Markaziy osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


G‘arbiy Turkmaniston iqtisodiy rayoni



Download 5,19 Mb.
bet47/80
Sana08.06.2022
Hajmi5,19 Mb.
#643114
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Bog'liq
Markaziy osiyo davlatlari

G‘arbiy Turkmaniston iqtisodiy rayoni-(Bolxon viloyati)–Respublikaning katta hududini, ya’ni 28,5 foizini, aholisining esa 11 foizini tashkil etadi.
Rayon Kaspiy dengiz bo‘yidan tortib sharqda Kopetdog‘ etaklari va G‘arbiy Qoraqumgacha cho‘zilgan. Bu Turkmanistonning eng issiq mintaqalaridan biridir.
Hududida oqar suvlar deyarli yo‘q. Shuning uchun aholi soni kam. Lekin sanoat rivojlanganligi sababli, aholining asosiy qismi (4/5) shaharlarda istiqomat qiladi. Bu mamlakatning eng urbanizatsiyalashgan mintaqasidir.
Aholining milliy tarkibida rusiy zabon kishilar (ruslar, ukrainlar, yahudiylar, armanlar, ozarbayjonlar va boshqalar) ko‘pchilikni tashkil etadi.
G‘arbiy Turkmaniston boshqa rayonlardan tabiiy resurslarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Respublikadagi asosiy neft konlari shu mintaqaga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, Turkmanboshidan shimolda yirik osh tuzi koni, Qorabo‘g‘ozko‘lda glauber tuzi, Chelekenda ozokerit konlari topilgan. Rayonda sement xomashyolari, ohaktosh kabi qurilish materiallari ham ko‘p.
Mintaqada neft va kimyo sanoati, elektroenergetika, qurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan. Xo‘jaligining rivojlanishida Kaspiy dengizidagi baliqchilik katta ahamiyatga ega. Turkmanboshi porti Markaziy Osiyo davlatlari va Kavkaz orti mamlakatlari orasidagi darvoza hisoblanadi.
Suvning yo‘qligi sababli, qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlanmagan. Ayniqsa dehqonchilik. Chorvachilikda qo‘ychilik hamda tuyachilik yetakchi tarmoqlardandir.
Mintaqaning asosiy shaharlari Turkmanboshi, Nebitdog‘, Cheleken, Qizil-Arvat, Qozonjiq va boshqalar. Shaharlarning ko‘pchiligi temir yo‘llar yonida yoki dengiz bo‘yida lentasimon shaklda joylashgan.
Turkmanboshi G‘arbiy mintaqaning eng eskishaharlaridan biri bo‘lib, 1869 yilda harbiy qal’a sifatida tashkil topgan. Turkmanboshi Kaspiy dengizining Sharqiy sohilidagi yirik port shahri bo‘lib, neftni qayta ishlash va baliqni qayta ishlash sanoatlari yaxshi rivojlangan. Bu yerga neft quvurlar orqali Nebitdog‘ va boshqa konlardan keltiradi.
Turkmanboshidan janubi-sharqda Katta Balxan etaklarida - Nebitdog‘ shahri joylashgan. Nebitdog‘ Turkmanistonning neft-gaz qazib olish markazi hisoblanadi. Shaharda oziq-ovqat sanoati, uysozlik kombinati, yod zavodi kabi korxonalar ishga tushirilgan. Ayollar gilam to‘qish ishlarida band.
Iqtisodiy rayonning muhim shaharlaridan yana biri Chelekendir. Cheleken o‘zining kimyoviy xom ashyolari bilan mashhur. Chelekendan ko‘plab miqdorda ozokerit, mirabilit kabi xomashyolar olib ketiladi. Bu yerda kimyo zavodi mavjud.
Shu bilan birga Cheleken yarim orolida sog‘lomlashtirish maskanlari uchun imkoniyatlar katta. Rayon aholisi mineral suvlardan revmatizm, teri va boshqa kasalliklarni davolashda foydalanishadi.
Qorabo‘g‘ozko‘l ham o‘zining kimyoviy xom ashyolarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu yerdan ko‘plab miqdorda glauber tuzi, (mirabilit), natriy, magniy, brom, yod va boshqa mineral tuzlar qazib olinadi. Xom ashyolarni qayta ishlash maqsadida "Qorabo‘g‘ozsulfat" kombinati ishlab turibdi.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish