Kurs ishining predmeti. Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari birbiri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor kilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal darajaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957 y.dan Yevropada shakllangan (qarang Yevropa Ittifoqi). Toʻrtinchi bosqichda Iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion alokalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifokiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 y.larda umumiy pul — yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saklangan holda yagona, umumiy byudjet ham tuziladigan boʻldi.
Kurs ishining tashkiliy tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1. BOB. MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARINING MINTAQAVIY INTEGRATSIYASINI CHUQURLASHTIRISH YOʻLI
1.1. Markaziy va Janubiy Osiyodagi transport-logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish
Hoz. davrda jahonning boshqa mintaqalarida ham integratsiya jarayonlari jadal bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, AQSH, Kanada va Meksikani birlashtirgan Shim. Amerika uyushmasi, Jan.sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN), Tinch okean region uyushmasi (ATES), Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida integratsion hamkorlik kuchayib bormoqda. 1991—2002 y.larda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy integ-ratsiyasini chuqurlashtirish yoʻlida jiddiy ishlar amalga oshirildi: zaruriy huquqiy va tashkiliy shartsharoitlar yaratildi, davlatlararo ken-gash tuzildi, ijroiya qoʻmita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi.
Joriy yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Jahon Iqtisodiyoti va diplamatiyasi universiteti, Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda Konrad Adenaur jamg‘armasi hamkorligida “Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi: poydevori, istiqbollari, geostrategik ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli xalqaro konferentsiyada Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisining o‘rinbosari Asqar Shakirov, Rossiya Fanlar akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining MDH tadqiqot markazi rahbari Eduard Soliyev, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti direktori Ivan Safranchuk, Pokiston global va strategik tadqiqotlar markazi ijrochi direktori Xolid Taymor Akram, Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining strategik tadqiqotlar markazi xodimi Muhammad Safi Sino hamda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonuchilik palatasi deputatlari, Tashqi ishlar vazirligi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspert va tahlilchilari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy konferentsiyada ishtirokchilar tomonidan joriy yil iyul oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiya yakuni, unda belgilangan maqsad va vazifalar ijrosi hamda amaliy harakatlar quyidagi “Trans-mintaqaviy aloqaning yangi modeli va barqaror rivojlanish uchun Markaziy va Janubiy Osiyodagi transport-logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish”, “Oziq-ovqat, energetika va suv – Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik omillari”, “Raqamli transformatsiya - yangi voqelik, mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari” hamda “Uzoq muddatli mintaqaviy rivojlanishning asosiy omili sifatida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish” kabi to‘rtta sho‘ba majlislarida atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Farrux Xakimov konferentsiyaning uchinchi “Raqamli transformatsiya - yangi voqelik, mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan sho‘basida ishtirok etib, o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.
— Global pandemiya raqamli transformatsiya va raqamlashtirishning qanchalik muhimligini ko‘rsatib, bir qator mamlakatlarda mazkur jarayonlarni tezlashtirib yubordi. Ayniqsa bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarda yaqqol namoyon bo‘ldi va raqamlashtirish qanchalik muhim ekanligini isbotladi.
Shu boisdan, bugungi global o‘zgarishlarga to‘laqonli javob berish uchun mintaqa davlatlari o‘rtasidagi savdo, tranzit, chegaralardan o‘tish borasida raqamli hamkorlikni kuchaytirish oldimizda turgan dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |