3. Xo‘jaligi. Turkmaniston xo‘jaligi agrar-industrial yo‘nalishiga ega. Sobiq Ittifoq tarkibida u avvalo tabiiy gaz va neft, paxta va boshqa qimmatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi respublika sifatada ixtososlashgan edi, U sobiq ittifoqning 1% neft mahsulotlari, 10% dan ortiq tabiiy gazi, 16 % gacha paxta tolasini yetkazib bergan, uning xalq xo‘jaligi va aholi iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasi esa ancha past bo‘lgan. Shu sababli, mustaqillik yillarida faqat xom ashyo ishlab chiqarishga ixtasoslashgan respublika niqtisodiyoti tarkibini sog‘lomlashtirish, ko‘proq iste’molga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga moslash bo‘yicha ma’lum choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, respublikaning asosiy boyligi hisoblanadigan neft va gazni jahon bozoriga chiqarish yo‘llarini izlash, bu mineral boyliklarni qazib chiqarish va qayta ishlashni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qat’iy harakatlar olib borilmoqda.
Sanoati. Sanoat mahsuloti hajmiga ko‘ra Markaziy Osiyo respublikalari orasida eng sust rivojlangan: 90 - yillar o‘rtalarida uning respublika milliy daromadini yaratishdagi hissasi 11–12 % ni tashkil qilgan. Shundan kelib chiqqan holda Turkmaniston sanoatining tarkibiy hususiyatlari ham o‘zgacha. Uning sanoatini boshqa Markaziy Osiyo davlat-laridan farqli ularoq bir tarmoqli xo‘jalik deyish ham mumkin. Statistik ma’lumotlar shunday deyishga asos beradi. Jumladan, birgina yoqilg‘i–energetika majmui sanoat mahsulotlarining 67% dan ko‘prog‘ini bergan holida boshqa barcha og‘ir sanoat tarmoqlari birgalikda 9 % dan kam mahsulot ishlab chiqara olgan. Ulardan ayniqsa metallurgiya (0,1%) va yog‘ochni qayta ishlash, sellyuloza–qog‘oz sanoati (0,3%) hissalari nihoyatda pastdir. Hatto yengil sanoat, oziq - ovqat tarmoqlari hissasi ham nisbatan past bo‘lgan. Ular shu davrda 24 % sanoat mahsulotlarini yetkazib bergan.
Respublika sanoatining yetakchi majmuasi bo‘lgan yoqilg‘i–energetikaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va geografiyasi quyidagicha:
1. Neft respublikada inqilobdan oldingi davrlardan boshlab qazib chiqariladi. 1913 yilda 129 ming tonna, 70 - yillar o‘rtalarida 16 mln tonnagacha, 90 - yillar o‘rtalarida 4,5 mln tonna neft qazib chiqarilgan. 2005- yilda mamlakatda 10,1 mln tonna neft qazib chiqarildi.
Asosiy konlari Nebitdag, Qumdag, Chelekan, Okarem - ular Kaspiy bo‘yi tekisliklari bo‘ylab shimoldan janubga 200 km dan ortiq masofada joylashgan. Neft qazib chiqarishni ko‘paytirishga respublikaning ichki iste’moli cheklanganligi va tashqi bozorga olib chiqish yo‘llarini hozircha tashkil etilmaganligi kuchli ta’sir etmoqda.
2. Tabiiy gazni qazib chiqarish (gaz sanoati) 60 -yillar oxirlaridan boshlangan. 1990 yil ma’lumotiga ko‘ra Turkmanistonda 83 mlrd m3gacha gaz qazib chiqarilgan va u asosan Markaziy Osiyo - Markaz gaz quvuri orqali sobiq ittifoqning markaziy rayonlariga tashib ketilar edi. Mustaqillik yillarida bozorning cheklanib borganligi sababli uning ko‘rsatkichlari tobora kamayib bordi va 90–yillar o‘rtalarida 35 mlrd m3 ni tashkil etdi. 2005 yilda 58,57 mlrd m3 gaz qazib chiqarildi. Ichki iste’moldan tashqari gazni Turkmaniston ma’lum miqdorda Ukrainaga va qisman Kavkaz orti davlatlariga chiqarmoqda xolos. Yangi gaz bozorlarini tashkil qilish yo‘lida Eron, Turkiya orqali G‘arbiy Yevropaga va hatto Markaziy Osiyo orqali Xitoy va Yaponiyaga, Afg‘oniston orqali Janubiy Osiyoga gaz quvurlari o‘rnatish yo‘llari izlanmoqda. Afsuski, hozirgacha ularning bironta loyihasi bo‘yicha real ishlar boshlanganicha yo‘q.
3. Elektroenergetika sanoati asosan tabiiy gaz yoqilg‘isi asosida ishlaydigan issiqlik energetikasi bazasida shakllangan. Jami elektr energiyasining 97 – 98 % ni IES lar ( Mari GRES - quvvati 2,4 mln kvt va yirik shaharlaridagi IES lar) ishlab beradi. Qolgan qismi ko‘p sonli, asosan kam quvvatli GES lar ( Eng yirigi Xovuzxon GES i ) hissasiga to‘g‘ri keladi. Yiliga o‘rtacha 10,5 mlrd kVt/soat elektr energiya hosil qiladi. Respublika asosiy elektrostansiyalari Markaziy Osiyo birlashgan energiya tizimiga ulangan.
Kimyo va neft-kimyo sanoati og‘ir sanoatlar tarmoqlarining ikkinchisidir. Asosiy korxonalari Turkmanboshi va Turkmanobod neftni qayta ishlash zavodlari, Chelekan yod-brom zavodi, Turkmanboshi soda (Qorabo‘g‘ozgolsulfat) zavodi hamda Gaurdak oltingugurt konsentratlar ishlab chiqarish korxonalridir. Shuniigdek, Turkmanobod superfosfat va Mari azotli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalari ham muhim ahamiyatga ega. Yaqin kelajakda kimyo sanoatida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda, ya’ni Turkmaniston yod ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda Chili va Yaponiya davlatlaridan sung uchinchi o‘ringa chiqishga harakat qilmoqda. Buning uchun Boyadog‘, Bolxonobod yod zavodlari va Xazar kimyo zavodlarini qayta rekonstruksiya qilib, zamonaviy jihozlar bilan jihozlash ko‘zda tutilmoqda.
Qurilish materiallari sanoati ham Turkmaniston iqtisodiyotida ahamiyatlidir. Muhim markazlari Bezmeyin sement, Ashgabad oyna kombinatlaridir.
Mashinasozlik sanoati ancha sust rivojlangan. Gaz va neft sanoati uchun ayrim uskunalar ishlab chiqarish Turkmanboshi va Ashgabadda qishloq xo‘jalik va transport mashinalarini ta’mirlash korxonalari viloyat markazlarida va yirik shaharlarida mavjud.
Metallurgiya va sellyuloza-qog‘oz sanoatlari deyarli tashkil etilmagan.
Aholi iste’mol mollari ishlab chiqaradigan yengil sanoatning paxta tozalash (20 ga yaqin zavodlari bor), Ashgabad ip gazlama, Mari shoyi gazlamalar ishlab chiqarish korxonalari, yirik shaharlarida ust-bosh kiymlari, poyabzal, trikotaj tayyorlash korxonalari bor. Ular asosan respublika aholisi ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. Tarmoqning eng serdaromad sohalaridan biri gilam ishlab chiqarishdir. Respublikaiing barcha rayonlarida gilam ishlash bilan shug‘ullanishadi. Yirik gilam kombinati esa Ashgabadda joylashgan.
Oziq-ovqat sanoatida o‘simlik moyi (paxta chigitidan), sabzavot - meva va baliq konservalari ishlab chiqarish ahamiyatli. Shuningdek, yirik shaharlarida go‘sht, sut, issiq va sovuq ichimliklar, non va qandolatchilik korxonalari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |