Uyg'urlar.
Xitoy Xalq Respublikasidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtor
tumamning tub joy aholisi bo‘lib, ulaming nufusi 11 mln kishidan
iborat U yg‘urlar, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari, jum ladan,
Qozog‘istonda 243 ming, Qirg‘izistonda 50 ming, 0 ‘zbekistonda 20
ming, Turkmanistonda esa 1,2 ming kishi ,istiqom at qiladi.
Shuningdek, ular Hindiston, A fg‘oniston va Pokistonda ham yashaydi.
182
Jahon bo ‘yicha jam i 12 mlndan to 15 mlngacha uyg‘ur millatiga
mansub aholi yashaydi. Ular asosan, uyg‘ur tilida so‘zlashib, islom
dinining sunniylik m azhabiga e'tiqod qiladi.
Tarixdan m a'lumki, uyg‘urlar turkiy tilli aholi bo‘lib, uzoq davom
etgan etnogenetik jarayonlar natijasida Sharqiy Turkistonda alohida
etnik jam oa bo ‘lib shakllangan. Taniqli tilshunos olim Mahmud
K oshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “uyg‘ur” atamasining
etimologiyasi, “Turkiy qavm lar tarixi” va “Ш ажарайи турк”
asarlarida esa ular tarkibidagi urug‘-qabilalar haqida ma'lumotlar
keltirilgan. Xitoyshunos A. X o‘jaev xitoy yozma manbalariga
asoslangan holda qadimda uyg‘urlar 9 ta qabiladan iborat bo‘lib,
keyinchalik ular soni 30 taga ko‘payganligini qayd etgan. Shuningdek,
olim “ uyg‘ur” etnonimining turli talqinlari haqida ham ma'lumotlar
bayon qilgan.
Yana bir xitoyshunos olim N. Bichurinning tadqiqotlarida esa
“uyg‘ur” etnonimning transkripsiyasiga doir ma'lumotlar mavjud.
“Уйгурларнинг кискача тарихи” asarida qayd qilinishicha, “uyg‘ur”
so ‘zi turkiy da “uymoq”, “xuyxe” esa xitoy chada “birlashmoq” degan
ma'nolami bildiradi. “U yg‘urlar tazkirasi” nomli asarda keltirilishicha,
“ ... uyg‘urlar buku, tungro va boyirg‘ular bilan birlashib, turklarga
qarshi isyon ko‘tarib, mustaqillikka erishgan, o ‘zlarini esa aw alig a
“erkin”, so* ngra “uyg‘ur” deb atagan. Mazkur etnonim genezisiga doir
bildirilgan barcha fikrlar orasida “uyg‘ur” atamasining “birlashgan”
yoki “tashkil topgan” degan ma'nolari haqiqatga yaqin bo‘lib, ushbu
termin turkiy qabilalar ittifoqiga nisbatan qo‘llanilgan.
U yg‘urlar 646-yilda Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uyg‘ur
xonligini tiklagan. U yg‘ur-Urxun xoqonligi (Uyg‘ur xoqonligi)
davrida (744—840) uning barcha fuqarolari “uyg‘ur”, IX asrda
uyg‘urlam ing Idiqut (Turfon) davlati Xitoy manbalarida esa “Kuju
xonligi” deb atalgan. XI asrda uning hududi g ‘arbda Kuchar shahridan
Buyuk Xitoy devorigacha cho‘zilgan bo‘lib, arab manbalarida “bilod
U yg4ur” yoki “ Yug‘ur” (al-Marvaziy) deb qayd etilgan.
Qozog‘istonda uyg‘urlar butun bir katta tumanni egallagan. Issiq
Chilik, Chunja hududlari, Norinko‘l hamda Ili tumanlari, Olmaota va
Chimkent
shaharlarida
ham
ko‘plab
uyg‘urlar ■
yashaydi.
Q irg'izistonda esa Bishkek, T o‘qmoq, Pijevalsk va 0 ‘sh shaharlari,
shuningdek, ayrim qishloqlarda, Turkmanistonning Bayramali va Mari
tumanlari hamda Tojikistonning ayrim hududlarida uyg‘ur oilalari
yashaydi. 0 ‘zbekistonda uyg‘urlar F arg‘ona vodiysining Andijon
shahri va Asaka, lzboskan va Paxtaobod tum anlarida istiqom at qiladi.
Sharqiy Turkistonda “uyg‘ur” etnonimi bilan birga jo y nomlari
asosida ham o ‘zlarini atash keng tarqalgan. Shu sababli ham 1921-yil
mayda
Toshkentda
chaqirilgan
“Jung‘or
va
Oltishahar
mehnatkashlarining I qurultoyi”da Sharqiy Turkistondan kelgan
barcha aholiga nisbatan yagona ‘4iyg‘ur” nomi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |