poyga, ko’pkari, uloq va h.k.);
kuch sinashish (tosh ko’tarish, arqon tortishish, ot, buqa, tuya ko’tarish);
dorboz o’yinlari (dor ustidagi mashqlar);
harakatli milliy o’yinlar;
yugurish musobaqalari (batba);
ov qilish (o’rgatilgan qushlar bilan –lochin, burgut va h.k).
Bunday o’yinlarning deyarli barchasi ommaviy bayramlar, musobaqalar va to’ylarda keng qo’llanilqan. Qadimgi manbalar Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) daryolari o’rtasidagi vodiyda ot musobaqalari keng tarqalgan. So’g’diyona va Baqtriyada kurash, ot poygasi, uloq, dorbozlik juda ommalashgan.
Milodiy IV-V asrlarda yangi ijtimoiy siyosiy munosabatlar yuzaga kelib, Xorazm, Farg'ona, Shoshda yangi davlatlar vujudga kelgan. Nafaqat harbiy yurishlar, balki savdo-sotiq maqsadlari uchun ham chiniqqan chavandozlar va otlar kerak bo’lgan. Bu esa ot musobaqalarining ommalashib ketishiga sabab bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |