Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Milliy kiyimlari
Turkman erkaklarining kiyimlarida qadimiy urf- 
odat va an'analar ta'siri deyarli sezilmaydi, ammo xotin-qizlammg 
milliy kiyimlarida farqlar mavjud. Bundan tashqari, qaysi xalq bilan 
uzoq vaqt qo‘ni-qo4shnichilik qilib kelganiga qarab turli turkman 
qavmlarining kiyimlarida ichki va tashqi ta'sir yaqqol sezilib turadi. 
Ayniqsa, Kavkaz xalqlari va eroniylar kuchli ta'sir ko‘rsatdi. Xiva 
turkmanlari kiyim-kechaklarida o ‘zbek bilan qozoqlaming kiyinish
131


an'analari o ‘z ifodasini topgan. Sariq turkm anlari Buxoro vohasi 
aholisi kiyim-kechaklari ga o ‘xshab kiyinadi.
Turkman erkaklarining kiyim lari balaq (ishton), yengi uzun 
ko ‘ylak, qavilgan chopon (don)dan iborat b o ‘lib, boshiga kerlin yoki 
kubanka (tepasi, va eni ensiz) telpak, oyog'iga choriq, cho‘ponlar esa 
yelken kiyadi. Ayollari balaq (uzun ishton), k o‘ylak, yengsiz kem zor 
(kamzul), oldi guldor qavilgan to ‘n (chabit), boshiga bo ‘riq, 
bog‘mach, o ‘ram ak xasaba va topon kabi bosh kiyimlari, oyog‘iga esa 
kovush yoki poshnali poyafzal kiyadi.
Erkaklam ing ko‘ylagi oldin yoqasiz tikilgan bo ‘lsa, endilikda tik 
yoqali ko‘ylak kiyish odatga aylanmoqda. Lekin, turli qavm erkaklari 
bilan ayollam ing kiyim-kechaklari bir-biridan m a'lum darajada yo 
bichilishi, tikilishi yoki tashqi bezagi bilan ajralib turadi. M asalan, 
erkaklar kiyadigan don, chopon va chakmonlar, garchi tikilishi 
jihatidan ham m a yerda bir xil bo‘lsa ham, m atoning rangi, k o ‘rinishi 
hamda nomi bilan farqlanadi. Qadim da to ‘nning uzun yenglari q o ‘lni 
yopib turadigan qilib tikilgan bo ‘lib, yon tomonlarini kesib, unga 
cho‘ntak o ‘matilgan. T o ‘nning etagi, yoqasi v a cho‘ntaklarining 
chetigatasm a hamda uqa tikilgan. T o‘nlam ing xivali don, girmizi don 
va astaroma chopon, ya'ni oqtoy xillari keng tarqalgan edi.
• Turkmanlaming chakmoni tuya junidan tikilgan bo‘lib, sovuq kunlari 
chopon bilan to ‘n yoki po ‘stin - ichmek kiyilgan. Dengiz b o ‘yida 
yashaydigan yovmutlar, ilgari kurt bichim to ‘n kiyishni yoqtirar edi 
(kurdacha bichimda bo‘lgani uchun shunday deb atalgan).
Oyoqlariga choriqdan tashqari cho‘qay va chapak (shippak) ham
kiyib yurganlar. C ho‘qay - buzoq terisidan uchi qayrilgan va gajakdor 
qilib tayyorlangan poyafzal bo‘lsa, choriq esa yaxlit teridan tikilgan va 
oq paytava o‘rab kiyiladigan oyoq kiyimi hisoblangan.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish